Hazrati Umar al-foruq
IKKINCHI HALIFA UMAR IBNI HATTOB
(Raziyallohu anhu) DAVRLARI
UMAR IBNI HATTOBNING TARJIMAI HOLLARI SIFAT VA OILALARI
Umar ibni Hattob qoruvli, uzun bo‘yli, quyuq-soqol mo‘ylovli, boshlarining old tomoni sochsiz, ikki qo‘llari bilan teng harakat qila oladigan, ulkan odimlar tashlab, biroz shoshilibroq yuradigan kishi edilar.
O’zlari Quraysh qabilasidan bo‘lib, otalarining nomlari Hattob o‘g‘li, Nufayl o‘g‘li, Abdul Uzzo o‘g‘li, Riyoh o‘g‘li, Qurt o‘g‘li, Razoq o‘g‘li, Adiy o‘g‘li Ka’bdur. Nomlari Umar, kunniyalari Abu Xafs, laqablari esa Foruqdir.
Haq birla botilni o‘rtasini to‘g‘ri ajratganliklari uchun Rasu-lulloh hazratlari tomonlaridan ushbu Foruq, ya’ni ajratuvchi de-gan laqab bilan laqablangandilar. Onalari Xantama nomli ayol bo‘lib, Qurayshning bani maxsum naslidandurlar. Umar (r.a.) fil yilidan uch yil keyin tug‘ilgan bo‘lib, Rasululloh payg‘ambarlikka musharraf bo‘lgan vaqtlarida 27 yoshlar chamasida edilar.
Umar ibni Hattob johiliyat zamonida sharif va sayyid kishilardan bo‘lib, Qurayshning elchilik xizmatini bajarardilar. Yoshlik pallalaridan tortib to xalifa bo‘lgunlariga qadar savdogarlik bilan shug‘ullangandilar. O’zlarining aytarlik katta boyliklari yo‘q edi. Yoshlik vaqtlarida otalarining qo‘ylarini boqib yurardilar. Xalifa bo‘lib, amalga mingan vaqtlarida mana sho‘ yoshlik ayyomlarida qo‘y boqib yurgan yerlaridan o‘tib qolsalar har doim «Mana shu yerlarda Hattobning qo‘ylarini o‘tlatib podachilik qilardim. Otam muomalasii qattiq kishi edilar. Ba’zan qo‘y boqib, ba’zan esa o‘tin terib kunni o‘tkazardim. Hozir esa xalqni kutishga boshladim. Endilikda mendan ustun Rabbil olamindan boshqa kimsa yo‘q» — der ekanlar.
Ular johiliyatda Abu Jahl kabi xalq ichida nufuzga ega kimsa bo‘lgandilar. G’oyat qattiq qo‘lliklari bilan omma o‘rtasida shuhrat topgandilar. Musulmon bo‘lmasliklaridan burun ahli Islom Umardan juda qattiq izolar chekkandilar. Shu sababdan Rasululloh Abu Jahl yohud Umarni Islomiyatga kiruvlarini orzu etardilar. Shunday bo‘lganda ahli Islomga mushriklar izolari bilan pasayar, degan umidda bo‘lardilar. Umar Islomga kirmaslaridan avval ahli Islom o‘zlarining ozchiliklari hamda qurayshlarning jafolaridan ehtiyot chorasi sifatida ibodatlarni yashirin tarzda ado etardilar. Ko‘proq ular Arkam ibni Abu Akram hovlilariga yashirincha yig‘ilib ibodatlarini o‘tashar va hamda Rasulullohdan din ta’limlarini o‘rganishardi.
ISLOMGA KIRISHLARI VA RASULULLOH BILAN SUHBATLARI
Paygambarlik kelganiga olti yillar bo‘lgan chamasida Umar ibni Hattob bir kuni Makka ko‘chalaridan birida aylanib yurgandilar. Bir kishi kelib: «Ey, Umar, senga nima bo‘ldi, «Men — u, men — bu!» deb maqtanasanu holbuki, Islom o‘z xonadoningga ham yo‘l solibdi-ku?!» — dedi. Umar bunga g‘oyatda ajablanib, «Qanday qilib kiribdi, ayt», dedilar.
«Kuyoving bilan singling allaqachon dindan qaytib, Muhammadga ergashib ketdilar» — deDi haligi odam. Bunga Umarning xushlari boshlaridan uchib, kuyovlarining uyiga shoshib yo‘l soldilar. Kela solib eshikni qoqdilar. Hovlida ashobdan ikki kishi bo‘lib, bir necha odam qog‘ozga yozilgan Qur’on oyatlarini o‘qib, o‘rganmoqda edilar. Ular Umarning ovozlarini eshitgach, har birlari har tomonga yashirinishga shoshilib, qog‘ozni yerga tushirib qoldirdilar. Umarning singillari eshikni ochgach, shu zahotiyoq, «Sen badbaxt dindan qaytdingmi?!» deb yuzlariga qo‘llaridagi narsa bilan urib jarohatladilar. «Ha, men musulmon bo‘ldim, qo‘lingizdan kelganini qiling!» deb singillari ham bo‘sh kelmadilar. Ushbu gapdan Umar darg‘azab bo‘lib, bo‘g‘ilishlariga sal qoldi. Yerdagi qog‘ozni ko‘rib: «Nima u, olib kel menga», dedilar. Singillari avval qog‘ozni bermaslikka tirishsalarda, oxiri majburan olib berdilar.
Umar «Bismillohir rohmanir rohim» degan yozuvga ko‘zlari tu-shishi bilan qog‘ozni chetga otib yubordilar. Birozdan keyin jahllari sal bosilib, qog‘ozni qaytadan qo‘llariga olib o‘qishga tutindilar. Qog‘ozdagi «XADID» surasi edi.
Yozuvda Ollohning ismi zikr etilgan sayin Umarning achchiqlari bosilib, qo‘rquvlari orta bordi. Shu tariqa suraning oxirigacha o‘qib chiqdilar va o‘sha zahotiyoq butunlay boshqa Umarga aylanib qoldilar. Birdaniga shahodat keltirib, dinni qabul etib yubordilar. Kishilar shodlikdan na qilarlarini ham bilmay qoldilar. Takbirlar aytib, quvonchlarini namoyon etdilar. «Dushanba kuni Rasululloh rabbilaridan Abu Jahl yohud Umar birla Islomni madadlantiruvlarini so‘rab duo qilgandilar. Ollohga hamdlar bo‘lsinki, ushbu sharafga siz noil bo‘ldingiz», deb Umarni muborakbod etdilar. Umar ulardan Rasulullohning qaerdaliklarini bildilarda, to‘g‘ri Arkamning hovlilariga kelib eshikni qoqdilar. U yerdagilar Umar kelganliklarini bilib nima qilarlarini bilmay shoshib qoldilar. Yolg‘iz Rasulullohgina hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan darajadagi xotirjamlikla eshikni ochishga buyurdilar.
Umar eshiqdan kirganlarida Rasulullohga suiqasd niyatida kelgan bo‘lmasin, deya ikki kishi qo‘llaridan ushlamoqchi bo‘lishdi. Biroq Rasululloh tegmanglar, deya ishorat etdilar. Umar janob Rasulullohning oldilariga yaqinlashganlarida, Rasululloh Umarning ko‘ylaklaridan tortib: «Ey Hattob o‘g‘li, Islomga kelsang bo‘lmaydimi?» dedilar. Bunga javoban Umar hech kutilmaganda, Ashhadu anlo iloha illallohu va annaka rasulullohu — deya shahodat kalimasini aytib yubordilar. Kishilar shodlikdan hamma yoqni takbir sadosida to‘ldirib yuborishadi. Umar musulmonliklarini yashirgilari kelmadi. Bu yerdan to‘g‘ri chiqib Abu Jahlning oldiga borib, musulmon bo‘lganliklarini aytadilar. Abu Jahl uyiga kiritmaydi. Keyin Ka’baga borib jam bo‘lib o‘ltirgan quraysh mushriklariga Islomiyatga kelganliklarini so‘zlaydilar. Ular bundan g‘oyat g‘azablanib Umarni ta’na va dashnomlar ila so‘ka boshlaydilar. Janjal ko‘tarilib ahvol yomonlashuvini sezgan Umarning ona tomonlaridan qarindoshlari bo‘lgan Os ibni Voil nomli kishi ajratib oladi.
Umar ibni Hattob (r. a.) Islomga kelgan vaqtlari payg‘ambarlikning 6-yilida bo‘lib, bu davrda 39 erkak va 23 ayol kishigina dinni qabul qilgandilar. Umar o‘zlari ibodatni mushriklardan yashirib qilishga rozi bo‘lmaganlaridek, o‘zga musulmonlarni ham yashirin tarzda ibodat etishlariga rozi bo‘lmadilar. Ochiq, erkin suratda ibodat qilishlikka targ‘ib etdilar.
Rasululloh alayhissalom ham asxobni o‘z dinlarini xalq orasida oshkora etishga ko‘rsatma berdilar. Shundan so‘ng asxoblar Umar va Hamza kabi jasur kishilar panohi ostida Ka’baga borib ochiq ibodat etdilar. Mushriklar ahli Islomning qilgan ishlaridan o‘lar darajada bo‘g‘ilsalar-da, biroq ularga qarshilik etishga jur’at qilolmadilar. Hazrati Umar Islomga kelganlaridan so‘ng butun kuch-g‘ayratlarini Islom va Rasululloh himoyatlarida sarf etdilar. Avvalda Islomga qanchalik qarshi bo‘lsalar, dinga musharraf bo‘lganlaridan keyin esa mushriklarga bundan ko‘ra bir necha daraja ortiq qarshi bo‘ldilar. Xijrat-da ko‘rsatgan atvorlarida buni ochiq ko‘rsatsa kerak, jami ashob berkinib qochib xijrat etganlari holda, hazrati Umar ochiqdan-ochiq yashirinmay xijrat etishga qaror qildilar.
Zero, «Haq hamisha g‘olib keladi: uni yashirish kerak emas», degan e’tiqodda edilar. Shu sababdan xijrat etmoqqa qaror qilganlaridan so‘ng qilichlarini taqib, kamonlarini belga osib bir necha dona o‘qlarini o‘qdonga joylab tayoqlariga tayanib Ka’baga kirdilar. U yerda quraysh mushriklari majlis tuzib o‘ltirgandilar. Hech qaysisiga iltifot etmayincha to‘g‘ri borib Ka’bani yetti bor tavof qildilar. Undan keyin bemalol namozni o‘qidilar. Keyin majlisdagilar oldiga bir-bir qadam bosib borib o‘zlarini Madinaga xijrat etmoq ekanliklarini aytdilar. Hamda kimda-kim onasini bolasiz, bolasini yetim, xotinini tul qoldirmoqchi bo‘lsa, menga falon yerda uchrashsun dedilar. Lekin ortlaridan biron-bir ta’qib etuvchi bo‘lmadi. Yigirma choqli kishi o‘sha kuni Umar (r. a.) bilan barobar Madinaga jo‘nab ketgandilar.
Hazrati Umar xijratdan avval Rasululloh va Islom himoyatida qanchalik jonbozlik ko‘rsatgan bo‘lsalar, xijratdan keyin ham shunday qildilar. Rasulullohga hech bir kimsadan zulm va izo yetishini aslo xohlamasdilar. Munofiq va mushriklarning harakatlarini doimo ziyraklik bilan kuzatib turardilar. Rasulullohga biron bir kimsadan izo yetganini yoki suiqasd tayyorlanayotganini bilsalar darhol oldilariga kelib haligi kishiga adab berishlikka, aksariyat esa o‘ldirishlikka ruxsat so‘rardilar. Ishni ko‘pincha qilich bilan hal qilishga kirishardilar. Rasulullohga qarshi nutqlar so‘zlagan mashhur arab notiqi Suxayl ibni Amr Badrda asir tushganida hazrati Umar Rasulullohning oldilariga kelib uni o‘ldirib yuborishlikka ruxsat so‘raydilar. Hazrati Umar «Yo Rasululloh, menga ruxsat eting, buning tishlarini sindirib, tillarini sug‘urib olay. Toki ikkinchi bor sizga qarshi gap qilolmay qolsin», degavdylar. Badr jangida asir tushgan mushriklarni o‘ldirib yuborishga maslahat bergan ham Umar edilar. Mushriklarni naqadar yomon ko‘rganliklaridan, Islomga ne darajada muhabbatlari bo‘lganligidan shunday maslahat bergandilar. Umar ibni Vahob degan kimsa Badr fojiasidan keyin Safvon ibni Umayya kengashi bilan Rasulullohni o‘ldirishlik uchun Madinaga kelgan edi. Buning yomon niyat bilan kelganini sezib qolgan Umar darhol ikki qo‘lidan mahkam tutib, Rasululloh huzurlariga kiritmaslikka harakat qilgandilar. Bu ishlarning hammasi Umarning ne darajada Rasulullohga muhabbatli ekanliklarini isbot etadi. Bundan boshqa juda ko‘p urushlarda hazrati Umar Rasululloh hamda Islom himoyasida jonbozlik ko‘rsatganlarki, bularning har biri zikr etilaverilsa, alohida kitob kerak bo‘ladi.
Hazrati Umar favqulodda to‘g‘ri fikrli va to‘g‘ri so‘zli kishi edilar. Bir necha masalalar, jumladan, Ummul mo‘‘minlarni hijob ostiga oluv, hamda araqni harom etuvlarda Qur’onu Karim Umarning ra’yilariga muvofiq nozil bo‘lgandi. Shuning uchun Rasululloh alayhissalom Umar haqlarida «Olloh taolo to‘g‘rilikni Umarning tiliga va qalbiga soldi», degandilar. Rasululloh hazratlari Umar (r. a.) Islomiyatga qilgan xizmatlarini juda qadrlar edilar. Janob risolatpanoh sallallohu alayhi vasallam ko‘p vaqtlarda: «Men, Abu Bakr va Umar kirdik, men, Abu Bakr va Umar chiqdik», deya bu ikki ulug‘ning nomlarini o‘zlari bilan qo‘shib so‘zlar edilar. Hamda o‘zlaridan keyin bu ikki zotni o‘zlariga namuna etarga va ularga ergashishlikka asxobni undar edilar.
