Sobit ibn Qays

Feruz muborak xonadonning, muborak kishisi. [Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)]
«O’limidan keyin biron kishining vasiyati Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) ning vasiyatichalik bajarilgani kabi bo‘lmadi».

Sobit ibn Qays al Ansori (roziyallohu anh) «Xazraj» qabilasi sayidlaridan edilar. (Xazraj Madinaga Yamandan kelgan qavmning birining nomi.) Yasribda nomlari chiqqan dono inson edilar, buni ustiga u kishi aqilli, ko‘ngli ochiq va juda chiroyli kishi edilar. Qays (roziyallohu anh) so‘z baxsida xar bir insonni albatta mag‘lub qilar va xar bir eshituvchi kishini lol qoldirar edilar. Yasribda birinchilardan bo‘lib islomni qabul qildilar. Qur’on oyatlarini eshitib undan ta’sirlanib, o‘zlari ham juda chiroyli, ta’sirchan tilovat qiladigan ikki kishining birlari bo‘ldilar. Mus’ab ibn Umayr (roziyallohu anh) va Sobit ibn Qays (roziyallohu anh). Yuraklari Allohning kitobiga qattiq oshno bo‘lib qoldi. Alloh u kishini islomni qabul qilganlaridan islom bayrog‘i ostida oliy martabada qilib qo‘ydi.

* * *
Vaqtiki Allohni elchisi sallollohu alayhi va sallam muxojir bo‘lib, Makkadan Madiniga ko‘chib kelganlarida, Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) u kishi kelishlari uchun xar bir qavmdan yaxshi jangchilarni tayorlab o‘zi bosh bo‘lib iliq kutib oldilar. Sobit Payg‘anbarimiz (sallallohu alayhi va sallam) va Abu Bakr (roziyallohu anh)ni yo‘lariga peshvoz chiqib hamd sano va u kishiga salavotlar aytib so‘zini shunday tugatdi.

«Ey Allohni Rasuli! Biz Sizni o‘z xotin va bolalarimizni ximoya qilganimiz kabi ximoya qilamiz, nima bo‘lishidan qat’iy nazar.

«Sizlarga jannat bo‘lsin» dedilar Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam).

«Jannat so‘zini eshitishlik bilanoq hammalari baravariga:

Ey Rasululloh! Biz rozimiz, rozimiz — dedilar. Shu kundan boshlab Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) Sobit ibn Qays (roziyallohu anh)ni o‘zlariga xitobchi qilib oldilar, Xasan ibn Sobit (roziyallohu anh)ni esa o‘zlarining shoirlari deb atadilar.

Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) chuqur iymonlik va toqvodor, sodiq Robbisidan qattiq qo‘rqadigan, xar bir xolatda ham Allohning g‘azabidan xovotirda turadigan inson edilar. Bir kun Allohning Rasuli (sallallohu alayhi va sallam) Sobit (roziyallohu anh)ni g‘amgin va xavotirda ko‘rdilar, undan so‘radilar:

«Ey Abu Muhammad! Senga nima bo‘ldi?»

«Qo‘rqaman-ki, men endi xalok bo‘ldim, Ey Rasululloh!» dedilar Sobit (roziyallohu anh).

«Nima uchun».

«Alloh azza vajalla qilmagan ishimiz uchun maqtanmaslikni man qildi. Men esa o‘zimda shu narsani ko‘ryabman va katta ketishni ham yoqayotganini..

Uni xotirjam qilib Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) dedilar:

«Ey Sobit! Senga jang maydonida mardonavorlarcha kurashib shahid bo‘lib jannatni qo‘lga kiritishing yoqmaydimi?»

Sobit (roziyallohu anh)ning yuzlari charaqlab ketdilar, bu xabardan va dedilar:

«Xa, ey Allohni Rasuli! Albatta men shuni xoxlayman.»

«Unday bo‘lsa, tayorlangin shunga» — dedilar Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam).

