Tohir Sodiqov —o’zbek musiqachisi, bastakori va aktyori. Tohir Sodiqov O’zbekstonda xizmat ko‘rsatgan artistdir.Sodiqov «Bolalar» guruhining uzoq yillardan beri qo‘shiqchisi, ashula yozuvchisi va bastakori bo‘lib kelmoqda. Tohir Sodiqov shu kungacha „Nihol“ va „Tarona“ kabi bir qancha nufuzli mukofotlar olgan. U ashulalarini o’zbek, rus va ingliz tillarida aytadi. Tohir Sodiqov AQSHda konsert bergan va iTunesda albom chiqargan O’rta Osiyolik birinchi guruhlardandir.
Tohir Sodiqov musiqa maktabida o‘qimagan. Maktabda o‘qib yurgan chog‘larida musiqaga ishtiyoqi tug‘ilgan. Tohir Sodiqov va uning maktabdosh do‘stlari Ruslan Sharipov, Bahodir Po‘latov va Javoxir Zokirov 1989-yil „Bolalar“ guruhiga asos solishgan. 1989-yil guruh O‘zbekistonda „Bolalar“ deb nomlangan qo‘shiq bilan juda tez shuhrat qozongan. Tohir Sodiqov Ravshan Sobirov va «Bolalar» guruhiga produserlik qilgan.
„Bolalar“ guruhining ilk tarkibida Bahodir Po‘latov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javoxir Zokirov, Nargiza Zokirova, Ruslan Sharipov, Tofik Mordexayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar bo‘lgan. Guruh aʼzolariga o‘zbek qo‘shiqchisi Davron Gaipov va o‘sha paytda mashhur bo‘lgan rus guruhi » Laskoviy may» taʼsir ko‘rsatishgan. „Laskovyi Mai“ va „Bolalar“ guruhlarini „90-yillarning afsonalari“ deb atashadi. „Laskoviy May“ning qo‘shiqchisi bo‘lgan Yuriy Shatunov va Tohir Sodiqov 2009-yil Toshkentda birga qoʻshiq aytishdi.
„Bolalar“ guruhi 1990-yil 23 fevralda „Alpomish“ sport saroyida (hozirgi „Oʻzkoʻrgazmasavdo“ markazi) ilk marotaba katta sahnaga chiqqan. Guruhning ilk albomi „Esingdami seni“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. Ilk yillarda Ruslan Sharipov guruhning badiiy boshchisi bo‘lgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa magazinda chiqarildi. 2000-yillarda „Bolalar“ning ko‘p aʼzolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh aʼzolari onda-sonda birga qoʻshiq ijro etib turishadi. Tohir Sodiqov odatda ashulalarining so‘zini ham, musiqasini ham o‘zi yozadi.
Tohir Sodiqov 1973-yil 1-iyulda Toshkent shahridagi Eski shaxarda tugʻilgan. Otasi Sodiqov Bahromjon Sobirovich Tohir Sodiqov yosh bolaligida vafot etgan. Onasi Sodiqova Gulnur Mansurovna Sodiqovni yolg‘iz katta qilgan. Tohir 1980-yildan 1990-yilgacha Toshkentdagi 41-maktabda o‘qigan. Uylangan, ikki qiz va bir oʻgʻli bor. Hozirda „Kelajak Records“ musiqa yozish studiyasi egasi. „Sen ketgan kundan“ klipida oilasi yaʼni turmush ortogʻi, ikki qizi va bir oʻgʻli bilan Tohir Sodiqov suratga tushgan.
Tohir Sodiqov olti o‘zbek kinosida bosh rolni ijro etgan. Bular „Navroʻz ayyomi“, «Toxir va Zuxra» yangi talqin 1, 2“, „Ko‘zlaring maʼyus“, Jazo hamda Voy dod sumalak filmlaridir.