Shakira hayoti va ijodi

Shakira (toʻliq ismi Shakira Isabel Mebarak Ripoll; 1977-yil 2 fevralda Barrankilyada tugʻilgan) — mashhur kolumbiyalik qoʻshiqchi.
1977-yil 2 fevral Barrankilyada Vilyam Mebarak va Nidiya del Karmenning oilasida dunyoga kelgan. Otasi — livanlik va onasi kolumbiyalik unga arab tilidan tarjima qilinganda «yaxshilik va chiroyga toʻla ayol», hindida esa — «yorugʻlik ma’budasi» degan maʻnoni anglatadigan ism berishdi. Shakira oilada ohirgi farzand. Uning bolaligi ona shahri Barrankilyada, kitoblar va lotin amerikalik ritmlar orasida oʻtadi. Otasi — San Blasdagi zargarlik doʻkonining egasi. Oradan koʻp oʻtmay, Shakira musiqa va adabiyotga qiziqa boshlaydi. Uch yoshida Shakira oʻqishni va yozishni bilar, 4 yoshida maktabga borgisi kelar edi, ammo mahalliy ta’lim qonunlari bunga yoʻl qoʻymaydi. Toʻrt yoshidayoq kichik Shaki she’rlar yozardi. Ota-onasi avval ularning isteʻdodi shoir yoki musavvir boʻladi deb oʻylashardi. Maktabda esa oʻqituvchilar boʻlajak yulduzda balerinani koʻrishardi, chunki u juda koʻp raqsga tushardi. Shakiraning bolaligidan eng sevimli raqsi bu — qorin raqsidir. Faqat 8 yoshida ota-onasi unda qoʻshiqchini koʻrishadi. Shu yoshida u don Villiamning optikasi ta’siri ostida «Sening qora koʻzoynaklaring» (Tus gafas oscuras) qoʻshigʻini yozadi.
Shakira hayoti va ijodi

Oʻzining birinchi albomi — «Magia»ni Shakira 13 yoshida, Sony Discos bilan shartnoma imzolab yozadi. Shakirani har doim rokka tortar edi, ammo Sony’ning prodyuserlari unga koʻproq pop-qoʻshiqchi ampluasi toʻgʻri keladii deb hisoblashadi. Ammo, albom muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Qoʻshiqchining ikkinchi albomi — «Peligro» (Havf) ham boʻlajak yulduzni mashhur qilmaydi, sotuvlari hattoki dastlabki albomdan kam boʻladi. Yosh qoʻshiqchi bilan uchta albomga shartnoma imzolagan Sony Discos ovoz yozish kompaniyasi unga ohirgi shansni beradi, Shakira esa bunga javoban uning ishlariga aralashmaslikni talab qiladi. 1995-yili prodyuser Luis Fernando Ochoa qoʻli ostida chiqarilgan «Pies descalzos, suenos blancos» (Yalang oyoqlar, yuksak orzular) albomi Shakiraga ona yurtida hamda ikkala Amerika qit’asida shuhrat olib keladi. Albom pop-rok va lotin amerikalik ritmlarning aralashmasidan iborat boʻlib, 4 million nusha bilan tarqaladi. Muvaffaqiyatini u navbatdagi diski «Dónde Están Los Ladrones?» (Oʻgʻrilar qayda?)ni chiqarib mustahkamlaydi, hozirgacha bu albom uning butun ispan tilidagi karyerasidagi eng yaxshi ijodi deb hisoblanadi. Dunyoviy shuhratga Shakira 2001-yili Whenever, Wherever tufayli erishadi. Besh yil oʻtib esa, u Wycleaf Jean bilan birgalikda yozilgan Hips Don’t Lie singli bilan birinchi marotaba Billboard Hot 100ning choʻqqisiga chiqadi.
Shakira 1994-yili Kolumbiyada «El Oasis» televizion serialida Luisa-Mariya rolini ijro etadi.
2000-yili Shakira oʻsha paytda Argentina prezidentining oʻgʻli Fernando de lya Rua bilan uchrashishni boshladi. 2001-yil martida Antonio unga turmushga chiqishni taklif etadi. Juftlik 2007-yili toʻyini oʻtkazishni planlashtirgan. Shakira futbolchi Gerard Piquéga turmushga chiqdi. 2013-yilda Milan ismli oʻgʻli dunyoga keldi. 2015-yilda Sasha ismli oʻgʻli dunyoga keldi.
1997-yili Shakira «Fundación Pies Descalzos» (Yalang oyoqlar fondi) hayriya tashkilotiga asos soladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishi Kolumbiya va Lotin Amerikasining boshqa davlatlarining kam ta’minlangan oilalardan boʻlgan bolalar uchun maktablarni sponsorlash. Yana Shakira ALAS (Artistas Latinos En Acción Solidaria) fondining ilhomlantiruvchisi boʻldi. Bu fondga 2006-yili asos solingan boʻlib, unga Alejandro Sans, Juanes, Miguel Bose va boshqalar a’zodirlar. Shakira shuningdek, UNICEFning eng yosh elchisidir.