Umar ibni Hattob Rasululloh bilan birgalikda butun g‘azotlarda ishtirok etgandilar. Ba’zi bir qo‘shinlarga Rasululloh Umarni lashkarboshi qilib yuborganlar. «Zotis salosil» seriyasida Amr ibni Os qo‘l ostlarida, Rasulullohning oxirgi kasalliklari paytida esa Usoma ibni Zayd qo‘l ostlarida oddiy askar sifatida ham janglarda ishtirok etgandilar. Hazrati Umar qaysi bir sifatda — xoh qo‘mondon, xoh oddiy askar sifatida qatnashgan bo‘lmasin, har qanday holatda ham ko‘zlagan maqsadlari bir — Islom kalimasining yer yuzida oliy bo‘lmog‘i edi. Butun fikr-zikrlari, o‘y-xayollari dushmanni yakson etishlik bo‘lgandi. U janobning maqsadlari tugal edi.
UMAR IBNI HATTOBNING TAXT XUTBALARI
13-yil 22-jumodil avvalda (634 yil 23 avgust) xalifalik mansabiga saylangan Umar ibni Hattob «Islom davlatini boshlab to‘g‘ri asosga bino qilgan zot», deya ta’rif etiladurlar. O’zlarining eng birinchi xutbalarida tutayotgan siyosatlari haqida qisqacha, ammo g‘oyat ochiq tarzda bayonot bergandilar. Mana shu xutbalarida aytgan so‘zlariga umrlarining oxirigacha amal qiloldilar, uddasidan chiqdilar. «Arablar yetaklovchiga ergashadigan asov tuyalarga o‘xshaydilar. Ammo men ularni, Ollohga qasam ichib aytamanki, to‘g‘ri yo‘lga solaman», degandilar. Voqean shunday bo‘ldi. Hech qanday tartib va intizomni bilmaydigan arab jazzirasidagi xalqlarni bir butun davlat qo‘l ostida birlashtirib, o‘z zamona-sidagi eng kuchli sanalmish Eron va Vizant saltanatlariga tahdid soladigan millatga aylantira oldilar.
Mana shu boshboshdoq xalqlarni birlashuvi oqibatida tuzilgan davlat Eron kabi yuksak taraqqiyotga ega bo‘lgan saltanatning to‘rt ming yillik tarixini yer yuzidan o‘chirib tashlay oldi. Vizant saltanatining arklarini esa larzaga solib yubordi. Juda ko‘p yerlarni qo‘lidan tortib oldi va o‘z davlati chegarasiga qo‘shdi. Iroq, Suriya, Misr kabi dunyoda eng unumdor boy mamlakatlar sanalgan joylarni ham arab davlati hisobiga kengaytirib qo‘shib oldi. O’n yildan ortiqroq vaqt mobaynidagi hukmdorliklarida Umar ibni Hattob Abu Bakr zamonlarida boshlangan futuhotlarni g‘oyat jiddiyat ko‘rsatib davom etdirdilar. Amalda zo‘r muvaffaqiyatga erishdilar.
IDORALARI
Umar ibni Hattob davrlarini ko‘zdan kechirsak, u janobni ikki qarama-qarshi, qattiqqo‘llik va adolat sifati bilan imtiyoz etilganliklarini ko‘ramiz. Bir qo‘llariga darralarini tutib, ikkinchi qo‘llarida esa adolatni ushlab davlatni idora etardilar. Bu xususda shunday muvaffaqiyat qozondilarki, tarix u janobni eng zo‘r siyosiylardan hamda eng adolatli xukmdorlardan sanaydur. Biror kishiga jabr yohud biror munosabatsiz gunoh ish qilgan kim-sa, qanday darajadagi kishi bo‘lmasun Umarning darralaridan qutula olmasdi. Shu sababli Umar xalifalik qilgan davrlarida boshboshdoq arab sardorlari, cheksiz hur imtiyozlarni sevuchi amal-Dorlar podachi qo‘lidagi yuvosh qo‘ylar kabi intizomli bo‘lib qolgandilar.
Umar ibni Hattob raiyatni qattiqqo‘llik bilan boshqarsalarda halq u janobdan mamnun hamda rozi edi. Chunki adolatlari hech bir kishini nohaq jabr chekuviga imkoniyat bermasdi. Zero, Umarning qattiqqo‘lliklari dastavval asosan o‘zlarining ma’muriyatlariga va davlat arboblariga tegishli bo‘lgandi. Hazrati Umar amaldorlarni xalqqa qay tariqa muomala qilayotganlarini kuzatish bilan birgalikda yana yeyish-ichish va kiyinish kabi shaxsiy ishlarida ham nazorat o‘rnatgandilar. Ularni oddiy kiyinishlikka, ortiq darajada dunyoga berilib ketmasliklariga, yeyish-ichishda ham maishatbozlik qilmasliklariga amr etardilar. Biror viloyatga voliy tayin etadigan bo‘lsalar, unga izvoshda yurmaslikga, qimmatbaho kiyimlar kiymaslikga, yeyish-ichkshda haddan oshmaslikga, hojatli kishilar uchun eshigini doim ochiq tutmoqlikni tavsyya etardilar. «Men sizlarni xalqning mol-mulkiga, taniga va obro‘siga xo‘jayin qilganim yo‘q, balki sizlarni ularga namoz o‘qib berishlikka va o‘rtalarida adolatni o‘rnatishlikka amaldor qildim», der edilar. Voliylarni bunday qattiq nazorat ostida tutishlarining sababi, ular odmi kiyinish va oddiy hayot kechirishliklari bilan isrofsiz yashash bobida xalqqa namuna bo‘lishlari, hamda dabdabali turmushga o‘rganib qolib, pora olishga o‘tib ketmasliklarini ko‘zda tutganlaridan edi. O’zlari qattiqqo‘llik ko‘rsatsalarda, ammo qo‘l ostilaridagi amaldorlarga xalqqa yumshoqlik ila muomalada bo‘luvlarini tavsiya etardilar. Shu sababli yumshoq ko‘ngil kishilarni voliy tayin etardilar. Bir vaqt Abu Muso Ash’ariy bir kishini aroq ichganligi uchun jazo berib, bunga qo‘shimcha yana sochini qirdirib, yuziga kuya surkatib ko‘chada kezdirgan va xalq orasida sharmanda qilgandilar. Xalqqa mazkur kishi bilan o‘tirmaslikka, suhbatlashmaslikka amr ettandilar. Haligi jazo olgan odam kelib Umarga shikoyat etgandi. Bundan Umarning achchiqlari behad qo‘zg‘ab, Abu Musoga shunday mazmunda maktub jo‘natgandilar: «Falon kishi sening haqingda menga shunday deya shikoyat etdi. Ollohga qasam ichib aytamanki, agar ana shunday bir noma’qulchilik qilsang, o‘zingning burnigga qora surtib xalq orasida rasvo qilib sharmanda etdiraman. Gapimni qanchalik rostligin bilmoqchi bo‘lsang, yana shunday ishni bir qilib ko‘r».
Bir vaqt Umar (r.a.) voliylar haqida xalqqa: «Ey, xaloyiq, men sizga voliylarni sizni urishi, so‘kishi, qiynashi va mollaringizni talashi uchun yubormayman. Balki sizga diningazni o‘rgatishligi uchun, o‘rtangazda haqlik va adolat ila hukm yurgizishligi uchun yuboraman. Agar biror kishiga shundan tashtsari ish qilinsa darhol menga yetkazsun. Men uning qasosini olib berurman», degandilar. Shunda Amr ibni Os o‘rinlaridan turib: «Agar birontamiz qo‘l ostimizdagi kishiga adab berishlik uchun ursak ham qasos olib berasizmi?» deb so‘ragandilar. Bunga javoban Umar (r. a.) «Albatta, qasos olib berajakman. Nima uchun qasos olmas ekanman. Zero, Rasululloh o‘zlaridan ham qasos oldirar edilar», degan ekanlar.
Umar (r. a.) o‘z qo‘l ostilaridagi voliylariga xalq orasida adolat ijro etuvga, katta-kichik, boy-kambag‘al o‘rtasini ayirmasdan hammaga bir tekis ko‘z bilan qararga buyurardilar. Qaysi bir yerdan elchi kelsa eng avvalo voliylar haqida so‘rardilar. «Kasallaringizni borib ko‘radimi? Qullarni ziyorat etadimi? Zaif bechoralarga yumshoqlik bilan muomalada bo‘ladimi? Shikoyatchilar, hojatmandlar uchun eshigi ochiqmi?» degan savollarni berardilar. Agar birorta savollariga yo‘q javobini olsalar va bu dalil tekshiruvda isbotlansa, to‘xtovsiz o‘sha voliyni ishdan bo‘shatardilar. U janob dalillarni juda mukammal ravishda tekshirtirardilar. Agar tekshiruv natijasi bo‘shatishlikni taqozo etsa, qanday darajadagi kishi bo‘lmasin, to‘xtovsiz ishdan olib tashlardilar. Hazrati Umarning viloyat hokimlarining muomalalarini kuzatib yuruvchi josuslari bo‘lardi. Hamda voliylarni tekshirishlik uchun umum taftish guruhi ham ta’sis etgandilar. Umar davrlarida umum taftish idorasining raisi Muhammad ibni Maslamas Ansoriy edilar. Umar (r. a.) xalq manfaatini ko‘zlab, qo‘l ostlaridagi ma’muriyatni bunday darajada qattiq nazorat ostida tutar edilar. Oddiy odam ularga biror bir amaldor tomonidan nohaq jazo yetmasligini nazarda tutib voliy va hokimlarni mana shunday qattiq nazorat ostida saqlardilar. Voliylar ham Umar (r. a.)dan nihoyat darajada qo‘rqib to‘g‘ri ish yuritishga harakat etardilar. Har qanday shikoyatchining shikoyatini, qanday oliy darajadagi amaldor ustidan bo‘lmasin, albatta tekshirib ko‘rib, agar shikoyat to‘g‘ri deb topilsa, mazkur amaldordan qasosini olib berardilar. Bir vaqt Umar ibni Hattob (r. a.)ga misrlik bir qibtiy kelib Amr ibn Osning o‘g‘illaridan shikoyat qilgandi. «Men Amrning o‘g‘lidan poygada o‘zib chiqsam, alami kelib, meni qamchin bilan nohaq urdi. Ustingdan shikoyat etaman, desam «Biz — aslzodalarmiz, qo‘lingdan kelganini qilaver», deb meni haqorat etdi» dedi. Umar (r.a.) darhol Amrga xat yozib o‘g‘li bilan Madinaga to‘xtovsiz yetib kelishga amr etdilar. Yetib kelishganlaridan so‘ng esa haligi misrlikni chaqirtirdilar-da, qo‘liga qamchilarini berib Amrning o‘g‘lini urishni buyurdilar. Har urganda Umar (r. a.) «Ur, aslzodaning bolasini!» deb turdilar. O’g‘lini urib bo‘lgach, endi otasi Amrni urishga amr etdilar. Misrlik esa «Otasida qasdim yo‘q, o‘g‘lidan qasosimni oldim», deb javob berdi. Amr ibni Os hazrati Umarga ushbu voqeadan bexabar ekanliklarini aytib uzrxohliklar qildilar. Amrga qarab: «Sizlar qachondan beri xalqni o‘zingizga qul qilishga boshladingiz? Holbuki, onalari ularni ozod holda tuqqan-ku?!» deb ta’naomuz so‘zlar bilan koyidilar. Umarning adolatlarini qarang-ki, shikoyatchi oddiy misrlik bir qibtiy, Amr esa butun Misr viloyatining yangicha ta’bir bilan aytganda general gubernatori vazifasidagi kishi edi.
Kunlardan bir kuni Umar (r.a.) Madina ko‘chalarida yursalar bir odam: «Ey Amiral-mo‘minin, sen voliylaringga yolg‘iz nasihatlar qilish bilan Ollohning azobidan qutilib qolaman, deb o‘ylaysanmi? Holbuki, Misrdagi vbliying Iyoz ibni G’anam nafis kiyimlar kiyadi, eshigida soqchi ham saqlaydi», dedi. Buni eshitgan onlaridayoq hazrati Umar taftishchilar boshlig‘i Muhammad ibni Maslamani chaqirib Misrga borishga hamda Iyozni qanday holda topsalar shundayligicha Madinaga olib kelishga amr etdilar. Voqean Iyoz nafis kiyimlar kiygan va epshklarida soqchi ham saqlagan ekanlar. Hazrat Umar (r. a.) Iyozni yechintirib, qora chakmon kiygizdirib qo‘llariga bir tayoqni tutqazdilar-da, «Endi sen bor, mana bu qo‘ylarni o‘tlat», dedilar. Iyoz bunga qarpsh, «Menga o‘lim bundan yaxshiroq» dedi. Umar (r. a.) esa unga takror aytdilar. U esa takror o‘z javobini qaytardi. So‘nggada Umar (r. a.) «Sening otang qo‘y boqqanligi uchun g‘anam, ya’ni qo‘y deb nomlangan bo‘lsa kerak» dedilar. «Albatta, o‘zimni tuzataman, xatolarni hargiz qaytarmayman», dedilar Iyoz. Shundan so‘nggina Umar (r. a.) Iyozning chakmonlarini yechishga buyurdilar. Va avvalgi ma’muriyatlariga qaytardilar.
Umar (r. a.) voliylar ishini taftishchilar orqali tekshirish bilangana kifoyalanib qolmay balki haj mavsumlarida butun voliylarni hajga taklif etar va yuz minglab xaloyiq o‘rtasida ularni xalqdan qanday ish yuritayotganlarini so‘rardilar.
