Go’dakning terisi juda nozik va sezuvchan. Tug’ilish vaqtida u to’liq shakllanmagan bo’ladi, lekin shunga qaramasdan katta yoshdagi odam terisining barcha vazifalarini bajarishiga to’g’ri keladi.
Go’dak terisining farqli xususiyatlari:
Katta yoshdagi odam terisidan besh marta yupqaroq.
Gidrolipidli mantiya deb nomlangan “himoya qatlami” mavjuddir, tez zararlanuvchan bo’lib, uning tiklanishiga kundalik namlanishi zarur.
Katta yoshli odam terisidan ko’ra ko’proq namlik (80%) tashkil qilishi bilan birga, uni yo’qotishiga moyilroqdir.
Agressiv vositalardan, masalan sovundan, foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Tez-tez ho’llanishi, kekirishi natijasida, ortiqcha taomni qusishi va hokazolar sababli tez-tez tozalanishga muxtoj.
Quyosh nurlariga juda sezuvchan.
Bu xususiyatlarni hisobga olib, katta yoshdagilarnikidan ko’ra, go’dak terisi yaralanuvchan va sezuvchan bo’lib, ehtiyotkorlik bilan parvarish qilishga muxtojligini yodda tuting. Bolalar maxsus vositalari yordamida kundalik gigienik tadbirlar, go’dak terisini normal holatda rivojlanishini ta’minlaydi va yumshoq, nozik bo’lishi saqlanadi.