Tug‘uruqdan so‘ng ich qotishi kuzatilsa

Tug‘uruqdan so‘ng ich qotishi kuzatilsa, bu nimani anglatadi?


✍️ Shifokor Farrux O‘rmonov:


▪️Gormonal o‘zgarishlar — emizish davrida tanadagi gormonlar o‘zgaradi.

▪️Qorin mushaklari cho‘zilgan va bo‘shashgan bo‘ladi.

▪️Bachadon avvalgi hajmiga qaytmaydi, shuning uchun ichakni bosishda davom etadi, najasning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi.

▪️Homiladorlik paytida ichaklari siljigan va o‘z joyiga qaytmagan bo‘ladi, shu sababli uning harakati buziladi.

▪️Doimiy stress va uyqusizlik.


✍️Nima qilish kerak:

🔸Ovqatlanish menyusini to‘g‘ri tanlash (qora non, kashalar, sutli mahsulotlar, yangi meva va sabzavotlar iste’mol qilish).

🔸Ich suradigan dorilar ichish (ichishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim).

🔸Yengil jismoniy mashqlar bajarish.

🔸O‘simlik va sabzavotlardan tayyorlangan damlamalar ichish.


❇️ Avvalo, ich qotishining tabiatini aniqlash kerak. Qaysi tur sizni bezovta qilayotganini bilish orqali homiladorlikdan keyin ich qotishini qanday davolashni belgilash mumkin.