Bir haj mavsumida butun xalqni yigib voliylar ishtirokida ularga xutba so‘zladilar. «Ey xaloyiq, men ushbu voliylarimni sizga haqlik bilan hukm yurgizishlari uchun yubarganman. Sizning tanin-gizga, molingazga ega bo‘lishliklari uchun yubormaganman. Biror kishi bulardan jabr ko‘rgan bo‘lsa turib aytsun», dedilar. Shu vaqt yolg‘iz bir kishigina turib, Misr voliysi yuz qamchi urganligini aytdi. Buni eshitib Umar, Misr voliysiga «Nechun bunga yuz qamchi urasan», dedilar. Va undan qasos olishga amr etdilar. Shu payt Amr ibni Os o‘rinlaridan turib: «Ey amiral mo‘‘minin, siz bunday yo‘lni tutsangiz voliylaringizga og‘ir botadi. Sizdan keyingilarga ham ushbu ish odat bo‘lib qoladi», dedilar. Umar (r. a.) bunga javoban: «Nechun qasos olmaslik kerak? Hatto, Rasululloh ham o‘zlaridan qasos oldirar edilar»,— dedilar-da, haligi kimsaga qarab «Voliyni yuz qamchin ur», dedilar. Amr ibni Os boshqa chora topaolmaganlaridan Umarga qarab: «Ey amiral mo‘minin, bo‘lmasa bizga rizo qilishga ruxsat eting»,— dedilar. Har qamchiga ikki dinordan berib, ikki yuz dinor barobariga qasosdan qutulib qoldilar. 20 dinorga ega bo‘lgan odam zakot berishga qodir hisoblanadi.
Qo‘fa shahri bino kilinganda shahar hokimi uchun boshqalardan ko‘ra yuksakroq saroy solingan va bu imorat xalq tilida Sa’dning saroyi deb yuritilardi. Mazkur saroy solingan joy bozor maydoniga yaqin bo‘lib bozordagalarning tovushlari eshitilib turardi. Saroyda eshik og‘asi bo‘lib, Sa’d unga «bozordagilar tovushlarini ko‘tarib so‘zlashmasinlar», deb amr etibdi, degan gap oralab qoladi. Oxiri bu gap Umar (r. a.)ning quloqlariga ham borib yetadi. Darhol taftishchilar raisi Muhammad ibni Maslamani chaqirib: Qo‘faga borib Sa’d saroyining darvozasini yondirib tashlashga hamda bir maktub yozib berib, mana shuni Sa’dga topshirib qaytishga amr etdilar. Muhammad ibni Maslama Qo‘faga kelib Sa’dga bildirmay saroy darvozasiga o‘t qo‘yib yuboradilar. Sa’d Muhammad ibni Maslamani tayaib qolib saroyga chaqirtiradilar. Biroq, Muhammad ibni Maslama oldilariga bormaydilar. Oxiri o‘zlari Muhammadning oldilariga kelib uylariga mehmonga taklif etadilar. Bunida qabul qilmaydilar, oxiri yo‘l uchun, oziq-ovqat uchun, ishlatishga biroz narsa tayyorlab keladilar. Biroq Muhammad bunida qabul etishdan qat’iyan bosh tortadilar. Maktubni Sad’ga topshiradilar. Maktubda: «Sen o‘zingga saroy soldirib xalqdan ayrilib yashar ekansan. Saroying «Sa’dning saroyi» deb mashhur ekan. Xalqning bemalol kirishlari uchun to‘siq bo‘lishligiga darvoza ham qurib, eshik og‘asini ham qo‘ygats emishsan. Ul seni saroying emas, balki fasod saroyidur. Bundan keyin saroyga darvoza qurdirib, xalqning kiruviga mone’ bo‘lma» degan mazmunda gaplar yozilgan edi. Sa’d ibni Muhammad ibni Maslamaga qasam ichib xalq orasida yurgan gap-so‘zlar yolg‘on ekanligini, hech qachon bunday gap gapirmaganlarini aytdilar. Muhammad ibni Maslama qaytib kelib Sa’dning qasam ichganlarini aytganlaridan so‘nggana Umar qanoat hosil qilgandilar. Ushbu voqea Umar (r. a.) o‘z ma’muriyatlariga qanchalik ehtirom ila nazoratda bo‘lganliklarini, agarchi amaldor nechuk kishi bo‘lmasin xotirini saqlamaganliklarini ko‘rsatadi.
Umar ibni Hattob (r. a.) amaldorlarni pora olishlariga yo‘l ochib bermaslik niyatida amaldorni biror yerga ishga yuborishdan avval mol-mulkini hisobga oldirardilar. Oradan vaqt o‘tgach, mulkni taftish qilardilar. Agar avvaldagi hisobdan ortiq chiqsa, ortig‘ini davlat xazinasiga oldirib qo‘yardilar. Shu kabi Kanona arablariga zakot omili bo‘lib borgan Utma ibni Abu Sufyon Madinaga kelganida «buni men savdogarchilik etib ko‘paytirganman» deganiga qaramay baytul molga oldirib qo‘ygandilar.
Xolid ibni Valid Ash’as ibni Qaysga o‘n ming dirham mukofot berganlarini eshitib Xolidni ishdan olgan, pulni esa xazinaga musodara etdirib olib qo‘ygandilar. Mana shunday ish tutganliklaridan Usmon ibni Affon davrlarida xazina molini o‘z xohishlariga sarf etib, ba’zi bir raislarga mukofotlar berib o‘z tomonlariga og‘dirib oladigan Muoviya kabi zotlar ham Umar davrlarida jim turishdan o‘zga chora topaolmagandilar.
Hazrati Umar voliylari va amaldorlari ustidan xalqqa jabr va zulm etmasliklari uchun shunchalik qattiq nazorat o‘rnatgan bo‘lishlariga qaramay baribir xotirjam bo‘laolmasdilar. Shahid etilishlaridan avval butun mamlakatni aylanib chiqib har yer-har yerda bo‘lib xalqlarning kechirayotgan hayotlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, shikoyatlarini o‘z quloqlari bilan eshitib, ichlarqda qanday orzulari borligani bilmoqchi bo‘lgandilar. «Men,— degandilar Umar,— agar salomat bo‘lsam, yaqin kunlarda butun mamlakatni bir yil davomida aylanib chiqurman. Chunki xalqning menga hojatlari bo‘lishi mumkin. Voliylar menga yetkazmaganliklari, o‘zlari esa oldimga kela olmaganliklari sababli hojatlari o‘talmay qoluvi ehtimol. Avvalo Shomga borib ikki oy turaman, keyin Jaziraga borib ikki oy, Misrga borib ikki oy, Baxraynga borib ikki oy, Qo‘faga borib ikki oy, Basraga borib ikki oy turajakman. Qanday go‘zal yil bo‘lardi bu!» Faqat taqdir xiyonat etganligidan ushbu maqsadlari amalga oshmay dunyodan o‘tib ketdilar.
Hazrati Umar favqulodda qattiqqo‘l bo‘lishlari bilan birgalikda xalqga nihoyat darajada mehribon, zaiflarga shafqatli edilar. Amal-dorlarga har doim xalqqa go‘zal muomalada bo‘luvni shart etardilar, biror-bir munosabatsiz ish qilgan voliyni amalidan bo‘shatib yuborardilar. Bir kuni amalga tayinlangan buyruq qog‘ozini olgani kelgan bir kishi hazrati Umarning yosh bolalarini quchoqlab erkalatib o‘pganlarini ko‘radi. Shunda, «Siz bolani o‘pasizmi? Men aslo yosh bolani erkalatib o‘pgan emasman», deydi. Bu so‘zni eshitib Umar uning qo‘lidan buyruq qog‘ozini tortib oladilar. «Sen hali yosh bolalarga mehribonlik qilishni bilmas ekansan-ku, qanday qilib mazlum xalqqa shafqat qilasan. Senga amaldorlik munosib emas ekan», degandilar. Bu ish Umarning xalqqa nisbatan shafqatlarining asari bo‘lmay nima axir?!
Hazrati Umarning idora uslublarini qattiqligidan mustabid hukmdor ekanlarda, degan fikr anglashilmasun. Bil’aks, hazrati Umar nizom va qonun bilan bog‘langan hukmdor edilar. Ishni o‘z fikrlariga suyanib qilavermasdilar. Kichkina ish bo‘lsa ham butun kibor asxobni yig‘ib kengashar, agar kattaroq ish bo‘lsa, unda butun xalqni yig‘ar, ularga maslahat solar va bergan maslahatlariga yurar edilar. Umar butun Islom hukmdorlari orasida kengashga yurgdnlardan edilar. Xulafoi roshidin ichlarida «Sho‘ro» qoidasiga og‘ishmay amal qilganlardandurlar. Madinada doimo kengashmoq uchun yonlarida bir necha kibor asxobni birga tutardilar. Ular Umarga maslahatchilik vazifasini ado etardilar. Ushbu jihatdan Ali ibni Abu Tolib, Usmon ibni Affon, Abbos ibni Abdumuttalib, Abdurahmon ibni Avf, Abdulloh ibni Abbos eng yaqin kengashchilaridan edilar. Umar ibni Hattob aslo o‘z fikrlariga yopishib olgan zot emasdilar. Kim bo‘lmasin, agar to‘g‘ri fikrni so‘zlasa, Umar o‘z fikrlaridan qaytib, o‘shani fikriga qo‘shilardilar.
Bir vaqt xalq mahrning bahosini ortirib yuborganligidan unga bir chegara belgilamoqchi bo‘lgandilar. Minbarda turib mana shu haqdagi gaplarni aytgandilar. Shunda eng orqada turgan ayollardan biri o‘rnidan turib: «Sen Olloh bizga ato etgan haqqimizdan mahrum qilmoqchimisan? Olloh taolo o‘zi «agar birontalariga tog‘dek mahr bergan bo‘lsangaz ham qaytarib olmang», degan-ku?!» deb Umar (r. a.)ga qarshi so‘z qilgandilar. Shundan so‘ng Umar o‘z fikrlari xato ekanligi uchun qaytib, xotinning so‘zi to‘g‘ri, Umarning fikri noto‘g‘ri degandilar va boyagi chegara belgilash to‘g‘risidagi fikrlaridan voz kechgandilar.
Bu voqea Umar ibni Hattobni xalq fikrini ne darajada ehtirom etganliklarini va ularga qonun doirasida tom hurriyat berganliklarini ko‘rsatadi. Umar ibni Hattob katta yoshdagalar bilan kengashganlari kabi yoshlar bilanda kengashardilar. «Yoshlarning zehni o‘tkir bo‘ladi», deyar edilar.
Madinada aql va fikr egalari bo‘lgan bir necha ayollar bo‘lib, hazrati Umar ular bilan ham ko‘p vaqtlarda maslahatlashar hamda ularning ba’zi bir masalalarda fikrlarini tinglardilar.
Umar (r. a.) davlat ishlarida keng xalq ommasi bilan kengashib ish yuritganlari kabi ularga tanqid etmoqliklariga ham keng erk berar, o‘zlarini tanqid etishlikka chaqirardilar. Chet viloyatlardan biror kishi kelsa yohud o‘zlari kibor sahobalar o‘ltirishgan majlisga kirib qolsalar yurish-turishlarini hamda xalq bilan tutayotgan mu-omilarini qanday ekanligani so‘rab surishtirardilar. No‘‘mon ibni Bashir aytadilar: Bir vaqt muxojir va ansorlar yig‘ilgan majlisga, Umar ibni Hattob kirib kelib ularga qarab, agar meni ba’zi bir ishlarda sustkashlik qilayotganligimni ko‘rsangazlar nima qilardingizlar, deb so‘rab qoladilar. Hech kim javob bermagach, mazkur sa-volni uch bor qaytaradilar. Shunda Bashir ibni No‘‘mon o‘rinlaridan turib: agar shunday ishingizni ko‘rsak, sizni o‘qni to‘g‘rilaganimiz kabi to‘g‘rilab qo‘yardik deydilar. Bu javobdan Umar nihoyatda xursand bo‘lganlaridan, unday qilsangiz odam ekansizlar — deydilar. Xalqqa ushbu darajada tanqid etarga huquq bergan hukmdor mustabid bo‘lurmi?
Bir vaqt Umar (r. a.) minbarda turib xalqqa mening aybimni bilgan kishi ro‘yi-rost aytsun deb qoladilar. Shunda bir kishi: «Ey amiral mo‘‘minin, men seni bir aybingai bilaman. Sen ikki qavat kiyim kiyasan va hamda ikki xil ovqat yeysan. Holbuki, odamlarning ko‘plari bunga qodir emaslar», deydi. Umar shundan keyin aslo ikki qavat kiyim kiymagan va ikki taboqdan ovqat yemagan ekanlar.
Umar ibni Hattobni umumxalqqa sevdirgan narsa ham mana shu kabi xislatlari edi. Umar (r.a.) butun kuchlarini, quvvatlarini aql foydasiga ishlatdilar. Favqulodda ulug‘ nufuzga ega bo‘lgan Kisro va Qaysarlar hokimiyatini ag‘dargan hukmdor bo‘la turib oddiy kishilar kabi kiyinardilar, yashardilar. Shariat va qonun oldida o‘zlarini o‘zga oddiy xalq bilan barobar tutardilar. Mana shuning uchunda tarix u janobni taqdir etdi.
ADOLATLARI HAQIDA IKKI OG’IZ SO’Z
Umar ibni Hattob (r. a.) favqulodda odil bir kishi edilar. Yuqorida yozilgan misollarda ne darajada adolatli ekanliklari bilinsa-da, yana ba’zi bir jihatlarini ochiq-ravshanroq namoyon bo‘lmog‘i uchun hukmdorliklari davrida yuritgan adolatli hukmlaridan bir-ikki misol keltirib o‘tamiz.