* * *
Alloh ta’alo «Xujrot surasida» oyat nozil qilganida. («Ey iymon keltirganlar! Amallaringiz o‘zlaringiz sezmasdan bexuda bo‘lib qolmasligi uchun sizlar ovozlaringizni Payg‘anmbarning oldida yuqori ko‘tarmangizlar va unga bir-birlaringizga ochik(dag‘al) so‘z qilganingizdek qo‘pol so‘z qilmanglar!») (Xujrot-2)

Sobit ibn Qays muhabbatlari bo‘lishiga qaramasdan, Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning majlislaridan qochadigan bo‘lib qoldilar. Ko‘b vaqt o‘zlari yolg‘iz uyda qoldilar faqat uydan jamoat namozi uchun chiqdilar. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) Sobit ibn Qays (roziyallohu anh)ni majlisdan qochayotganini bilgach:

«Kim menga Sobit to‘g‘risida xabar bera oladi, unga nima bo‘ldi?»

Ansorlardan bir kishi dedi:

«Men bilib kelaman, ey Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)!»

Ansoriy u kishini uyiga borib, g‘amgin, boshi yerga qaragan xolda tobdi. Undan so‘radi:

«Nima bo‘ldi, ey Abu Muhammad!»

«Xolim yomon» — dedi Sobit (roziyallohu anh).

«O’zi nima bo‘ldi? — co‘radi Ansor.

«¡zing bilasan, mening ovozim juda baland va xar doyim ovozim Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)nikidan ham yuqori chiqadi. Mana qur’on oyatlari nozil bo‘ldi bilganingdek, ko‘rinib turibdiki hamma amallarim bekor bo‘lgani va men ahli jaxannamdan ekanligim»

Alloh Rasulining oldiga borib ansori nima ko‘rgani va eshitganini so‘zlab berdi. Payg‘anbar (sallallohu alayhi va sallam) dedilar:

«Borgin Sobitni oldiga va aytginki unga u ahli jaxannam emas balki u ahli jannatdir.» Bu chiroyli xabar Sobit (roziyallohu anh) uchun xayotini davomida yaxshiliklardan umidvor bo‘lgan xolda yashashga sabab bo‘ldi.

* * *
Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bilan xar bir g‘azot va jangda ishtirok etdi, Badirdan boshqa hamma jangda qatnashib eng og‘ir joyda turib kurashdi. Shahidlikni izlab jang maydonida o‘zini ayamadi, Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bergan xabarlari xech nasib bo‘lmasdi, xatto jangdan o‘lar xolda chiksayam, bu voqea Abu Bakr (roziyallohu anh)ning xalifalik yillarida bo‘lib o‘tdi. U kishining buyruqlari bilan musulmonlar Musaylama kazzobga qarshi kurashga otlanishganida ro‘y berdi. Bu vaqtda Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) ansorlar jamoasiga qo‘mondollik qildilar, Solim Mavlo (roziyallohu anh), Abu Xuzayfa (roziyallohu anh) esa muxojirlar uchun Xolid ibn Valid (roziyallohu anh) esa hamma jangchilarga qo‘mondon bo‘ldilar.

Ansorlar va Muxojirlar va boshqa badaviy jangchilar hammalari Musaylama kazzob bilan shavqatsiz kurashdilar. Bir vaqt g‘alaba Musaylama tarafiga og‘a boshladi. Murtadlar xatto Xolid ibn Validni chodiriga ham kelib qoldi va u kishining xotinlari Ummu Tamimni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. Chodirni arqonlarini kesib chodirni mayda-mayda qilib tashladilar.

Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) musulmonlarni mag‘lub bo‘layotganini ko‘rib qalblari qayg‘uga to‘ldi. Musulmonlar bir birlarini ayiblashayotganini ko‘rib xavotir ola boshladilar. Badaviylar boshqa arablarni qo‘rqoqlikda ayblasha boshlashdi, ular ham o‘z o‘rnida ularni urushish qoidalarini bilmaslikda ayiblashdi. Sobit (roziyallohu anh) ularni orasida turib dedilar:

«Ey, musulmonlar jamoati! Biz Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning vaqtlarida bunday jang qilmas edik. Menga xozir uyatki sizlarga qarashlik, dushmanni sizlar uchun qo‘rqmasdan xujum qilishiga qanday yo‘l qo‘ymoqdasiz? yana uyatki sizlarga qarashlik agar ularga mag‘lub bo‘lsangiz qanday chiday olasizlar»

Keyin yuzlarini osmonga qaratib dedilar:

Ey Allohim! Bularni qilayotgan ishidan meni xoli qil (ya’ni Musaylamani) va musulmonlarni ishidan ham xoli qo‘y».

