Tarkan hayoti va ijodi

Tarkan (Husamettin) Tevet oʻgʻli 1972 – yil 17 oktyabrda Germaniyaning Mayn daryosi boʻyida joylashgan Frankfurtdagi uncha katta boʻlmagan Elzee shahrida tugʻilgan. Otasi turkman. Boʻyi 1,74 sm. Vazni 70 kg. Oilasi ota – onasi, ikki akasi va ikki nafar opasi va singlisidan iborat. Musulmon. Istanbul, Dubay va shaharlarida boʻlish unga judayam yoqadi. Xonandalardan Madonna, Jeyms Braun, Stivi Uander, Prins, Eminemlarni miriqib tinglaydi. Shuningdek, tong saharlab Mosartni, tushlik paytida esa “Metallika” ni tinglab tanovul qilishni xush koʻradi. Al Pachino, Bred Pitt, Nikol Kidmanlar ishtirok etgan filmlarni imkon qadar kuzatib borishga intiladi.
Kiyim – kechak tanlashda injiqlik qilmaydi, oziq – ovqatlarni ham tanlamay iste’mol qiladi. Narvonga chiqishga toʻgʻri kelib qolsa, yahshisi tomdagi “oʻlja” dan voz kechib qoʻya qoladi. Ijoddan tashqari paytlarda erkaklar va ayollar parfyumaeriyasi savdo – sotigʻi bilan mashgʻul boʻladi.
Tarkan hayoti va ijodi

Tarkanning ota – onasi – Neshe xonim va Ali Bey Elzeda ijara uyda turar va zavodda ishlardi. Neshe xonim kunlarning birida baxtsiz hodisa tufayli avtohalokatga uchraydi. Bu paytda ayol homilador edi. Rafiqasini zudlik bilan shifoxonaga olib brogan Ali Beyga shifokor – ginekolog Neshe xonimning homilasi abort qilinishi zarurligini, aks holda, chaqaloq majruh tugʻilishinin ma’lum qildi. “Boʻlmagan gap – dedi Ali Bey xotirjamlik bilan, — mana, koʻrasiz, hammasi yahshi boʻladi”. Baxtsiz hodisa yuz berishidan bir nicha kun avval Ali Bey tushida oʻgʻil koʻrgandi, oʻgʻli sogʻlom, oʻtkir ovozli, bir soʻz bilan aytganda, boʻlajak xonanda edi. “Hayotimdagi eng baxtsiz hodisa tugʻilishimgacha boʻlgani rost boʻlsin”, — deydi Tarkan. Tarkanning ota – onasi hamisha rostgoʻy boʻlishga, ich – ichidan qaynab chiqayotgan shirali ovozini jon qulogʻi bilan tinglashga oʻrgatdi. “Olti farzandning beshinchisiga shu qadar katta e’tibor koʻpchilik ota – onalarga xos emas”, — deydi xonanda. Tarkanning bolaligi futbol tomosha qilish bilan oʻtgan. 10 yasharligida shaharchadagi futbol klubi a’zosi boʻlishga erishgan. Futbolchi boʻlmasa, veterinar yoki ekolog boʻlishi mumkin edi, chunki tabiatni asrab – avaylashga tengdoshlari orasida eng koʻp qaygʻuradigani u edi.
Karamurzel shahrida uyi va bogʻi boʻlishini orzu qilgan Ali Beyning harakatlari zoye ketmadi. U tadbirkor savdogar boʻlishi bilan birga nozik qalbli dizayner ham edi. Peshona teri bilan topgan jamgʻarmasi evaziga Karamurzeldan oʻzi istagandek koʻrkam uy sotib oldi, oilasini koʻchirib kelganida, oʻgʻli Tarkan 14 yashar edi. Bu yerda Tarkan mashhur bastakorlar saboq beradigan musiqa maktabiga qatnay boshladi. Bu orada Tarkan muhandislik kasbini egallash uchun ikki doʻsti bilan Istambulga, alohida ijara uyga koʻchib oʻtdi. Biroq fakultet imtihonlarini muvaffaqiyatli topshira olmadi.
Tarkan Istanbul Studiyasining sohibi Mehmet Soğutoğlu bilan, doʻsti Alpay Aydin orqali tanishti. Istanbul Studiasida 1992-yil birinchi albomi «Yine sensiz»(yana sensiz)ni chiqardi. Bu albomdagi «Kil oldum abi» qoʻshigʻi qisqa vaqt ichida tinglovchilar tarafidan juda mashxur boʻldi. Bu qoʻshiq tufayli Turkiya Tarkanni tanidi. 1994-yil Sezen Aksu bilan birgalikda «A-Acayipsin» (ajoyibsan) albomini chiqardi. Bu albomi bilan Turkiya va Yevropada 24 konsert berdi. Bu albomi 2,5 milliondan ortiq sotilgan.
Keyinroq til oʻrganish maqsadida Nyu-Yorkga ketdi. U yerda taniqli Amerika prodyuseri Ahmet Ertegün bilan tanishdi va Atlantic Records’da yangi ishlar yaratdi. 1995-yil Nyu-york — Palladiumda boʻlib oʻtgan konserti juda katta muvofaqqiyatlar keltirdi. 1997-yil iyul oyida 3-albomi «Olurum Sana»ni chiqardi. U albom eng koʻp sotilgan albomlaridan biri boʻldi. Oʻsha yili HITT deb nomlangan oʻz musiqa shirkatini qurdi. 1998-yilda Tarkan, Walt Disneyning Gerakl ismli multfilmining turkcha dublajida bosh qahramon Geraklga ovoz berdi.
Tarkan 2000-yil 14-yanvar kuni, butun daromati zilziladan keyingi ta’mir ishlari uchun ketgan konsert berish uchun va vatan burji boʻlgan askarlikni ado qilishi uchun Turkiyaga qaytdi. Konsertni berib boʻlgandan koʻp oʻtmay harbiy xizmatga ketdi.
2001-yil Tarkanning Kuzu Kuzu taronasining besh hil versiyasi chiqdi. Keyinroq «Karma» albomi chiqdi. Oʻsha yili AQShning eng tanilgan gazetasi Washington Postda Tarkanni Turkiyaning madaniy ehtiyoj moli ekanligi haqida maqola chiqdi. Washington Post, san’atchining Fransiyadan Denmarkgacha jadvallarda yer egallagan va Rossiyada eng koʻp rus boʻlmagan pop yulduzuning sotilgan albomining sohibi boʻlganini ta’kidladi. 2003-yil «Dudu» albomini chiqardi. Bu albomning birinchi qoʻshigʻi Dudu Rossiyada eng yaxshi chet el qoʻshigʻi deb qabul qilindi. 2004-yil Turkiyaning eng katta benzin sotish firmasi boʻlgan OPETning reklamasida rol oldi. 2005-yil «Bounce» deb nomlangan va katta muvofaqiyatlar keltirgan albomi chiqardi. 2006-yil esa Come Closer deb nomlangan albomini chiqardi. U albomdagi Strat The Fire qoʻshigi uchun 2-taronasini chiqardi. Remiks va taronalardan tashqari 6-turkcha albomi boʻlgan Metamorfozni 26-dekabr 2007-yilda chiqardi. Albomning sotish raqami 10 kun ichida 350.000dan oshdi.
Hozirgi kunda Tarkan Tevetoglu ko’plab qo’shiqlarini yozish bilan band.
2016-yilning aprel oyida olmoniyalik sevgilisi Pinar Dilekka uylandi. Toʻyni avval Istanbulda, soʻng Germaniyning Kyoln (Koʻln) shahrida katta qilib oʻtqazdi.