Umar butun xalq orasida tenglik qoidasiga amal etardilar. Huzurlarida boy bilan kambag‘alning, kuchli bilan kuchsizning, ulug‘ bilan faqirning hech ayirmasi bo‘lmasdi. Hammasini qonun oldida barobar tutardilar. O’zlari ham qonun oldida oddiy bir kishi kabi tiz cho‘kardilar.
Umarning shaxsiy hayotlarida Ubay ibni Ka’b bilan sodir bo‘lgan bir hodisa buni ochiq ko‘rsatadi. Ubay ibni Ka’b bilan o‘rtalarida qandaydir it xususida janjal chiqqandi. Nizoni hal qilish uchun Zayd ibni Sobitning oldilariga kelgandilar. Ikki hasm, ya’ni da’vogar Zaydning oldilariga kirganlarida Zayd Umarga yuqoridan joy ko‘rsatib, «Ey amiral mo‘‘minin, tepaga o‘tiring », degandilar. Umar (r. a.)ning bunga achchiqlari kelib: «Seni bu ishing o‘rtadagi majoroni adolatli hal qilolmasligingni ko‘rsatadi. Men hasmim bilan barobar o‘ltirishim lozim»,— degandilar. Keyin har ikkovlari Zaydning quyi tomonlariga barobar o‘tirgandilar. Ubay ibni Ka’b da’vo etarga boshlagan, Umar esa inkor qilgandilar. Ubay ibni Ka’bning guvohlari bo‘lmasa kerak, hazrati Umarga qasam ichishlikka to‘g‘ri kelib qolgandi. Shunda Zayd ibni Sobit Ubay ibni Ka’bga qarab, «Umarni qasam ichishga majbur qilmasangiz bo‘lardi. Oddiy bir kishi bo‘lganda sizdan bunday o‘tinchda bo‘lmasdim», degandilar. Bunga javoban Umar: «Hukmdor bilan oddiy fuqaroni o‘z nazarida teng tutolmaydigan Zayd aslida hukm chiqarmoqlikka haqli bo‘lolmaydi», degandilar. Hazrati Umarning adolatlari to‘g‘risida so‘z ketganda Jablaxa o‘g‘li Ayxam voqeasini zikr etmay ilojim yo‘q. Voqea shunday kechgan edi:
Yarmuk jangida rumliklar tomonida kurashgan G’ason amiri Jablaxa mana shu urushdan so‘ng Islomni qabul qilgan edi. U 16-yili o‘zining yoronlari bilan tantanali ravishda Madinaga kelgan edi.
Umar (r. a.) va boshqa kibor sahobalar uning kelishidan g‘oyat shodlangandilar. O’sha yili Jablaxa xaj qilish uchun Makkaga ham borgandilar. Xaj mavsumida olomon ichida yurgan paytda bir sahro arabi Jablaxa egnidagi choponning etagini bosib oladi. Jablaxa arabning yuziga tarsaki bilan urib, jerkib tashlaydi. Umar ibni Hattob (r. a.)ning adolatlariga naq ishonchda bo‘lgan sahroyi kelib shikoyat etadi. Hazrati Umar Jablaxani topdirib keladilar. «Buni rozi qil, bo‘lmasa sening ham yuzingga uning shapalog‘i tushadi»,— dedilar. «Oddiy xalq bilan amirning orasidagi munosabat hali shumi?» deydi zorlanib Jablaxa. «Islom nazarida amir bilan oddiy kishi o‘rtasida ayirma yo‘q» deb aytadilar hazrati Umar. Shundan so‘ng Jablaxa hazrati Umardan ertagacha muhlat so‘raydi. Kechqurun esa Makkadan butun shon-shavkati bilan qochib, Konstantinopolga o‘tib ketadi. Rum qirolichasi Ummu Gulsum yuborgan ozgina sovg‘alari barobarida nihoyatda qimmatbaho narsalarni hadya etib yuborgandi. Hadya yetib kelishi bilan hazrati Umar Ummu Gulsum yuborgan narsalarning barobaridagisini olib, qolganini esa xazinaga musodara etdirgandilar. Xalifaning bu ishlari go‘yo adolat-sizlikka yo‘l qoldirmaslik uchun edi.
Bir vaqt xazinadan xalqqa aqchalarni bo‘lib berayogganlarida kichkina bir bolalari kelib bir dirham tangani og‘ziga solib olib ketadi. Buni bilib qolgan Umar (r. a.) bolaning orqasidan quvlab kelib og‘zidan tangani yig‘latib olib qo‘yadilar. «Umarning oilasini boshqalardan bir dirham ortiq olishga haqqi yo‘q»,— degandilar. Bir vaqt xalifa Umarning o‘g‘illari Abdurahmon Misrda yosh yigitchalar bilan birgalashib araq ichishgandi. Qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lishib Misr voliysi Amr ibni Osga ayblarini bo‘yinlariga olib aytib berishgandi. Voliy bularning barchalariga jazo berib darra urdirgandilar. Voqeani keyinchalik eshitgan Umar Abdurahmonni yana qaytadan darra urdirtirgandilar. «Xalifaning o‘g‘li deb yaxshi urmagan bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman»,— degandilar Umar.
Umar ibni Hattobning adolatlariga bundan ko‘p boshqa misollar bo‘lsa-da, biz mana shu bir-ikki voqeani yozish bilan kifoyalanamiz.
UMAR DAVRLARIDA VILOYATLAR VA VOLIYLAR
Hazrati Umar Islom davlatini bir necha viloyatlarga bo‘lgandilar. Har bir viloyatga alohida voliy tayin etgandilar. O’sha davrdagi eng katta viloyatlar quyidagicha edi:
1. Madina viloyati. Bunda Umarning o‘zlari turardilar.
2. Makka viloyati. Bunda Nofi’ ibni Abdulxoris Huzoiy voliy edilar.
3. Toif viloyati. Bunda Sifyon ibni Abdulloh Saqafiy voliy edilar.
4. Yaman — bunda Ya’lo ibni Munil voliy edilar.
5. Ummon — bunda Huzayfa ibni Mixson voliy edilar.
6. Baxrayn va Yamoma — bunda Usmon ibni Abdul Os voliy edilar.
7. Kufa — bunda bir necha kishilar voliy bo‘lib turgandilar. Kufa viloyati Iroq va Eron vohasidagi eng katta viloyat sanalardi.
8. Basra — bunda Abu Muso Ash’ariy voliy edilar.
9. Xims — bunda bir necha voliylar almashtirilib, oxirida Umayr ibni Sa’d voliy edilar.
10. Damashq — bunda Muoviya ibni Sufyon voliy edilar.
11. Urdun — bunda avvalda Shurhabil ibni Hasana voliy edilar. Vafot etgach, Damashq voliysi Muoviya har ikki viloyatga barobar voliy tayin etilgandilar.
12. Falastin — bunda Alqama ibni Muhazzaz voliy edilar.
13. Misr — bunda Amr ibni Os voliy edilar.
Umar davrlarida viloyatlar asosan mana shulardan iborat bo‘lgandi. Viloyatlar boshliqlari ham askarga, ham xalqqa, ham diniy rahbarlikka boshchilik etardilar. Abu Bakr davrlarida qozilik mansabi ham voliylar bo‘ynida bo‘lgandi. Hazrati Umar esa har bir viloyatga alohida voliylardan tashqari adliya ishlariga boshchilik qilish uchun qozilar tayin etgandilar.
TARIX YOZDIRUV
Umar zamonlariga hadar Islom davlatida hech qanday yil ishlatilmasdi. Umar ibni Hattob umum hisob-kitoblarini ma’lum bir hujjat asosida mahkamlash maqsadida yangi bir tarix yasashni iroda qildilar. Kibor sahobalar bilan kengashib Rasululloh alayhissalomning xijratlaridan boshlanadigan yangi yil tarixi-ni barpo etdirdilar. Bu voqea xijratning 16-yilida bo‘lgandi.
UMAR RAZIYALLOHU ANHUNING BA’ZI BIR MADANIY ISLOHOTLARI
Pochta xizmatini eng birinchi bor Islom davlatida yo‘lga qo‘ygan kishi Umar ibni Hattob bo‘lgandilar. Avvaldan pochta xizmati sodda usulda bo‘lgan. Uni alohida yo‘llarda xizmat ko‘rsatadigan bo‘limlari va boquvda turgan otlari bo‘lmagan. Asosan pochta xizmatining to‘laqonli ravishda yo‘lga qo‘yilishi Muoviya zamonlarida bo‘lgan, shu tufayli tarixchilar pochta xizmatining tashkilotchisi deb Muoviyani tilga olganlar. Biroq, bizningcha ilk bor asos soluvchi kimsa hukmdor Umar bo‘lsalar ke-rak. Zero, Umar davrlaridagi ba’zi bir voqealar buni tasdiqlay-di.
Xalifabeka Ummu Gulsum Vizantga jo‘nab ketayotganlar orqali Rum qirolichasiga maktub va ba’zi bir sovg‘alar yuborganlari, Rum qirolichasi maktub va sovg‘ani olganidan keyin u ham o‘z tomonidan qimmatbaho sovg‘a va maktub yuborganligi Tabariy rivoyatlarida bitilgandur. Bu narsa pochta xizmatini yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatish bilan birgalikda, Suriya Islom lashkarlari tomonidan fath etilganidan so‘ng Vizant davlati bilan Islom davlati o‘rtasida do‘stona aloqalar o‘rnatilganini xam ko‘rsatadi. Arab davlatlarida Islomga qadar asosan Rum va Eron pullari muomalada ishlatilardi. O’zlarining maxsus muomgolada ishlatiladigan milliy pullari bo‘lmagandi. Xijratning 15-yilida Xolid ibni Valid nomlariga birinchi bor dinor pul ishlab chiqarildi. Keyinchalik Umar ibni Hattob tomonlaridan kumush tangalar ham ishlab chiqarildi. Ular asosan Eron tangalari shaklida bo‘lib faqatgina ba’zi bir yozuvlar qo‘shimcha qilingandi, xolos. Ushbu hrlat Abdul Malik ibni Marvon davriga qadar davom etdi. Abdul Malik yangi arab harflarida qiymati yozilgan tilla va kumush, mis tangalarni ishlab chiqartirdi. Shundan keyin Rum va Eron hamda avvalda ishlab chiqarilgan pullarni Islom davlatida muomaladan chiqartirib yubordi.
Umar ibni Hattob (r. a.)ning obodonchilik yo‘llarida qilgan xizmatlarining eng zo‘ri Basra, Kufa va Misrda Fistot shaharlarini bino qildirishlari bo‘ldi. Basra shahrining o‘rni avvalda askarlar turadigan qo‘rgon bo‘lgandi. 14-yilda arab fotihlari fath etishga-nidan keyin harbiy qarorgohga aylantirishgandi. 17-yilda Kufa shahrini bino qilish boshlanib, Basra ham shaharga aylantirildi. Basrani Utba ibni G’azvon, Kufani esa Sa’d ibni Vaqqos ustida turib bino qildirishgandur. Misrda esa xalifa ruxsati bilan Misr fotihi va voliysi tomonidan Fistot shahri bino qiliidi.
Umar ibni Hattobni obodonchilik yo‘lida qilgan zo‘r xizmatlaridan biri, Nil daryosi bilan Qizil dengazni tutashtiruvchi anhor qazitganlaridur. Keyinchalk Amiral mo‘‘minin qo‘ltig‘i deb nom olgan ushbu kanalni Umar ibni Hattob ruxsatlari bilan Amr ibni Os qazitgan edilar.
Xalifa Umar ibni Hattob (r. a.)ning obodonchilik yo‘llarida qil-gan boshqa ishlari ham ko‘pdur. Masalan: Iroq fath etilganidan keyin u yerda kerak o‘rinlarga ko‘priklar soldirgan va ariqlar qazitgandilar. Makka birla Madina orasidagi yo‘lga musofirxonalar bino qildirgandilar. Shu kabi Shom bilan Xijoz o‘rtasidagi katta qatnov yo‘lga ham musofirxonalar qurdirgan edilar. Har bir fath etilib ahli Islom o‘rinlashgan yerlarga masjidlar qurdirgandilar. Makkada masjidil xaramni, Madinada esa masjidi nabaviyni kengaytirgandilar.
Islom davlatida taftish idorasini vujudga keltirgan kishi ham Umar ibni Hattobdurlar. Mazkur idora avvalda nihoyatda sodda, jo‘n holatda bo‘lib, asosan xizmati shaharning tozaligini, bozordagi oldi-sottilarni, tosh-tarozularni tekshirishdan iborat edi. Keyinchalik esa mazkur idora nihoyatda zo‘rayib ketdi. Amru-ma’ruf qilishlik, imom va muazzinlarni o‘z vazifalarini qanday o‘tayotganlarini tekshirishlik, namozni o‘z vaqtida ado etilishni tekshirishlik kabi ishlar ham ushbu idora vazifalaridan bo‘lib ketdi.
Islom davlatida hibsxona tashkil etgan zot ham Umar ibni Hattobdurlar. Shomga borgan vaqtlarida maxov kasaliga mubtalo bo‘lgan kimsalarga xazinadan maosh ya’ni nafaqa tayin etganlari, qarovchisiz bolalarga xazina hisobidan boqiladigan bolalar uyi tashkil etganlari rivoyat etiladi. Xulosa qilib aytganda, Umar ibni Hattob o‘n yildan iborat hukmronliklari davrida katta-katta futuxotlarni qo‘lga kiritganlari kabi, madaniy-maishiy sohalarda ham katta amaliy ishlarni yo‘lga qo‘ygan edilar.