Quturgan sher kabi janga kirib dushman bilan yelkama yelka jang qildilar. Barro ibn Molik al Ansoriy (roziyallohu anh), Umar ibn Xottob (roziyallohu anh)ning akalari Zayid ibn Xattob (roziyallohu anh), Salim Mavlo Abu Xuzayfa (roziyallohu anh) va boshqa ko‘plab sobiq musulmonlar ham.

Sobit jang maydonida qaxramonlarcha kurashib musulmonlar qalbiga mardlikni va mushriklar qalbiga qo‘rquvni soldi. U kishi jang maydonida gox bu yerida, gox boshqa tarafida turub kurashdilar, bir qarasa qilich bilan va yana boshqa qurollar bilan kurashib ko‘p joylaridan yaralanib oxiri yerga jonlari chiqqan xolda yiqildilar. Alloh u kishiga shahidlikni nasib etgan ekan, Rasulullohni bashoratlari bo‘ldi. Sobit (roziyallohu anh) o‘zlarini orzularini jang maydonidan tobdilar. Haqiqiy iymon uchun kurashib, u kishi orqali Alloh musulmonlarga g‘alabani berdi.

* * *
Jang vaqtida Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) qimmat baxo taqinchok taqqan edilar. Jangchilardan biri Sobit ibn Qays (roziyallohu anh)ning jasadidan o‘tib ketayotib taqinchoqni yechib oldi. Shahid bo‘lganinig ertasi kuni kechasi Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) jangchilardan birining tushiga kirdi unga dedi:

«Men Sobit ibn Qaysdurman ..sen meni tanidingmi?»

«Xa» — dedi u inson.

Meni senga bir iltimosim bor, shu iltimosimni nima bo‘lishidan kat’iy nazar sen uni bajargin. Kecha meni o‘ldirishganidan so‘ng bir musulmon oldimdan o‘ta turib, u yog‘-bu yog‘imga qarab, mendan qimmat baxo taqinchoqni olib ketib, o‘zining chodiridagi falon joyiga kirib ketdi va o‘zining xurjuniga solib qo‘ydi, keyin ustiga tuyaning egarini qo‘yib qo‘ydi. Xolid ibn Valid (roziyallohu anh)ning oldiga borgin va u kishiga bularni xabar bergin va aytginki: «Shu odamni oldiga odam yuboring va Sobit ibn Qays (roziyallohu anh)ni taqinchog‘ini ko‘rsatgan joyidan olib kelishni buyursin» deb aytgin. Va yana iltimos qilamanki sendan nima bo‘lishidan qat’iy nazar Xolidga (roziyallohu anh) aytgin: «Qachon sen Madinaga borsang Allohning xalifasiga aytsinki Sobit ibn Qays (roziyallohu anh)ning qanchadir miqdorda qarzi qolgan ekan va qandaydir ikki qulini ozod qilishlikni, qarzini to‘lab ko‘yishlikni so‘rasin». Tushingda sendan shularni iltimos qilaman dedi».

Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) musulmonlarni mag‘lub bo‘layotganini ko‘rib qalblari qayg‘uga to‘ldi. Musulmonlar bir birlarini ayiblashayotganini ko‘rib xavotir ola boshladilar. Badaviylar boshqa arablarni qo‘rqoqlikda ayblasha boshlashdi, ular ham o‘z o‘rnida ularni urushish qoidalarini bilmaslikda ayiblashdi. Sobit (roziyallohu anh) ularni orasida turib dedilar:

«Ey, musulmonlar jamoati! Biz Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning vaqtlarida bunday jang qilmas edik. Menga xozir uyatki sizlarga qarashlik, dushmanni sizlar uchun qo‘rqmasdan xujum qilishiga qanday yo‘l qo‘ymoqdasiz? yana uyatki sizlarga qarashlik agar ularga mag‘lub bo‘lsangiz qanday chiday olasizlar»

Keyin yuzlarini osmonga qaratib dedilar:

Ey Allohim! Bularni qilayotgan ishidan meni xoli qil (ya’ni Musaylamani) va musulmonlarni ishidan ham xoli qo‘y».

