Yosh koʼrinay desangiz

Chiroyli koʼrinishga ega boʼlish har bir ayolning orzusi va maqsadi. Biz ham doim yosh koʼrinishga intilamiz, buning uchun qoʼlimizdan kelganicha harakat qilamiz. Lekin, gohida oddiy xatolarga yoʼl qoʼyib, oʼzimiz bilmagan holda yoshimizga yosh qoʼshamiz. Quyida ushbu xatolar keltirilgan.

76698242
Soʼnggi urfda kiyinish. Qad-qomat va tashqi koʼrinishni, olinayotgan narsa yarashish yoki aksincha, yarashmasligini bilmay, koʼr-koʼrona soʼnggi urfdagi kiyim-kechaklarni xarid qilish sizga qimmatga tushish mumkinligini bilasizmi? Dizaynerlar tavsiya qilgan kiyimlar hammaga yarashavermaydi. Shuning uchun kiyim harid qilishdan avval, modaga qarab emas, uning sizga yarashayotganligiga ishonch hosil qiling.

Juda uzun soch. Koʼpchilik haddan ziyod uzun sochlar yoshni «qisqartiradi» deb oʼylaydi. Bu notoʼgʼri fikr! Аslida uzun sochlar yoshni bilintirib qoʼyadi. Toʼgʼri tanlangan kalta soch turmagi esa, aksincha, yoshartiradi.

Haddan ziyod boʼyalgan koʼzlar. Yoshlikda 2-3 xil boʼyoqlardan foydalanib boʼyalgan koʼzlar chiroyli koʼrinadi, lekin yosh oʼtishi bilan bunday uslubda boʼyalgan koʼzlar, koʼz ostidagi ajinlarni «sotib» qoʼyadi. Shu sababdan yosh oʼtgan sayin koʼz pardozi uchun neytral ranglardan foydalanish tavsiya etiladi.

Notoʼgʼri oʼlchamli kiyimlar. Baʼzan ortiqcha vazn muammosiga uchragan ayollarning ayrimlari oʼzini hursand qilish uchun kichik oʼlchamli kiyim harid qilishsa, ayrimlari 2-3 marotaba oʼlchami katta «xaltasimon» koʼylaklar sotib olishadi. Har ikkala vaziyatda ham siz vazningiz hisobiga ancha katta koʼrinasiz. Oʼzingizga nisbatan tanqidchi boʼlishga harakat qiling, doim toʼgʼri oʼlchamdagi, oʼzingizga mos keladigan kiyimlar harid qilishga oʼrganing.

Toʼq rangli lab boʼyogʼi. Toʼgʼri, toʼq rangli lab boʼyoqlari hech qachon urfdan chiqmaydi, ammo yosh oʼtgan sayin bunday lab boʼyoqlaridan iloji boricha kamroq foydalangan maʼqul. Chunki bunday lab boʼyoqlar yuzni qoʼpollashtirib, qaritadi. Bundan tashqari, toʼqrang boʼyoqlar lab atrofidagi ajinlarni bilintirib qoʼyishi ham mumkin.

Yoshlar kiyimi. Shu narsa yodingizda boʼlsinki, yosh koʼrinish uchun yosh qizlar kiyadigan kiyimlarni kiyish shart emas. Bunday kiyimlar tashqi koʼrinishingizni yoshartirib koʼrsatish oʼrniga, sizni noqulay axvolga solishi mumkin. Siz bunday tashqi koʼrinish bilan kulgiga qolishingiz xech gap emas. Shunday ekan, yosh koʼrinishga emas, yaxshi koʼrinishga intilish maqsadga muvofiq. Doim tanlayotgan kiyim-kechak va taqinchoqlaringiz har tomonlama sizga yarashishiga ishonch hosil qiling.