UMAR IBNI HATTOB DAVRLARIDA ERON VA ALJAZIRA FUTUXOTI
Umar ibni Hattob (r. a.) Abu Bakr Siddiq (r. a.) boshlagan futuxotni xalifa bo‘lganlaridan keyinoq darhol jiddiy suratda davom ettirdilar. Xolid ibni Valid Shom viloyatiga qo‘mondon bo‘lib ketganlaridan so‘ng Iroq viloyatiga Musanno ibni Xorisa bosh qo‘mondon bo‘lib qolganliklari va eronliklar tomonidan Iroqqa hujum uyushtirish uchun tayyorgarlik ko‘rilayotganini sezib Madinaga yordam so‘rab o‘zlari kelganliklari yozilgan edi. Bu vaqt Abu Bakr vafot kasalliklarida edilar. Umar ibni Hattob xalifalikka saylangach, eronliklarga qarshi urushmoq uchun xalqdan ko‘ngilli askarlarni yig‘dirardilar. Musanno yordam yetajagini bilib Iroqqa qaytib ketadilar. Umar esa askar yig‘ish bilan mashg‘ul bo‘lib anchagina qo‘shin to‘pladilar va bu qo‘shinga Abu Ubayda ibni Mas’udni bosh qo‘mondon tayin etib Iroqqa jo‘natdilar. Bu vaqt eronliklar qo‘shinida bosh qo‘mondon Rustam nomli zo‘r sarkarda edi.
U Jabon va Nerso nomli qo‘mondonlar qo‘l ostidagi sara qo‘shinni Iroqqa jo‘natadi. Abu Ubayda 13-yil rajab oyining oxirlarida Jabon lashkarlarini Torik degan yerda tor-mor keltirdilar. Neros lashkarlarini esa Kekkirda tor-mor keltirdilar. Nersoning o‘zi zo‘rg‘a qochib qutuladi. Shundan keyin Rustam yana ham katta qo‘shin to‘plab unga Baxman nomli kishini sarkarda etadi. Ularga Eronning «Dar-pushi kofa» nomli bayrog‘ini beradi. Bu bayroqni eng katta janglardagina tutardilar.
Baxman Abu Ubayda qo‘shinlari bilan «Qussul nitof» nomli kichkina daryo yaqinida jang qiladi. Eronliklar qo‘shinida mingdan ortiq jangovar fillar ham bor edi. Urush goyat qattiq tus oladi. Abu Ubayda shahid bo‘ladilar. Qo‘mondonsiz qolgan qo‘shin orqaga chekinadi. Bu urushda arab qo‘shinlarini butunlay tor-mor bo‘lib ketishidan Musanno ibni Xorisa saqlab qoladilar. Madinadan yangi madad kuchlari kelgach, Musanno olg‘a harakat qilgani kirishadilar. Eronliklar Mehron nomli sarkarda boshchiligida katta qo‘shin jo‘natadilar. Mehron qo‘shinlari ozgina fursatda tor-mor keltiriladi. Ushbu mag‘lubiyat xabaridan butun Eron larzaga keladi, ular endilikda poy-taxt ham xavf ostida qolganini sezib o‘zlarini va Eronning shon-shavkatini saqlab qolishlik uchun umumsafarbarlik e’lon qiladilar.
Eronliklarning bunday katta harakatlari haqida Musanno xalifaga xabar yetkazadilar. Xalifa tezdan yordam kuchlari borishligini aytib, arab chegarasiga yaqinroq yerga chekinishga amr etdilar. Musanno asta-sekinlik bilan Iroq yerlaridan Arabiston yaqinidagi Jul degan yerga chekinib ularni to‘playdilar. Umar ibni Hattob tezdan yordam uchun yangidan askar to‘plashga kirishadilar. Ahvolni jiddiyligidan o‘zlari bosh bo‘lib, urushga bormoqchi ham bo‘ladilar. Biroq kibor sahobalar bunga yo‘l bermaydilar. Ular bosh qo‘mondOn qilib Sa’d ibni Vaqqosni yuborishga maslahat beradilar. Bu vaqt Sa’d Havozonda zakot ma’muri edilar. Sa’d ibni Abu Vaqqos sobikin avvalindan bo‘lib, shuning bilan birga nihoyatda yurakli, bahodir, tadbirkor kimsa edilar. Shularni hisobga algan Umar (r. a.) Sa’dni bosh qo‘mondonlikka muvofiqdeb topib o‘zlarini chaqirtirdilar.
Umar ibni Hattob Sad’ni bosh qo‘mondonlik vazifasiga qo‘yganlaridan so‘ng shunday tavsiya etdilar: «Ey Sa’d, Rasulullohning yo‘ldoshi va qarindoshi dsb aytishlariga mag‘rur bo‘lma. Olloh birla hech kimning orasida nasab yo‘qdir. Ollohga yaqinlik yolg‘iz unga itoat etuv birla bo‘lur. Yuqori va tuban kishilar Ollohning nazarida tengdurlar. Olloh ularning barchasini xo‘jasi, ular esa — uning bandasidurlar. Xalqning bir-biridan ortiqligi va Ollohning ajr hamda savobiga noil bo‘lishligi toat birla bo‘ladur. Rasulullohning payg‘ambar bo‘lib kelgan kunlaridan boshlab to bizdan ayrilurgacha bo‘lgan ahvol va atvorni ko‘z oldingda tutib shunga mulozimat qil. Mening senga tavsiyam ushbudur. Agar bunga ahamiyat bermasang amaling bekor ketar. O’zing esa ziyonkorlardan bo‘lursan».
Sa’d to‘rt ming askar bilan Iroqqa jo‘nadilar. Musanno ibni Xorisa Sa’d birla qo‘shilib eronliklarga qarshi Islomiyat yo‘lida jang qilishga tayyor turgan bir paytda vafot etadilar. Juda uzoq vaqtlar urushda qatnashib og‘ir jarohatlar olgandilar. Mana shu jarohatlardan birining srilib ketishi tufayli Islomiyat yo‘lida sarkarda sanalgan Musanno ibni Xorisa vafot topadilar. Sa’d ibni Abu Vaqqos Musannoga hurmat yuzasidan o‘rinlariga u janobning ukalari Muannoni qo‘mondonlikka qo‘yadilar. Sa’d ibni Abu Vaqqos «Qodisiya» degan yerga kelib o‘rnashadilar. Umar ibni Hattobga Eron askarlarini nihoyatda ko‘pligini yozib yuborgandilar. Xalifadan shunday degan javob keladi: «Dushmanning qattiq hozirlik ko‘rganini eshitib zinhor talvasaga tushmang. Ollohdan yordam so‘rang. Unga tavakkul eting. Kisroga bir necha jasorat va fikr egalaridan yuborib dinga da’vat etdiring. Chunki ularni da’vat etuv, ularning qo‘rquvlariga bizning esa g‘alaba qilishimizga sabab bo‘lajakdur».
Maktubdagi amrga binoan Sa’d No‘‘mon ibni Makrun boshchiliklarida bir guruh kishilarni Kisroga elchi qilib yuboradilar. Ular Kisroga borib ularni dinga kirishga, bo‘lmasa juz’ya berishga da’vat etdilar. Agar bulardan biri qabul qilinmasa, unda masala qilich bilan hal etilajagi bildirildi. Kisro arablarini nazar-pisand qilmay tahdid birla quvlab chiqartirdi.
Rustam Bars degan yerda o‘z askarlari bilan o‘rnashib 4 oy kutib turdi. Kisrodan buyruq kelgach, hujumga o‘tishga tayyorgarlik boshlandi.
Qodisiyada Eron askarlari bilan Islom lashkarlari o‘rtasida qattiq jang boshlandi. Bir necha kun davom etgan shiddatli olishuvdan keyin Eron bosh qo‘mondoni Rustam o‘ldirildi. Bosh qo‘mondon o‘ldirilgandan keyin Eron askarlari tartibsiz ravishda chekinishga tushdilar.
Islom tarixida eng katta janglardan hisoblangan «Qodisiya» urushi Islom lashkarlarini misliz g‘alabalari bilan tugadi. Chunki bu urushda Islom lashkarlari son jihatdan o‘zlariga uch barobar bo‘lgan dushman ustidan g‘alabaga erishgandylar. Dushman askarlaridan 30 mingga yaqin kishi qirib tashlangandi. G’alaba xushxabarini Sa’d darhol poytaxtga elchi orqali yetkazishga shoshildilar. Umar ham urush nima bilan tugashini sabrsizlik bilan kutib turardilar. 15-yil shavvol oyining oxirlarida Sa’d Eron saltanatining poytaxti bo‘lgan «Madoin» tomon harakatga tushdilar. Madoin yo‘lida Eron askarlari Sa’dga qarshilik ko‘rsatishga urinsalar-da, biroq hech nima qila olmadilar. Sa’d to‘g‘ridan-to‘g‘ri Madoin shahriga kirib «Oq saroy» deb atalmish podshoh xosxonasiga 16-yil safar oyida tushadilar. Madoinda shohning asosiy xazinasi saqlanardi. Ular buning barchasini qo‘lga kiritdilar.
Uch yuz yildan beri Sosoniylar davlatining poytaxti bo‘lib kelgan shahar Islom lashkarlari qo‘l ostiga kirdi. Undagi behisob boyliklar, juda ko‘p zebu-ziynatlar, shoh va amaldorlari maishat o‘tkazadigan katta zar va tillolardan har xil suratlar solib naqshlangan gilamni ham g‘animatga oldilar. Biroq aholining molmulklariga tegmadilar.
Madoin fath etilganidan keyin Sa’d Bobilda qarshilik qilib oxiri qochishga majbur bo‘lgan dushman askarini tor-mor etuv uchun Naxravonga Zuhra ibni Huvayya qo‘l ostlarida bir guruh askar jo‘natdilar. Bundan so‘ng yana Abdul ibni Mutam qo‘l ostlarida Mesopotam o‘lkasidan Taqrit atrofiga yoyilgan Eron askarlarini tor-mor keltirishlik uchun bir guruh askar yubordilar. Zuxra Naxravondagi dushman askarlarini mag‘lub etib shaxarni fath etdilar.
Abdulloh ibni Mutam ham dushman askarlarini quvlab yuborib, Taqritni fath etdilar. Mesopotamni to‘la fath etilishi 19-yil bilan 20-yil orasida Iyoz ibni G’anam qo‘llarida amalga oshdi. Madoin fath etilishi bilan eronliklar mag‘lubiyatni butunlay tan olmagan edilar. Ular yuz chaqirimcha uzoqda bo‘lgan Xilvonda o‘rnashib olib, bularga askar yuborib tashvishga solib turardilar. Sa’d bunga barham bermoq uchun Hoshim ibni Utba qo‘l ostlarida 12 ming kishidan iborat askar jo‘natdilar. Ular Jalulo degan yerda Eron askarlari bilan uchrashib qonli olishuvdan keyin ularni tor-mor keltirdilar. Shundan keyin Xilvonda o‘rnashgan Eron shoxi Yazdijurd arab askarlarini bu yerga kelivu ehtimoli uzoq emasligiga ko‘zi yetib Ray shahriga ko‘chib ketadi. Qisqasi, Umar ibni Hattob davrlarida Eron bilan Mesopotam ya’ni Aljazira deb nomlangan davlat tamomila fath etilib bo‘lindi. Mesopotam Dajla va Yefrat daryosining oralig‘iga joylashgan keng sug‘orish inshootlariga va serhosil dalalarga ega bo‘lgan bir o‘lka edi. Eron davlati asosan Sa’d Abu Vaqqos qo‘l ostlarida, Mesopotam esa Iyoz ibni G’anam qo‘l ostlarida fath etildi.
UMAR IBNI HATTOB DAVRLARIDA SURIYA VA MAG’RIB FUTUXOTI
Sa’d ibni Abu Vaqqos qo‘mondonliklari ostida Islom qo‘shini Iroq, Mesopotam va Eronda jang olib borgani kabi Xolid ibni Valid qo‘mondonliklari ostida bir vaqtning o‘zida Suriya, Falastinda ham urush olib borilgan. Suriya, Falastin, Urdun yerlari asosan Rum saltanati ho‘l ostidagi mustamlakalar edi. Rumliklar bilan birinchi marta «Ajnodin» degan yerda Abu Bakr davrlarida to‘qnashuv bo‘lib, jang Islom lashkarlari g‘alabasi bilan tugagan-di. Shundan keyin Umar davrlarida ham rumliklarga qarshi Suriya yerlarida qat’iyroq kurash olib boriladi. Ular «Ajnodin» urushidan qochib qutulgan Rum askarlari bilan har yer-har yerda urush olib borib, Damashq, Xims kabi qadimiy va mashhur shaharlarni fath etib, Urdun viloyati tomon o‘zlariga yo‘l ochadilar. Damashq eng qadimgi shahar bo‘lib dunyoning eng go‘zal yeriga joylashgan, boy va madaniy yodgorliklari bilan mashhurdur. Islom askarlari Damashqni 14-yil rajab oyi yoki 635-yil avgust-sentyabr oylarida qo‘lga kiritgandilar.
Damashq aholisi bilan juz’ya to‘lash shartiga binoan sulh tuzildi. Sulh shartiga ko‘ra aholi o‘z din va urf-odatlarida erkin suratda qoladilar. Biron-bir cherkov va butxonalar buzib ham tashlanmaydi. Xims shahri ham bir necha kunlar qamal etilgandan so‘ng Islom lashkarlariga taslim bo‘ldi. U yerda ham Damashqda tuzilgani kabi sulh shartnomasi tuzildi. Qo‘shinning qolgan guruhlari Falastin va Urdun yerlarini fath etish bilan mashg‘ul bo‘ldilar.
Bundan keyin Islom lashkarlariga yanada ichkarilab borishlik shmkoniyati tug‘ildi. Ammo Rum sultoni yangidan quvvatli ko‘shin tuzayotgani haqida xabar kelib, olg‘a yurish to‘xtatilib, butun Suriya bo‘ylab tarqab ketgan bo‘linmalarni bir yerga to‘plashga qaror beradi. Zero, Rum sultoni yuz mingdan ortiq jangchiga ega bo‘lgan qudratli sara qo‘shinni tashkil qilib, Islom lashkariga qarshi urushmoq uchun Suriyaga yuborgan edi. Mazkur sara qo‘shinning yo‘lga chiqqani eshitilgandan keyin mohir qo‘mondon Xolid ibni Valid askarlarini Damashq, Xims kabi shaharlardan chekintirib, arab yerlariga yaqin joyga joylashtirish taraddudiga tushadilar. Qo‘shin asta-sekin chekina borib Urdun viloyatiga o‘rinlasha boradi. Bu yerga to‘plangan Islom askarlarining soni 40 mingga yaqin edi, xolos.
