EMIZIKLI AYOLLAR QANDAY MAHSULOTLARNI ISTEʼMOL QILISHI MUMKIN?

🤱🏻EMIZIKLI AYOLLAR QANDAY MAHSULOTLARNI ISTEʼMOL QILISHI MUMKIN?


💁🏻‍♀Tugʻruqdan keyin ayol kishi homiladorlik va tugʻruq vaqtida yoʻqotilgan “kuch”ni qayta tiklash uchun vovqatlanish tartibi va sifatiga jiddiy eʼtibor qaratishi lozim. Bunday vaqtda onalar quyidagi mahsulotlarni isteʼmol qilishlari kerak:


✅Qora non;


✅Mol va buzoq goʻshti;


✅Yogurt, kefir, tvorog (yogʻ kam boʻlsa, maqsadga muvofiq);


✅Kasha;


✅Sabzavotlar: kabachka, kartoshka, karam, sabzi;


✅Quruq mevalardan tayyorlangan kompot, koʻk choy;


✅Turli xil mevalar.


🙅🏻‍♀Tugʻruqdan keyin bir oy davomida emizikli ayollar isteʼmol qilishlari man etiladigan mahsulotlar:


❌Qaynatilmagan sut;


❌Kofe, energetik, gazli ichimliklar;


❌Shirinliklar;


❌Qovurilgan, yogʻli va dudlangan mahsulotlar;


❌Spirtli ichimliklar;


❌Dengiz mahsulotlari;


❌Achchiq va shoʻr mahsulotlar;


❌Konsentrlangan sharbatlar;


❌Konserva mahsulotlari.


Manba© @GINEKOLOGIYA