Artur Borisovich Taymazov kelib chiqishi Osetin bo‘lgan O‘zbekistonlik erkin kurashchidir. 1979 yil 20 iyulda Shimoliy Osetiyaning Nogir qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, bugungi kunda Toshkentning “Dinamo” klubi a’zosi. U uch karra Olimpiada chempioni (2004, 2008 va 2012 yillar), Sidney-2000 Olimpiadasi kumush medal sovrindori, ikki karra jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni, uch karra Osiyo o‘yinlari g‘olibidir. 2004 yil Shimoliy Osetiya Davlat universitetini tamomlagan. Artur Taymazov sportning erkin kurash turi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilayotgan ishonchli sportchilardan biri. O‘zbekiston Olimpiya tarixida qo‘lga kiritilgan 6 ta oltin medaldan 3 tasining egasi. Oilali, Arsen ismli o‘g‘li va Kamila ismli qizi bor.
Artur Taymazov Shimoliy Osetiyaning Nogir qishloqchasida dunyoga kelgan. Artur yoshligidan akasi bilan og‘ir atletika mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. 11 yoshga to‘lganda qishlog‘ida erkin kurash bo‘limi ochilgan va Arturni bu sport turi ko‘proq o‘ziga jalb etgan. O‘sha paytlarda u hamqishloqlari Elbrus Tedeyev, Vadim Tasoev kabi kurashchilar bilan mashg‘ulotlarda qatnashgan. Professional sport bilan 1990 yildan e’tiboran shug‘ullanishni boshlagan.
Artur Taymazov