Rumliklar ham payt poylab, juda sekinlik bilan harakat qilib olg‘a siljib kelardilar. Ular qo‘llariga qaytadan kirgan yerlardagi aholini qo‘shinlariga jalb etardilar. Rum askarlari bilan yarim yil qadar vaqt o‘tganidan so‘ng oxiri «Yarmuq» degan yerda to‘qnashib o‘rtada zo‘r jang bo‘ldi. Har ikki toifa ham g‘oyat matonatli jang qildilar. Hal etuvchi jangda Islom lashkarlari sonda ikki barobardan ham ortiqroq bo‘lgan Rum qo‘shinlari ustidan to‘la g‘alabaga erishdilar. Jangda Rum lashkarlarining bosh qo‘mondoni Feodor o‘ldirildi. Rum askarlari behisob talofot berdilar.
Islom askarlaridan ham uch mingga yaqin kishi o‘ldirildi. O’lganlar ichida mashhur qahramonlardan Aqrama ibni Abu Jahl va o‘g‘li Amr Salma ibni Xishom, Amr ibni Sa’d, Jund ibni Amr, Tuayl ibni Amr, Said ibni Xoris, ibni Qays, Tulayb ibni Amr va Xishom ibni Os kabi bahodirlar bor edilar. Ushbu jangda eng shijoatli urushib qahramonlik ko‘rsatgan kishi Xolid ibni Valid bilan Aqrama ibni Abu Jahl bo‘ldilar. Jang maydonida Islom lashkarlarini sarosima egallay boshlagan paytida Aqrama arslon kabi har tarafga yurib: «Men Rasulullohga qarshi urushib qochmagan, endi qochaymi?» deya hammani shijoatlantirib, jangga tashviq etdilar. Ushbu jangda «G’asson» amiri ham asir tushib, so‘ng Islomni qabul qiladi. Mazkur jangda musulmon ayollari kam juda qattiq jonbozlik ko‘rsatib yuborgandilar. Ular yolg‘iz hamshiralik vazifasini ado etibgina qolmay, balki qo‘llariga qurol olib jang maydonida rumliklarga qarshi urushda faol ishtirok etdilar. Suriyada olib borilgan janglarda «Yarmuk» urushining ahamiyati g‘oyat katta bo‘ldi. Rumliklar bundan keyin Islom askarlari yana qaytadan Suriyadagi shaharlarni fath etishni boshladilar. Har bir qo‘mondon o‘ziga atalgan viloyatni fath etish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Yarmuk janggidan so‘ng Suriyadagi eng muhim ish amalga oshirib bo‘lindi. Yarmuk g‘alabasining xabari xalifa Umar ibni Hattob (r. a.)ga yetib kelishi bilan darhol Ubayda ibni Jarrohga maktub yozdilar.
Maktubda Ubayda ibni Jarrohni bosh qo‘mondon tayin etilib, Xolid ibni Valid esa bosh qo‘mondonlikdan olinganligi yozilgandi. Ba’zi bir siyosiy holatlarni hisobga olgan Umar (r. a.) Xolid ibni Validni vazifalaridan bo‘shatib, oddiy qo‘movdonlik amaliga tushirgandilar.
Zotan oliyjanob bir kimsa bo‘lgan Xolid ibni Valid ichlarida har qancha xafa bo‘lmasinlar, ustlarida bildirmay yana avvalgiday g‘ayrat va shijoat bilan Islom lashkarida xizmatlarini davom ettiraveradilar.
Ubayda ibni Jarroh bosh qo‘mondon bo‘lsalar-da, Xolid ibni Validni juda hurmatlar, doimo maslahatlarini olib ish yuritardilar.
Shom viloyatida eng asosiy shaharlardan sanalgan Quddus shahri bor edi. Mazkur shahar nasroniylar qoshida muqaddas sanalgani uchun uning qo‘ldan ketishi nasroniy olamiga g‘oyatda yomon ta’sir qoldiradi. Rum sultoni Konstantinopolga ko‘chib o‘tgan bo‘lsada, biroq Qudusni qo‘ldan boy berishni istamasdi. Chunki Quddus orqali harbiy kemalarda askar olib kelib, Shom viloyatiga tushirish mumkin bo‘lardi.
Quddus shahrini olish uchun bir kunlar qamal qilindi. Oxiri shahar aholisi xalifaning o‘zi kelsa unga shaharni topshirishga rozi bo‘ldi. Shunga binoan, Umar ibni Hattobning shaxsan o‘zlari Quddusni olish uchun Madinadan Shomga safarga chiqdilar. O’rinlariga Ali ibni Abu Tolibni tayinlab o‘zlari oddiy otga mingan holda yo‘lga chiqdilar. 15-yilda Quddus ham Islom lashkarlariga taslim bo‘ldi.
Umar ibni Hattob Quddus aholisiga omonlik xati yozib berdilar. Bosh qo‘mondon Ubayda ibni Jarroh Xolid ibni Validni Qinnarsarinni fath etgani, Ubayda ibni Sobitni esa Lozukiyani fath etgani askar bilan yubordilar. 16—17-yillar ichida har ikki qo‘mondon o‘zlariga topshirilgan vazifalarini sharaf bilan ado etdilar.
Bundan keyin bosh qo‘mondon Abu Ubaydaning o‘zlari Xalabga yurdilar. Xalab juz’ya beruv sharti bilan sulh so‘radi. Xalab fath etilgach, Antokiyaga yurdilar. Antokiyada anchagana askar bor edi. Shuning uchun ular Abu Ubayda askarlariga qarshi urishmoq uchun Antokiya qo‘rg‘onidan olti chaqirimcha yerda kutib turdilar. O’rtadagi urush dushman askarlarining qochishi bilan tugadi. Antokiya xalqi ham juz’ya beruv sharti bilan sulh tuzdi. Sulton, Xerakl Islom askarlari bilan qat’iyroq bir suratda urushib, qaqshatgich, o‘nglanmas zarba berish ishtiyoqida kuchli qo‘shin tayyorlayotgan edi. Mazkur qo‘shin tayyor bo‘lgach, kemalar bilan Antokiyaga yuboriddi. Bosh qo‘mondon Abu Ubayda ham har tomonga taralib ketgan Islom lashkarlarini tez orada bir o‘ringa jamladilar. Hims yaqinidagi juda qattiq jang rumliklar mag‘lubiyatidan va butun Suriya viloyatini fath etilishi bilan zafarli yakunini topdi.
XOLID IBNI VALIDNING BUTUNLAY ISHDAN BO’SHATILISHLARI
Suriya voqeasi tamom bitganidan keyin Umar ibni Hattob Xolid ibni Validni oddiy qo‘mondonlikdan ham bo‘shatdilar. O’rtada ba’zi bir sabablar bunga bahona bo‘ldi. Xolid ibni Valid Antokiyaga hujum qilib juda ko‘p g‘animatni qo‘lga kiritgandilar. Ba’zi birovlar g‘animatdan ulush olish ilinjida Xolidning oldiga boradilar. Ash’ab ibni Qays Xolid ibni Valizdan o‘n ming dirham mukofot olgandi. Mana shu mukofotni qaysi puldan berganligi tekshirilib, oxiri Xolid ibni Validni ishdan olish yakunlandi.
Xolid ibni Valid johiliyat zamonida arab zadogoni Valid ibni Mug‘iraning o‘g‘li edilar. Mahoratli askar bo‘lganlaridan Makkaning suvoriylariga qo‘mondonlik qilardilar. Uhud kabi mushriklar g‘alaba qilgan urushlarda asosiy ish ko‘rsatgan kimsa ham Xolid ibni Valid edilar. 7-yili Amr ibni Os bilan bir vaqtda Islomni qabul qilgandilar. Islomni qabul qilgach, avvalgidan ko‘ra ham shijoatla va mahoratla janglarda qatnashgandilar. Rasululloh hazratlari Xolid ibni Validga «Sayfulloh» deb laqab bergandilar. Janob risolat maobdan so‘ng Abu Bakr davrlarida ko‘tarilgan isyonlarni bostirishda ham Xolid ibni Valid zo‘r qahramonliklar ko‘rsatgandilar. Iroq va Suriyani fath etilishida ham zo‘r jasoratlar ko‘rsatgan kim-sa edilar.
Biroq Umar ibni Hattob siyosiy nuqtai nazar bilan Xolid ibni Validni avval qo‘mondonlikdan, keyin fursat topib, oddiy qo‘mondonlikdan ham bo‘shatib yubordilar. Albatta, siyosiy jihatdan ehtimol Umarning ishlari to‘g‘ri bo‘lgandir. Zero, Xolid ibni Valid askarlar ichida ham, xalq orasida ham obro‘-e’tiborlari juda zo‘r bo‘lib ketgandi. Uzoqni ko‘ra bilgan Umar ibni Hattob ehtimol mana shu obro‘-e’tibor natijasida kelajakda biror ko‘ngilsiz voqea kelib chiqishining oldini olish maqsadida Xolidni umuman davlat ishlaridan chetlashtirgan bo‘lsalar kerak. Biroq Xolid ibni Valid nihoyatda oliyjanob bir kimsa edilar. Vazifalardan ketishlari har qancha og‘ir botgan bo‘lsa-da, ammo biror-bir qarshilik ko‘rsatishni o‘ylab ham ko‘rmadilar. Bo‘lmasa askarlar ichida obro‘lari juda yaxshi edi. Mana shu obro‘ga ishonib qarshilik qilsalar ham bo‘lardi. Lekin oliyjanob sifatlarga ega bo‘lgan Sayfulloh Xolid ibni Valid Islom davlatini ichidan yemirilishiga ko‘maklashadigan bunday noma’qul ishga qo‘l urmadilar. Ma’muriyatdan butunlay uzoqlashtirilgach, Xolid ibni Valid Ximsda yashadilar. O’lim oldida ushbu gapni aytganlari rivoyat etiladi: «Men yuzdan ortiq hujumlarda qatnashdim, Badanimda qilich tegmagan yohud jarohatning asari bo‘lmagan o‘rin yo‘qdur. Umrimning oxirida esa xuddi eshak kabi ko‘rpamda yotib o‘lmoqdaman». Xolid ibni Validning qabri muboraklari hozir ham Ximsdadur.
MISR FUTUXOTI
17—18-yillarda Suriya tamom fath etib bo‘lingach, Amr ibni Os qo‘mondonliklari ostida 4000 ga yaqin askar Misr viloyatini fath etmoqqa kirishdi. Misr Vizant saltanatining qo‘li ostida edi.
Misrni rumliklar tomonidan qo‘yilgan hokim va rumlik amaldorlar boshqarardilar. 6 million xalqqa ega bo‘lgan Misr davlatini ozgina askar bilan qo‘lga kiritmoq uchun yurish boshladilar. Amr ibni Os g‘oyatda mohir va juda siyosatdon kimsa bo‘lganlar. Go‘zal siyosatlari bilan, Misrning yerli xalqini tez orada o‘z tomonlariga butunlay og‘dirib oldilar. Uzoq asrlar davomida rumliklardan jabru-jafolar ko‘rgan, og‘ir soliqlar azobini tortib kelayotgan Misr xalqi Islom askarlarining muomalalarini ko‘rishgach, ortiq qarshiliksiz sulhlar tuzishga kirishdilar. Amr ibni Os Misrning turli viloyatlarini ikki yil ichida birin-ketin qo‘lga kiritdilar. Ammo Misr davlatining asosiy shaharlaridan hisoblangan Iskandariya esa hamon rumliklar qo‘lida turardi. Rum sultoni Iskandariyaga dengaz orqali yordam kuchlari yuborib shaharni qo‘ldan chiqarmaslikka jon-jahdi ila harakat qilardi. Xalifa ibni Hattob yangidan 12 ming kishilik qo‘shin tayyorlab Amr ibni Osga yordamga jo‘natdilar. Yordam kuchi yetib kelgach, Amr ibni Os Iskandariya shahrini qamal qiladilar. Qattiq janglardan keyin Rum askarlari butunlay mag‘lubiyatga uchraydi. Bir qismi esa kemalarga o‘ltirib dengiz orqali Konstantinopolga, bir qismi esa ichki Misrga qochadilar. 20-yilda Misrni fath etilishi nihoyasiga yetadi.
Rumliklar har yili Misrdan 20 million dinor soliq olardilar. Amr ibni Os tuzgan sulh shartnomasiga ko‘ra esa misrliklar har yili arablarga 8 million dinor juz’ya beradigan bo‘ldilar. Amr ibni Os hozirgi Qohira shahrini o‘rnida Fustot shahriga asos soldilar. Olingan soliqlarning bir qismi ichki yo‘llar va ko‘priklarni tuzatish ishlariga ishlatildi. Misr fath etib bo‘lingach, Amr ibni Os Tarablis, Jazoir va Tunis tomonlarga ham yurish boshladilar.
Amr ibni Os Misrda 5 yil davomida voliy bo‘lib turdilar. Voliylik zamonlarida yuritgan siyosatlaridan Misr xalqi behad minnatdor bo‘lib qoldi.
