Ayollar go‘zalligiga rahna soladigan muammolardan biri bu dog‘lardir. Bularni yo‘qotish uning holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Shuni hisobga olgan holda quyidagi kosmetolog Gulnoza Abdullayevaning “Shifo-info” gazetasidagi maqolasini siz bilan baham ko‘rishni istadik. Demak boshladik, dog‘larni yo‘qotishning oddiy choralari.
Mundarija [Yopish]
Kartoshka
Sarimsoqpiyoz
Aloy
Propolis
Tuxum
Dog‘larni yo‘qotish uchun qo‘shimcha tavsiyalar…
Kartoshka
Bir dona kartoshka po‘stidan tozalab yuviladi. Mayda qirg‘ichdan o‘tqazib, ikki qavat dokaga o‘raladi va zararlangan joylarga qo‘yiladi. 1 soatdan keyin u olib tashlanadi. Shu tariqa kuniga uch mahal kopress qo‘yish mumkin. Davolash muddati yetti kun.
Sarimsoqpiyoz
Ikki bo‘lakcha sarimsoqpiyoz po‘stidan tozalab, mayda qilib to‘g‘raladi. Tovada dumba yog‘i eritilib, sarimsoqpiyoz qizartirib qovuriladi. Yog‘ dokadan o‘tqazilib, zararlangan joylarga mayin qilib surtiladi. Muolaja 7 kun davom etadi.
Aloy
Yoshi 5 yildan oshgan aloy olinadi. O‘simlikning qalin barglarini ertalab uzib, qaynoq suvga botirib olinadi. Uni toza, quruq dokaga o‘rab, sovutkichning muzxonasiga 3 sutka qo‘yiladi. Belgilangan vaqt o‘tgach, alloy bargi olinib, eritiladi. Yupqa taqsimchalarga bo‘lib, dog‘lar yuzasiga yopishtirib bog‘lanadi. Kompress 2 soat turadi. Undan keyin kompress olib tashlab, o‘rni salitsil spirit bilan artiladi va ochiq havoda bir oz turiladi.
Propolis
Asalari mahsuloti bo‘lgan propolis teridagi dog‘larni ketqazishda katta yordami tegishi mumkin. Buning uchun propolis bo‘lagini olib dog‘lar ustiga yupqa qilib joylashtiriladi va usti bog‘lanadi. 2 soatdan so‘ng kompressni olib tashlab, yaralar o‘rni moychechakli damlamada (bir payola qaynoq suvga 1 osh qoshiq o‘t solinadi) yuviladi. Muolaja 5 kun davomida kuniga 2 mahal amalga oshiriladi.
Tuxum
Bir dona xom tuxum po‘sti bilan yuvilib, shisha idishga solinadi. Ustiga bir dona limonni maydalab to‘g‘rab, yopib, qorong‘I joyda bir hafta saqlanadi. Muddat o‘tgach, shishadagi tuxum limon ta’sirida maydalanib eriganini ko‘rish mumkin. Bu aralashma quvvatli, darmonbaxsh vosita sifatida kuniga bir mahal nonushtadan yarim soat oldin 1 osh qoshiqda qabul qilinadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Virusli gepatit D yuqish yo‘llari, alomatlari, davolash, profilaktikasi
Dog‘larni yo‘qotish uchun qo‘shimcha tavsiyalar…
Achchiq bodomning yog‘ini yuzga surtilsa, undagi dog‘larni ketqazadi.
Indovning urug‘i yoki suvi yuzdagi qora dog‘ va sepkillarni ketqazadi.
Oftobda turib yovvoyi piyozni surtilsa, yaralardan qolgan izlarni yo‘qotadi.
Kunjutni yanchib, badandagi qora dog‘larga bog‘lansa, ularni ketqazadi.
Ilon po‘stini kuydirib, nashatir spirtiga aralashtirib, hosil bo‘lgan malhamni qo‘yish bilan badandagi dog‘larni daf qilish mumkin.
Katta qora arini zaytun yog‘ida pishirib surtilsa, yuz va badandagi dog‘lar ketadi.
Turp urug‘ini yanchib, asal bilan aralashtirgan holda badan va yuzdagi dog‘larga qo‘yib bog‘lansa, ularni ketqazadi.