❓Bachadon miomasini qanday qilib davolash mumkin?
✍️ Shifokor Axbor A’zamov:
🍀 Bachadon miomasi bugungi kunda ayollarimiz orasida ko‘p uchraydigan xastalik hisoblanadi.
☑️ Bachadon miomasini davolash mioma hajmiga, joylashgan o‘rniga, kasallik belgilariga va bemorning homiladorlik rejasiga bog‘liq.
✅ Bugungi kunda bachadonni olib tashlash (gisterektomiya) operasiyasi bachadon miomasini 100 foiz davolashni ta’minlaydi.
🔶 Bundan tashqari miomektomiya — bachadon miomasini bachadonni saqlab qolgan holda olib tashlash ham mumkin. Bu kelajakda homilador bo‘lishni xohlovchi bemorlar uchun yaxshi yechimdir. Ammo bunda miomatoz tugunlarning qayta o‘sib chiqishi ehtimoli yuqori.