Ba’zi bir tarixchilar Iskandariyadagi mashhur kutubxona Umarning buyruqlari bilan Amr ibni Os tomonidan o‘t qo‘yib kuydirib yuborilgan degan uydirmani yozganlar. Qadimgi nasroniy va arab tarix manbaalarida esa bu haqda hech qanday so‘z yuritilgan emas. Bunday tuhmatona gaplar 13-asr nasroniy tarixchilari tomonidan Islomga nisbatan xalq orasida nafrat uyg‘otishlik uchun to‘qib chiqarilgandi. Keyingi davrdagi tarixchilarning ham mana bu tuhmat gap asosini tarixiy hujjatlar yordamida tekshirib o‘tirmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z kitoblariga olib kirganlarini 18-asrning insofli nasroniy olimlari tan oldilar. Iskandariya kutubxonasining yondirilishi tarixiy manbaa jihatidan noto‘g‘ri ekanligani isbotlab chiqqan kishi ingliz tarixchisi Tsibbon (1734—1794) bo‘ldi. U o‘zining «Rum saltanatining inqirozi» nomli kitobida 13-asr tarixchisi Abul Farak tomonidan yozilgan gaplarga ishonmasligini bildirib, o‘z tomonidan bunga dalillar keltirdi. Shundan keyin insofli tarixchilar asta-sekin kelib manbaani tarixiy hujjatlar asosida haqiqatlashga kirishdilar. Nemis tarixchisi Fyodor Sheller (1776—1861) o‘zining «Tarixi umumiy» nomli kitobida Amr ibni Os tomonidan Iskandariya kutubxonasidan yondirilish masalasini gapirib kelib shunday deydi: «Bu qissaning butunlay uydirma bo‘luvida aslo shubha yo‘q. Chunki mashhur kutubxonaning asosiy bo‘lmasi imperator (sulton) Yulyan Misrga hujum qilgan vaqtida yondirilgan edi. Qolgan bir qismi esa Islom fathidan bir necha yil avval xarob bo‘lgandi. Avgus Myullerning (1848—1892) «Islom tarixi» nomli kitobida ushbu so‘zlar yozilgandur: «Umarning amri bilan mashhur Iskandariya kutubxonasi yondirildi, degan gap uydirmadur. Bunday xabar esa arab tarix manbaalarida va eski Rum tarix manbaalarida ko‘rsatilgan emasdur. Bu xabarni eng avvalo 13-asr tarixchilaridan biri so‘zlagandi. Buni tarixiy haqiqatga har jihatdan teskariligi ko‘zga tashlanib turadi. Iskandariya kutubxonasi Islomdan bir necha asr muqaddam imperator Fedosey (346—395) davrida Feofil tomonidan o‘t qo‘yib yondirilgandi».
20 juzdan iborat bo‘lgan «Katta qomus» kitobida Iskandariya kutubxonasi haqida shunday jumlalar bor: «Iskandariya Yulian tomonidan qamal qilingan vaqtida kutubxona yong‘in ichida qolgandi. Bu nuqson Antoni tomonidan qirolicha Kleopatraga hadya qilingan 20 ming jildlik kitob hisobiga to‘ldirilgandi». Milodning 389 yilida imperator Yulinus davrida yepiskop Patrik Feofilning qistovi bilan shaharning sharqiy qismi ichida kutubxona ham yondirilgandi. Bundan keyin omon qolgan asarlar uchun yangi kutubxona qurildi. Arablar Iskandariyani fath etishlaridan birnecha yillar muqaddam kutubxona Yulian tomonidan Konstantinopolga ko‘chirilgandi». Mana shular 13-asr tarixchilari tomonidan Umar ibni Hattobga va Amr ibni Osga chaplangan balchiqlarni yuvib tashlashga kifoya qilsa kerak.
HAZRATI UMAR VA HAZRATI ALI RAZIYALLOHU ANHUM
Abu Bakr (r. a.) xalifalik mansabiga bani Saqifa soyagohida muxojir va ansor sahobalardan bir guruhlari tomonidan saylan-gan paytlarida Ali ibni Abu Tolib (r.a.)ning bay’at berishdan bosh tortganliklari yuqorida yozib o‘tilgandi. Mazkur bay’at vaqtida Umar (r. a.) hazrati Alini bay’at berdirishga majbur qilganlari to‘g‘risida ham gap yuritilgan edi. Umar ibni Hattob (r. a.) ustlariga hokimiyat javobgarligi yuklangan paytida u janobning xalq o‘rtasida yuritgan ish uslublari Abu Bakr Siddiqning Umar to‘g‘rilarida o‘ylagan fikrlarini rostga chiqardi. Hazrati Umarni o‘z o‘rinlariga valiahd qilib qoldirmoqchi bo‘lganlarida kishilar kirib «Umar juda qattiqqo‘l, berahm», deyishgandi. Shunda Abu Bakr ularga qarab: «Agar Umar ish boshiga kelsa, albatta, qattiqqo‘lligidan asar ham qolmaydi, balki odamlarga eng mehribon va shafqatli kimsa bo‘lib qoladi», degandilar. Abu Bakrning mazkur gaplarini Umarning xalq orasida yuritgan muomalalari rostga chiqardi. Xalifalik mansabiga o‘ltirganlaridan keyin hazrati Alini o‘zlariga eng yaqin maslaxatchi hamda eng yaqin yordamchi qilib ola-dilar. Har qanday hukm chiqarishdan avval albatta hazrati Alining fikrlarini olardilar. Keyin Aliga muvofiq kelsa hukm chiqarardilar.
Rivoyatlarda aytilishicha, bir kishi Umarning oldilariga ayolidan «olti oyda tug‘ib qo‘ydi», deb shikoyat qilib kelgan ekan. Shikoyatini tinglagan Umar ayolga jazo bermoqchi bo‘libdilar. Shunda hazrati Ali: «Ey Umar, agar men sizga kitobullohdan hujjat keltirsam, albatta g‘olib bo‘lib chiqaman», debdilar. «Qanday qilib?» deb so‘rabdilar Umar. «Olloh taborak va taolo o‘z kalomi majdidida «homilasi va sutdan chiqishi o‘ttiz oy», degandilar. Keyin yana bir o‘zga surai muborakida esa «Onalar bolalarini ikki yil to‘la emizadilar, agar er shuni istasa», demishdur. Agar bir mazkur oyatda aytilgan ikki yilni avvaldagi o‘ttiz oydan olib tashlasak, olti oy qoladi. Demak, homiladorlikning eng ozi — 6 oy bo‘ladi», degan ekanlar. Alining ray’ilarini hazrati Umar qabul qilgan ekanlar. Hazrati Umar hazrati Aliga bo‘lgan muhabbatlarining isboti sifatida Fotimai Zahrodan bo‘lgan qizlariga uylangan edilar. Hazrati Alini bunchalik Umar oldilarida hurmat va e’tibor topishlariga sabab bo‘lgan hodisalar ko‘p o‘tgandi. Shulardan bittasini yozib o‘tamiz.
Hazrati Alining ustlaridan bir yahudiy Umarga shikoyat etib kelgandi. Umar hazrati Alini topdirib keladilar. Hazrati Ali kelgan vaqtlarida Umar Aliga qarab: «Ey Abul Hasan, da’vogaringizning oldiga borib turing»,— deydilar. Shunda hazrati Alining muborak chehralarida andak achchiqlanish alomati ko‘ringandi. Masala bartaraf etilib bo‘lganidan keyin Umar hazrati Alidan achchiqlanish sabablarini so‘raydilar». Men sizga «da’vogaringiz yonida turing», deganimga xafa bo‘ldingizmi?» deydilar. Islom odobi va adolati bilan bezangan Ali: «Ey Umar, men bunga emas, balki yahudiyni o‘z nomi bilan, meni esa hurmatli laqabim bilan chaqirganingiz uchun achchiqlandim, zero meni hurmatlab chaqirishingiz yahudiyning dilida adolatda hukm chiqarmog‘ingizga shubha paydo qilib qo‘ymadimikin, deya xavotirlandim», degan ekanlar. Ushbu javobni eshitgan Umar hayratdan chapak chalib: «Sizning xonadoningizdan payg‘ambar chiqqanligiga ajablanmasa bo‘laverar ekan», dedilar. Hazrati Umarning Rasululloh alayhissalom nabiralari bo‘lmish muhtaram Hasan va Husaynga qilgan muomalalariga kelsak, har qanday ta’rifu tavsifdan tashqaridur:
Fazl va Atoda o‘z o‘g‘illaridan ham yuqori qo‘yardilar. Bir payt oradan uch-to‘rt kun o‘tsa-da, hazrati Hasanni ko‘rmay qoladilar. Ko‘rishganlarida: «Qaerda yuribsiz, bir necha kundan beri ko‘rolmayman», deydilar. Hazrati Hasan hazrati Umarga qarab: «Men oldingazga kelayotgan edim. Yo‘lda Abdulloh ibni Umarni uchratdim. Mendan qaerga ketyapsiz», deb so‘radilar. «Amiral mo‘‘minin oldilariga», deb javob berdim. «Men,— dedilar Abdulloh,— Amiral mo‘‘mininni istab borgandim, biroq oldilariga kiritmadilar». Abdullohning gaplarini eshitib men ham orqamga qaytib ketdim», dedilar. «Ey Hasan, siz qaerdayu, Abdulloh qaerda: axiri Abdulloh sizdek bo‘la oladimi?» dedilar.
Hazrati Umar Rasulullohning ahli baytlariga hurmatlari juda ziyoda bo‘lgandi.
DAHSHATLI QOTILLIK
Bir millatga baxt bo‘lib tushgan narsa albatta ikkinchi millatga baxtsizlik bo‘lishligi tajribalarda isbot etilgandur. Shunga binoan arablar futuxoti zotan o‘z shaklida arablarga qanchalik yaxshiliklar keltirgan bo‘lsa, mag‘lub bo‘lgan Iroq va Eron davlatlariga inqirozni keltirdi.
To‘g‘ri, Umar ibni Hattob bosib olingan joylardagi yerli xalqlarga adolat va insof bilan hukmronlikda bo‘lgan bo‘salar-da, biroq mazkur davlatlardagi mansablaridan ayrilgan ayrim kimsalar ichlarida Islom hukmdoriga nisbatan qandaydir ichki adovatda uyg‘onishi tabiiydur. Eronning ko‘zga ko‘ringan hukmdorlaridan biri Bo‘lgan Xurmuzon urushda asir olinib Madinaga keltirilgan edi. U hazrati Umarga hiyla ishlatib o‘z jonini saqlab qolgandi. Bundan boshqa yana o‘z mulklaridan urush tufayli ajragan yana bir necha shaxs-lar Madinada yashab turardilar.
Bizzot bunday ichida adovati bo‘lgan kishilarning poytaxtda yashashligi siyosiy nuqtai nazaridan qaralganda ham durust tugal edi. Biroq hazrati Umar Islomdan biroz shikast yeb yaralangan bunday kimsalarni paytaxtdan chetga surmoqchi ham bo‘lgandilar. Lekin amalga oshirmagandilar. Mana shunga o‘xshash dillarida g‘araz bo‘lgan kimsalar bekituqcha to‘planib hazrati Umarni o‘ldirishga qaror bergandilar. Ular bu ishga Mug‘ira ibni Shubaning quli nasroniy Abu Lu’luani tezlardilar. Abu Lu’lua bir kuni hazrati Umarga shikoyat qiladi. Umar uning shikoyatini tinglab yaxshi tavsiyalarda bo‘ladilar. Biroq u hazrati Umarga bir necha: og‘ir gaplar bilan tahdid etadi. Adolatda nomdor bo‘lgan Umar qulning tahdidiga e’tibor bermay o‘tib ketaveradilar. Ammo Abu Lu’lua qatiy ishga kirishib bir xanjarini zaharlab tayyorlab qo‘yadi. Uldirishga qasd qilgan kuni ertalab u masjidga keldi. Tongi namozni hazrati Umar juda erta o‘qirdilar. Shundan foydalanib u masjidga kirib Umarning namoz boshlashlarini kutib, orqalariga yaqin joyda poylab turdi. Hazrati Umar namozga takbir aytib kirishlari bilan og‘ulangan xanjarni urdi. Bir necha marta sanchib ko‘p yerlarini yaraladi. Hazrati Umar «meni o‘ldirdi» ushlanglar!» deb qichqirdilar. Odamlar uni ushlashga urindilar. U bir necha kishini yaralab qochib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin bir sahoba orqasidan kelib yiqitib oldilar. Qo‘lga tushganiga aqli yetgan Abu Lu’lua o‘ziga-o‘zi xanjar urib o‘ldirdi. Voqeadan faqat Umarning yaqinlarida turgan kishilar xabardor bo‘ldilar. Ortda turganlar esa Umar qiroatdan to‘xtaganlarida taajjubda «Subxonalloh, subxonalloh» deyishdi.
Abdurahmon ibni Avfni o‘rinlariga imom qo‘ydilar. Tezdan namozni tugatib Umarni uylariga olib ketshtsdi. Voqeani eshitgan ahli Madina qayg‘uga tushdi. Ko‘chalarda yig‘lab motam tutuvchilar ham bo‘ldi.
Umar uylariga keltirilgach, o‘g‘illarini chaqirib «menga kim qasd qilganini bilib kel» dedilar. O’g‘illari «Joningizga Abu Lu’lua qasd qildi ekan», deganida Umar «Alhamdullilloh, meni Ollohga sajda qilgan kimsa o‘ldirmabdi», dedilar. Darhol tabib chaqirtirdilar. Tabib kelib jarohatni ko‘rdi. Yaxshilab tekshirib chiqqanidan keyin Umarga qarab, «Qiladigan ishingizni qilib oling, jarohatingiz og‘ir», dedi.
Asxob hirom Umarning oldilariga kirib ko‘p taassuflar bildirardilar. Umar hazratlariga suiqasd xijratning 23 yili zulxijja oyining seshanba kuni ertalab bomdod namozi paytida bo‘lgan edi. Vafotlari ham shu kuni kechqurun bo‘ldi. Vafot et-ganlarida hazrati Umarning o‘ttiz-qirq dirhamga yaqin boyliklari qolgan bo‘lib, ustlarida 80 ming dirhamga yaqin qarzlari bor edi. Qarzlarini o‘z mol-mulklaridan to‘lashga, agar yetmasa qarindosh-urug‘larining mulklaridan to‘lashga tavsiya etdilar. Butun Arabistonni tilloga ko‘mib tashlagan hukmdordan qolgan boylik mana shu arzimas dirhamlardan iborat bo‘lgandi. Vasiyatlariga binoan chorshanba kuni Oyisha onamizning hujralariga Rasululloh va Abu Bakrning yonlariga dafn qilindilar. Janoza namozi masjidda o‘qildi, Suxayb Rumiy imom bo‘ldilar.
