Aziza Begmatova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Aziza Begmatova 1943 yil 7-sentyabr sanasida Surxandaryo viloyatida tug’ilgan. Aktrisaning bolaligi urush yillariga to’g’ri kelgan shu sababdan u bolalar uyida katta bo’lishga majbur bo’lgan.

Maktabni tamomlagach aktrisa bo’lgan qiziqishi tufayli Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohida tahsil olgan. 


U o’z faoliyatini Abror Xidoyatov nomidagi O’zbek davlat drama tearida  boshlagan. 


Aziza Begmatova hozirgacha 50 dan oshiq film va spektakllarda qatnashgan. U nafaqat o’zbek kinosida balki bir nechta rus filmlarida ham suratga tushgan.


Ushbu aktrisa o’zbek tomoshabinlariga «Checha» nomli spektaklidagi Checha obrazi orqali tanilgan. Shu boisdan ko’pchilik tomoshabinlar aktrisa haliga «Checha» nomi bilan tanishadi.


Aktrisa o’zining san’at sohasidagi ko’p yillik xizmatlari uchun  «O’zbekiston xalq artisti» unvoni bilan taqdirlangan.



Aziza Begmatova Biografiyasi



Aktrisani shaxsiy hayoti haqida: Aziza Begmatova 1969 yilda turmushga chiqqan. Aktrisaning uch farzandi bor. Ko’pchiligimiz tanigan xonanda Tojivoy Shukurov aktrisaning kuyovi bo’lib, uning Muhayyo ismli katta qiziga uylangan.





Hozirgi kunda 76 yoshdagi Aziza Begmatova hali ham o’zining aktrisalik faoliyatini davom ettirib kelmoqda.