Quturgan sher kabi janga kirib dushman bilan yelkama yelka jang qildilar. Barro ibn Molik al Ansoriy (roziyallohu anh), Umar ibn Xottob (roziyallohu anh)ning akalari Zayid ibn Xattob (roziyallohu anh), Salim Mavlo Abu Xuzayfa (roziyallohu anh) va boshqa ko‘plab sobiq musulmonlar ham.

Sobit jang maydonida qaxramonlarcha kurashib musulmonlar qalbiga mardlikni va mushriklar qalbiga qo‘rquvni soldi. U kishi jang maydonida gox bu yerida, gox boshqa tarafida turub kurashdilar, bir qarasa qilich bilan va yana boshqa qurollar bilan kurashib ko‘p joylaridan yaralanib oxiri yerga jonlari chiqqan xolda yiqildilar. Alloh u kishiga shahidlikni nasib etgan ekan, Rasulullohni bashoratlari bo‘ldi. Sobit (roziyallohu anh) o‘zlarini orzularini jang maydonidan tobdilar. Haqiqiy iymon uchun kurashib, u kishi orqali Alloh musulmonlarga g‘alabani berdi.

* * *
Jang vaqtida Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) qimmat baxo taqinchok taqqan edilar. Jangchilardan biri Sobit ibn Qays (roziyallohu anh)ning jasadidan o‘tib ketayotib taqinchoqni yechib oldi. Shahid bo‘lganinig ertasi kuni kechasi Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) jangchilardan birining tushiga kirdi unga dedi:

«Men Sobit ibn Qaysdurman ..sen meni tanidingmi?»

«Xa» — dedi u inson.

Meni senga bir iltimosim bor, shu iltimosimni nima bo‘lishidan kat’iy nazar sen uni bajargin. Kecha meni o‘ldirishganidan so‘ng bir musulmon oldimdan o‘ta turib, u yog‘-bu yog‘imga qarab, mendan qimmat baxo taqinchoqni olib ketib, o‘zining chodiridagi falon joyiga kirib ketdi va o‘zining xurjuniga solib qo‘ydi, keyin ustiga tuyaning egarini qo‘yib qo‘ydi. Xolid ibn Valid (roziyallohu anh)ning oldiga borgin va u kishiga bularni xabar bergin va aytginki: «Shu odamni oldiga odam yuboring va Sobit ibn Qays (roziyallohu anh)ni taqinchog‘ini ko‘rsatgan joyidan olib kelishni buyursin» deb aytgin. Va yana iltimos qilamanki sendan nima bo‘lishidan qat’iy nazar Xolidga (roziyallohu anh) aytgin: «Qachon sen Madinaga borsang Allohning xalifasiga aytsinki Sobit ibn Qays (roziyallohu anh)ning qanchadir miqdorda qarzi qolgan ekan va qandaydir ikki qulini ozod qilishlikni, qarzini to‘lab ko‘yishlikni so‘rasin». Tushingda sendan shularni iltimos qilaman dedi».

Xaligi inson uyqudan turib, Xolid ibn Valid (roziyallohu anh)ning oldilariga borib, bu tushidagi xabarni u kishiga so‘zlab berdi. Xolid (roziyallohu anh) taqinchoq uchun odam yuborganida, haqiqatdan ham o‘sha ko‘rsatilgan joydan topdi va uni olib keldi. Xolid Madinaga borganida Abu Bakr (roziyallohu anh)ga bu xabarlarni yetkazib Sobit ibn Qays (roziyallohu anh)ni tushga kirib aytgan vasiyatini bajarishliklarini yetkazdi. Abu Bakr (roziyallohu anh) vasiyyatni bajardilar. Shunday qilib Sobit ibn Qays (roziyallohu anh) yagona kishi bo‘ldilar, ularning vasiyatlari o‘lganlaridan keyin qoldirildi va keyin u vasiyat bajarildi.

Alloh Sobit ibn Qaysdan rozi bo‘lsin va joylarini jannat bilan mukofotlasin.