Hazrati Umarning xalifalik davrlari o‘n yilu olti oy bo‘lib, vafot etganlarida yoshlari 63 da bo‘lgandi.
Hazrati Umar jismonan o‘lgan bo‘lsalar-da, biroq Islom uchun Olloh yo‘lida kishilar baxtiyorligini istab qilgan xizmatlari tufayli xalq orasida nomlari yaxshilik va adolat timsoli sifatida yashab qoldi.
Inshoolloh kelajakda ham yashab qolajakdur!
Esang istar dilo umri farovon
Haqiqat yog‘iga qovrilgan ey jon!
XULOSA
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tomonlaridan arab jazirasida sof ilohiy qonunga binoan amal etadigan yagona hukumat barpo etilgandi. Hazrati Abu Bakr va hazrati Umar davrlarida esa mazkur hukumat ancha kengayib, ba’zi bir qo‘shni davlatlarni ham o‘ziga birlashtirib oldi, kuchli mamlakatga aylandi.
Rum va Eron saltanatlari asrlardan beri qo‘shni davlatlarni goh unisi-goh bunisi bosib olib hukm surib kelgandilar. Ularning yuritgan siyosatlari faqat mazkur bosib olingan yerlardan o‘z foydalariga soliq undirish, o‘z davlatlarining xazinalarini chetki tushumlar hisobiga ko‘paytirishdan iborat edi. Ular boSib olingan xalqlarni zo‘rlab o‘z qo‘llari ostida tutib turardilar. Rum va Eron amaldorlari qo‘sh ayvo» li saroylarda yashardilar. Tez-tez turli bazmlar uyushtirardilar. Bu bazmlarga behisob aqchalar sarflanardi. Bularning hammasi oddiy mehnatkash xalq hisobidan qilinardi. Saltanatlar qo‘l ostida yashovchi xalqlar zulm va zo‘ravonlik siyosatidan nihoyatda bezor bo‘lib, qalblari ularga nisbatan nafratga to‘lib ketgandi. Mana shuning uchun ular Islom askarlariga ortiq qarshilik ko‘rsatmay taslim bo‘lgandilar. Ular Islom hukmdorlarida misli bo‘lmagan adolat va oliyjanoblikni ko‘rganlaridan keyin Rum va Eron amaldorlari tomonidan xo‘rlangan oddiy xalqqa hech qanday ortiq qarshiliksiz shahar darvozalarini ochib bergandilar. Arablarga, Rum va Eron kabi kuchli va qudratli sanalgan saltanatlarga bir vaqtning o‘zida hujum qilib har ikki maydonda ham g‘alaba keltirgan narsa eng avvalo ilohiy ta’limot bo‘lgan Qur’on ko‘rsatmalariga hech qanday og‘ishmay tinchligu urush holatlarida amal qilganlari bo‘lsa kerak. Ular mazkur saltanatlarni bosib olib u yerdagi boyliklarni shaxsiy manfaatlari yo‘lida istaganlaricha foydalanishga imkoniyati bo‘lish uchun urush qilganlari yo‘q. Balki maqsadlari har qanday manfaatdorlikdan sof bo‘lgan holda mazkur sultonlar qo‘li ostida asrlardan beri «kishi-kishiga qul», degan tushuncha zulmi ostida ezilib xor bo‘layotgan Ollohning mushtipar bandalarini, «kishi-kishiga emas, balki hamma barobar yagona Ollohga qul», degan shiorni joriy etish uchun urush qilgandilar. Buning natijasida tabaqalanish zulmi, kishini-kishi tomonidan ezish, xo‘rlash, zulmi yo‘qolib, o‘rniga hamma umum huquqlarga ega va barobar bo‘lgan adolatli tuzum yuzaga kelardi. Tabaqalanish zulmi dunyo xalqlarini eng jirkanchli suratda uzoq asrlardan beri ezib kelardi. Mazkur zulmni xalqlar ustidan ko‘tarib tashlashlik uchun Islom, o‘zining «hamma yagona ota va onadan tarqalgan» degan oliy shiorni e’lon qilgandi. Demak, barchaning kelib chiqishi yeri bir bo‘ladigan bo‘lsa, tabaqalar ichidagi imtiyoz o‘z-o‘zidan barham topadi.
Ikkinchidan, qadimiy xalqlar orasida taqsimlash ham g‘ayri-qonuniy suratda bo‘lgandi. Bir hovuch makkor kimsalar umum boylikka egalik qilardilar. Qolgan mehnatkash xalq, mana shu boylikning hosil bo‘lishida asosiy xizmatni qilgan oddiy mehnatkash xalq esa hamma narsadan mahrum qolaverardilar. Bunday holatni go‘yo tabiiy deya, xudo tomonidan shunday bo‘lishligiga ishora etilgan deya diniy rahbarlar talqin etardilar.
Uchinchidan, davlatlar ichida amalda bo‘lgan qonunlar hech qanday adolatga asoslanmay balki ba’zi bir guruhlarning xohishlarini ifoda etardi. Natijada joriy qonunlar ham mehnatkashlarni ezish, ularni xorlashlikning bir turi bo‘lib qolgandi.
To‘rtinchidan, diniy tushunmovchilik tufayli xalqlar o‘rtasida paydo bo‘lgan turli xurofiy odatlar va bu xurofiy odatlarni din nomidan talqin etilishi sababli xalqlar ustiga juda ko‘p yomonliklar tushgandi. Olloh taolo o‘z payg‘ambarlariga yuborgan asl dinni kishilar o‘z xohishlari tomonidan qo‘shilgan xurofotlar butunlay qoplab olgandi. Natijada azizu mukarram bo‘lgan inson o‘zini-o‘zi hor qilib allaqanday jonsiz toshdan va yog‘ochdan yasalgan but hamda haykallarga, hatto oddiy xayvonlarga ibodat etib, talpinadigan bo‘lgandi.
Beshinchidan, xurofiy illatlar natijasi o‘laroq, olam va tabiat sirlarini to‘g‘ri ilmiy asoslar bilan sharhlab o‘rganishlik yo‘li to‘sib qo‘yilgandi. Oqibatda insoniyat tabiat sirlariga to‘g‘ri yondoshish orqali oshno bo‘lmay, balki allaqanday tagi yo‘q gumon va taxminlar qorong‘uligida shabko‘rdek kezardi.
Oltinchidan, odamlarni dunyoda yaralishliklarida maqsad va dunyodagi vazifalari nimadan iborat ekanligi to‘g‘risida har turli xurofiy fikrlar sababidan asosiy maqsad berkinib ketib, haqiqat anglashilmay qolgandi.
Yettinchidan, «Hamma narsani kuch hal qiladi», degan noto‘gri tushuncha xalqlar orasida hukmron bo‘lib qolganligi sababli, erkaklarga nisbatan nimjon bo‘lgan asllar jamiyatda butunlay nufuzlarini yo‘qotgandilar. Ular hech qanday, na shaxsiy va na ijtimoiy hukuqlarga ega bo‘lmay qolgandilar.
Sakkizinchidan, boshliqlar o‘z ustlariga xalq tomonidan yuklangan vazifani to‘g‘ri anglab yetmaganlari sababli, xalqlar esa boshliqqa nisbatan qanday mavqe’da ekanliklarini tushunishlikda chigalliklar sababli o‘rtada do‘stona mushtarak aloqa etuvchilarga emas, balki bir-biriga adovat saqlovchilarga aylangandilar. Dunyoda hukm surayotgan mana shu kabi holatlarni to‘g‘ri tushunchada tushuntirishlik uchun Olloh taolo va taborak Arab yarim orolida yashovchi Muhammad ibni Abdullohga vahiy yuborgandi. Mana shu ilohiy vahiyda bayon etilgan narsalarni yer yuzi xalqlariga yetkazishlikka taklif etgandi.
Eng birinchi sonda bayon otganimiz jins va tabaqalar tafovutini Islom, «hammangiz bir ota-onadan tarqalgansiz», degan shiori bilan, «arabning ajamdan, ajamning arabdan ortiqigi yo‘q, fazilat faqat taqvoda»; degan shiori bilan barham berishga kirishdi.
Ikkinchi sonda basn etilgan boyliklarni taqsimlashdagi adolatsizlikka Islom moldor kimsalarga qarata: «Ey moldorlar, sizlar men bergan boylikdan mahrum kimsalarga ham beringlar. Molini mening yo‘limda kambag‘al bechoralarga, yetimlarga, bevalarga bermay saqlab qo‘yganlar uchun qiyomat degan dahshatli kunda qattiq azoblar hozirlab qo‘yganman», degan tahdidli shiori bilan barham berishga kirishdi.
Uchinchi sonda bayon etilgan jabrona qonunlarini Islom: «Qonun chiqarishlik yagona Ollohning haqqi, hukm faqat Ollohga xos, havolaringiz xohishiga qarab qonunlar chiqarsangaz, hukmlar joriy etsangiz, unda sizlar zolimlar, kofirlar va fosiqlardan bo‘lasiz» degan shiori bilan barham bergani kirishdi.
To‘rtinchi sonda bayon etilgan hurofotlarga Islom: «Ey aziz insonlar, sizlar faqat o‘zlaringizni yaratgan ilohgagina ibodat etinglar», degan, «Ollohdan o‘zga narsalar zarar ham yetkazolmaydi, foyda ham yetkazolmaydi», degan, «hamma narsa Ollohning mahluqi» degan shiori bilan barham bergani kirishdi.
Beshinchi sonda bayon etilgan tabiat sirlarini noto‘g‘ri yo‘l bilan o‘rganishlikka Islom o‘zining «har bir narsani hujjatiga qarab qabul qilinglar, taxmin va gumonlar haqiqatni o‘zgartira olmaydi», degan shiori bilan barham bergani kirishdi.
Oltinchi sonda bayon etilgan odamlarni yaratilishi va vazifalarini ularga anglatish uchun Islom: «Sizlar faqat Ollohga ibodat qilish uchun yaratilgansizlar, yer yuziga xalifa, ya’ni Olloh tomonidan o‘rinbosar etilgansizlar. O’rinbosarlik sizlarga aynan har bir mavjudot haqqini adolatda ado etmog‘ingizni taqozo etadi. Tiriklik kunlaringizni yaxshi amallar bilan o‘tkazishingiz kerak, degan shiorni olg‘a surdi.
Yettinchi sonda bayon etilgan «kuch — hal qiluvchi omil», degan tushunchani Islom o‘zining «erkakka ham qilgan amallaridan nasiba bor, ayolga ham qilgan amallaridan nasiba bor», dsgan shiori bilan barham berish uchun kirishdi.
Sakkizinchi sonda bayon etilgan chigalliklarni barham berish uchun Islom o‘zining «hammangiz boshliqsiz va hammangiz o‘z qo‘l ostilaringizdagilardan javobgarsiz, Ollohga va uning Rasuli hamda o‘zlaringiz saylab qo‘ygan boshliqlarga itoat eting. Agar sizlarga qora, boshi tepakal qul boshliq etilsa, ichlaringizda kitobullohning amrini og‘ishmay amalga oshirsa unga itoat etinglar», degan shiorni e’lon etdi.
Yuqorida aytib o‘tilgan yuksak ta’limotlarni jahon xalqlari o‘rtasida, olamda ezilib yotgan afgor omma o‘rtasida qaror toptirishlik uchun, ularni asrlardan bsri o‘rab olgan zulm, jabr, adolatsizlik zanjiridan xalos etishlik uchun, zolim, mustabid, xohishparast hokimlarni va ularga hamtavoq bo‘lgan, o‘zlarini diniy arboblarimiz, deb atagan kishilarning qo‘llaridan xalqlar taqdirini hal qilishlik sultasini olib uni haqiqiy egasi bo‘lgan Ollohga topshirishlik uchun jihodlar qilingan. Arab saltanatini Rum va Eron saltanati o‘rnida barpo etishlik maqsadida emas, balki umum jahon afgor ommasiga o‘z huquqini o‘zi belgilashlik, ozodligini berishlik uchun jihodlar qilingan. Islomiy jihodlar bilan o‘zga xalqlar olib borgan urushlar o‘rtasidagi asosiy farq mana shulardan iborat.
Hozirgi kunda oddiy bir shahar hokimining uyi taftish etilganda, noqonuniy suratda jamg‘arilgan millionlab pullar chiqayotgan bir onda, butun Islom davlatining umumrahbari bo‘lgai xalifalar vafot topishgan vaqtida qoldirishgan boyliklari bo‘yinlaridagi qarzlari bo‘lgan, xolos. Ular ham agar o‘zga rahbarlar kabi g‘amlari mol jamgarish bo‘lganida edi, albatta, bunday imkoniyatga ega edilar. Lekin ulardagi iymon, xalqlarga bo‘lgan haqiqiy muhabbat, Ollohga bo‘lgan muhabbat har qanday o‘tkinchi narsalar muhabbatidan yuksak bo‘lgandi. Ular boyliklarga umum mulki dsb, Olloh — umum insoniyat mushtarak holda o‘z ehtiyojini qondirish uchun boyliklarini yaratgan degan, ko‘z qarashda bo‘lgandilar. Ular boylikni taqsimlab turganlarida kichkina bolalari og‘ziga solib olgan bir dirhamni ham zo‘rlab olib qo‘ygandilar. Zsro, Umar umummushtarak molda bir dirham ham ortyqcha, o‘zgalarlan haqqi yo‘q, dsgan ko‘rsatmaga ishora qildilar.
«Xulofoi roshidiyn» kitobidan