Gavhar Zokirova 1949 yil 10-sentyabr sanasida Toshkent viloyatining To’ytepa shahrida tug’ilgan. Aktrisani oilada bir akasi bor. U ona tomondan mashxur o’zbek yozuvchisi Abdulla Avloniyning chevarasi hisoblanadi.
Gavhar Zokirova maktabni tamomlagach Toshkent shahridagi, Politexnika institutini Gidrogeologiya va injener geologiya bo’limiga o’qishga kirgan. U san’atkorlikka bo’lgan qiziqishi tufayli bir yil o’tgach o’z o’qishini Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohida davom ettirgan.
O’qishni 1971 yilda tamomlagach faoliyatini Hamza nomidagi hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatrida boshlagan. Aktrisa ushbu tearda ishlash mobaynida bugungacha 100 dan oshiq spektakllarda ishtirok etgan hamda turli xarakterdagi qahramonlarni gavdalantirgan.
Aktrisa kinoda ham 40 dan oshiq rollar ijro etgan. U «To’ylar Muborak»,»Sevinch», «Kelgindi Qaynona»,»Shaytanat» hamda «Bir kam dunyo» kabi bizga tanish o’nlab film va seriallarda suratga tushgan.
Gavhar Zokirova san’atkor sifatidagi faoliyati orqali 1988 yilda «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» hamda 2016 yilda «O’zbekiston Respublikasi xalq artisti» unvoni bilan taqdirlangan.
Gavhar Zokirova Biografiyasi