Sobit ibn Qays al-Ansoriy (Alloh undan rozi bo‘lsin) Xazraj qabilasining ulug‘laridan, Yasribning taniqli kishisi edi. Tabiatan zukko, aqlli, topqir va so‘zamol kishi bo‘lgan Sobit ibn Qays har qanday bahsda, albatta, g‘olib chiqar, odamlar huzurida so‘zlasa, ularni tamoman rom qilib qo‘yar edi.

U Yasribda Islomga birinchilardan bo‘lib kirdi. Makkalik o‘smir Mus’ab ibn Umayr Qur’oni karim oyatlarini maftunkor va yoqimli ovozda qiroat qilganida Sobit tamoman lol bo‘lib qoldi. Allohning Kitobi uning qalbini zabt etdi, undagi haq hukmlar mohiyatini anglab yetdi. Alloh taolo uning qalbini Islomga moyil qilib qo‘ydi, unga go‘zal bir maqomni tayyorladi, ya’ni Islom dini bilan sharafladi.

Alloh taoloning Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallam Makkadan Yasribga kelganilarida Sobit ibn Qays u Zot sharaflariga ajoyib qabul marosimi uyushtirdi: o‘z qabilasining eng sara chavandozlari va jangchilari bilan quchoq ochib kutib oldi, Payg‘ambar alayhissalom va hamrohlari Abu Bakr Siddiqni Yasribga eson-omon kelishgani bilan qutladi. U Payg‘ambarimiz alayhissalomga to‘lqinlantiruvchi nutq bilan murojaat qildi, oldin Alloh taologa hamd aytib ulug‘ladi, Uning Payg‘ambariga salom va tabriklar yo‘lladi. Sobit nutqini quyidagi so‘zlar bilan yakunladi:

– Ey Allohning Rasuli, o‘zlarimizni, farzandlarimiz va xotinlarimizni nimalardan himoya qilgudek bo‘lsak, Sizni ham bularning hammasidan himoya qilishga tantanali va’da beramiz. Buning evaziga bizga nima beriladi?

– Jannat, – dedilar Payg‘ambar alayhissalom.

«Jannat» degan so‘z to‘planganlarning qulog‘iga yetib borishi bilan barchaning chehrasi yorishib ketdi. Ular quvonch bilan:

– Bizlar rozimiz, ey Allohning Rasuli… Bizlar rozimiz, ey Allohning Rasuli, – deya xitob qilishdi.

Shu kundan boshlab Payg‘ambar alayhissalom Hasson ibn Sobitni o‘z shoirlari qilib olganlariday, Sobit ibn Qaysni o‘z voizlari etib tayinladilar. Yasribga turli arab qabilalaridan chiroyli va’z va she’r bahsi o‘tkazish uchun eng yaxshi voizlar va shoirlar kelishganida ular huzuriga ajoyib notiq Sobit ibn Qaysni va shoir Hasson ibn Sobitni yuborar edilar.

* * *

Sobit ibn Qays (Alloh undan rozi bo‘lsin) chin e’tiqodli, taqvodor kishi edi. U Parvardigoriga katta ixlos bilan ibodat qilar, qudratli Alloh taolo g‘azabini keltiradigan barcha gunoh ishlardan chetda bo‘lishga intilar edi.

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sobitni qattiq qayg‘uga cho‘mgan, qo‘rquv va dahshatdan dir-dir titrayotgan holda uchratib qoldilar. U Zot Sobitdan:

– Senga nima bo‘ldi, Abu Muhammad? – deb so‘radilar.

– Iymonimga putur yetdi, deb qo‘rqyapman, ey Allohning elchisi, – javob berdi Sobit.

– Nega bunaqa deysan?

– Buyuk Alloh taolo bizlarni o‘zimizda bo‘lmagan narsalar bilan faxrlanish va maqtanishdan qaytargan, lekin menga shunday illat borligini his etyapman… Alloh taolo bizlarni kibr va mag‘rurlanishdan qaytargan, ammo menda ana shular borga o‘xshayapti.

Payg‘ambar alayhissalom unga har tomonlama taskin-tasalli berar ekanlar, bunday dedilar:

– Ey Sobit, nahotki senga maqtovga munosib hayot kechirish yoki Alloh yo‘lida boringni fido qilib, jannat egasi bo‘lish yoqmasa?

