📍Homiladorlik toksikozida nimalarga e’tibor berish kerak?

📍Homiladorlik toksikozida nimalarga e’tibor berish kerak?


📌 Toksikoz davolanmaydi, ammo uning belgilarini kamaytirish va homiladorlikni kechishini yengillashtirish mumkin.


🍲 Birinchi o‘rinda ovqatlanish ratsionini normaga keltirish, ya’ni ovqatlanish muntazam, tez-tez (6-7 mahal) har 2-3 soatda bo‘lishi lozim.


🥩 Ovqat ratsionini oqsil mahsulotlari (baliq, tvorog, qaynatilgan go‘sht), mevalar, vitaminga va dag‘al kletchatkaga boy mahsulotlar tashkil qilishi kerak.


❌ Vaqtincha bo‘lsa-da dudlangan, sho‘r, gazlangan, yog‘li mahsulotlar va shokoladdan tiyilib turish lozim.


🍪 Agar toksikoz nahorgi och qoringa paydo bo‘lsa, buni yo‘qotishning yo‘li oson – o‘rningizdan turishdan oldin pechene yoki to‘g‘rab quritilgan nonni yaxshilab chaynab yeng va oz-ozdan gazlanmagan suv yoki shakarsiz choy iching.


✅ Aytib o‘tish lozimki, har qanday stress toksikozni kuchaytiradi. Kamroq asabiylashishga, ko‘proq sayr qilishga va yaqinlaringiz bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishga harakat qiling.