Bu gapni eshitgan Sobitning yuzlari yorishib ketdi va:

– Ha, Allohning elchisi, menga bunday hayot judayam yoqadi, men shunday yashashni istayman, – dedi.

– U holda senga bu nasib etadi, – dedilar Sarvari olam sollallohu alayhi vasallam.

* * *

Bir kuni Alloh taoloning ushbu oyati karimasi nozil bo‘ldi: «Ey iymon keltirganlar, amallaringiz o‘zlaringiz sezmagan holingizda zoe bo‘lib ketmasligi uchun ovozlaringizni Payg‘ambarning ovozidan yuqori ko‘tarmangiz va bir-birlaringizga dag‘al so‘z qilgandek unga baland ovozda gapirmangiz!» (Hujurot, 2).

Bu oyati karima tushganidan keyin Sobit ibn Qays (Alloh undan rozi bo‘lsin) Rasuli akramga nihoyatda bog‘lanib qolganiga va u Zotga cheksiz muhabbat qo‘yganiga qaramay, Payg‘ambarimiz suhbatlaridan o‘zini tortdi. Ko‘p vaqtini u uyida o‘tkazar, faqat jamoat namozlarini ado etish uchungina ko‘chaga chiqar edi. Sobit ibn Qaysning jamoadan o‘zini chetga olayotganini sezgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar:

– Kim Sobitning holidan xabar olib, unga nima bo‘lgani xabarini keltiradi?

Ansorlardan biri:

– Buni men qilaman, ey Allohning elchisi, – dedi.

Payg‘ambar elchisi Sobitnikiga borib, uni nihoyatda g‘amga botgan, boshini quyi solgan qayg‘uli bir holatda ko‘rdi.

– Senga nima bo‘ldi, Abu Muhammad? – so‘radi u.

– Hammasi tamom bo‘ldi, – dedi Sobit.

– O‘zi nima gap?

– Mening ovozim nihoyatda balandligini, ko‘pincha Rasululloh alayhissalom ovozlaridan ham ko‘tarib so‘zlashimni yaxshi bilasan… Mana, o‘zing ham bilganday Qur’oni karimning o‘sha oyatlari tushdi. Demak, barcha amallarim zoe ketdi, endi do‘zaxga tushsam kerak.

Sobitnikidan qaytib kelgan elchi ko‘rgan-eshitganlarini Payg‘ambar alayhissalomga gapirib berdi. Shunda Rasuli akram unga:

– Hozir Sobitga borib, unga «Sen do‘zaxiy bo‘lmas ekansan, chunki jannatga munosib ko‘rilgan ekansan», deb ayt, – deya buyurdilar.

Bu Sobitga nihoyatda quvonchli mujda bo‘ldi va u umr bo‘yi o‘ziga munosib ko‘rilgan ana shu oliy martabaga erishish yo‘lida harakat qildi.

* * *

Sobit ibn Qays roziyallohu anhu Faxri koinotning Badrdan boshqa barcha yurishlarida qatnashdi. Bir vaqtlar Allohning elchisi bashoratini bergan ulug‘ maqomga erishish yo‘lida borini fido qildi. Hatto Abu Bakr Siddiq zamonlarida soxta payg‘ambar Musaylama kazzobga qarshi harakatlarda ham ishtirok etib, mardlik va qahramonliklar ko‘rsatdi. U vafotidan keyin qilgan vasiyati amalga oshirilgan yagona inson sifatida tarixga kirdi.

Ahmad Muhammad tarjimasi


Ansoriy sahobalar orasida gapga usta va hozirjavob sahobiy bor edi. Tarix kitoblarida u kishini Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xatiblari deyilgan.

U sahobiyning ismi Sobit ibn Qays ibn Shammos roziyallohu anhudir. Bu kishi Uhud, Bay’atur-rizvon va boshqa g‘azotlarda ishtirok etgan. Tirikligida jannatga kirishi bashorat berilgan ulug‘ sahobalardan edilar.

Bani Tamim elchilari kelganda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga maruza qilib berishini buyurganlar.

U o‘sha kunni quyidagi so‘zlarni aytib maruza qilgan:

الحمد لله، الذي خلق السماوات والأرض، قضى فيهن أمره، ووسع علمه، ولم يك شيء قط إلا من فضله. ثم كان من قدرته أن جعلنا أئمة، واصطفى من خير خلقه رسولا، أكرمهم نسبا، وأصدقهم حديث وأفضلهم حسبا فأنزل عليه كتابه، وائتمنه على خلقه، فكان خيرة الله من العالمين. ثم كنا — نحن الأنصار — أول الخلق إجابة. فنحن أنصار الله، ووزراء رسوله

Ma’nosi: «Yeru-osmonni yaratgan va ularni orasida O‘z amrini joriy qilgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin. Uning ilmi keng (ya’ni cheki yo‘qdir). Barcha narsa Uning fazli bilangina bo‘ladi. Alloh qudrati ila bizni(musulmonlarni) yo‘lboshchi qildi. Bizlarga bandalari orasidan eng yaxshisini tanlab uni payg‘ambar qildi. U payg‘ambarning nasabi ulug‘, o‘zi rostguy va zoti pokdir. Alloh o‘z payg‘ambariga kitobni(Qur’onni) nozil qildi. Va unga (og‘ir mas’uliyatni) ishonib topshirdi. U zot sollallohu alayhi vasallam butun olamda Allohning eng yaxshi bandasidirlar. Biz ansorlar esa u kishining olib kelgan dinini birinchi tasdiqlagan insonlardanmiz. Biz Allohning ansor(ko‘makchi)lari va Rasulining vazirlarimiz».

So‘zi o‘tkir va ta’sirchan bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni o‘zlariga xatib qilib olganlar.

Hujurot surasining quyidagi: «Ey, imon keltirganlar! Amallaringiz o‘zingiz sezmagan holingizda zoe bo‘lib ketmasligi uchun sizlar ovozlaringizni Payg‘ambarning ovozidan yuqori ko‘tarmangiz va unga bir-birlaringizga baland ovoz (dag‘al so‘z) qilgandek baland ovoz qilmangiz!», degan oyati nozil bo‘lganda, Sobit ibn Qays roziyallohu anhu uylarini eshigini yopib, uylarida yig‘lab o‘tirdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko‘rinmay yurgach, u zot sollallohu alayhi vasallam  uni uyiga odam yuborib oldilariga kelishini so‘radilar. Oldilariga kelgach, ko‘rinmay yurganining sababini so‘radilar. Sobit ibn Qays roziyallohu anhu: «Yo Rasululloh! Meni ovozim baland. Men har doim gapirganimda ovozim sizning ovozingizdan baland chiqardi, endi mening amallarim habata bo‘lib, do‘zax ahlidan bo‘lib qoldim», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga quyidagi so‘zlarni aytdilar:

«إنك لستَ منهم، بل تعيش حميدا وتقتل شهيدا ويدخلك الله الجنة»

«Sen ulardan emassan. Sen bu dunyoda  maqtalga holatda yashab, shahid holda o‘lasan va Alloh seni jannatga kiritadi».

Bu xushxabarni eshitgan Sobit ibn Qays roziyallohu anhu xursand bo‘lib ketdilar va «Bundan keyin hech qachon ovozimni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ovozlaridan baland qilmayman», dedilar. Shundan keyin Hujurot surasining quyidagi oyati nozil bo‘ldi: «Allohning payg‘ambari huzurida ovozlarini past qilgan kishilar – aynan o‘shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan zotlardir. Ular uchun mag‘firat va ulkan mukofot bordir».

U kishining so‘zi tasirchanligiga asosiy sabablardan biri taqvodorligi edi. Bundan tashqari bu buyuk sahoba shariatimizda xulu’ taloqi joriy qilinishiga sababchi bo‘lganlar. Chunki u kishining Jamila degan ayollari u kishidan taloqini so‘raganda, shariatimizdagi xuluh taloqi joriy qilindi.

Bu buyuk sahoba Musaylama kazzob bilan bo‘lgan jangda shahid bo‘ldilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Shahid bo‘lasan», degan bashoratlari ro‘yobga chiqdi. Alloh bu buyuk sahobadan rozi bo‘lsin.

Vasila Nurmuhammedova | Muslim.uz