Jazirama arab o‘lkasida haq xidoyat nuri hammayoqqa yoyilganida, Yasriblik bola Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh) o‘zining yoshlik chog‘larini bu porlovchi yo‘lga bag‘ishladi. O’zining tengdoshlari orasida u o‘tkir zexin va kuchli so‘z omonligi, fikrini yorqinligi bilan ajralib turardi. Uning ustiga kelishgan, qora ko‘zli, jingalak soch va qirra yuzli, yoqimtoy bola edi.
Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh) yoshlik chog‘laridanoq islomni Makkalik Mus’ab ibn Umayr (roziyallohu anh)ning da’vatini eshitib, uning qo‘lida islomni qabul qildilar. Aqaba kechalarida u o‘zining qo‘li bilan Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning qo‘llarini ushlab islomga sodiqligiga bay’at berdi.. ..
Muaz (roziyallohu anh) yetmish ikki kishining birlaridir, qaysi-ki Makkaga borib Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bilan ko‘rishib bay’at berganlardan, bu tarix saxifalarida bitilib qolgan yorqin bitiklardir…
Makkadan Madinaga qaytganidan so‘ng ular o‘zilarining tegdoshlaridan bir jamoat qilib, butlarni va Yasribdagi mushriklarning uylaridagi xaykallarni sindirish uchun to‘pladilar. Bazida oshkor yoki sirli ravishda sindirishardi. Bu bolalarning xarakatidan islomga Yasribni hurmatli kishilardan «Amr ibn Jamrux» kirdi.
Amr ibn Jamrux Banu Salama qabilasining sayidlaridan edi. O’sha vaqtlarda xar bir boy kishining o‘zining aloxida but sanami bo‘lar edi. Xar kun ertalab Banu Salama qavmininig boshlig‘i o‘z butini shoyi ipak bilan bezab, uni yuvib tarab qo‘yar, xushbo‘ylab avaylardi. Bir kun kechasi yoshlar jamoasi uning buti oldiga kirib, joyidan olib, uy orqasidagi Banu Salama chiqindilar tashlaydigan o‘raga tashlab qo‘yishdi.. .
Ertalab o‘rnidan turgan qariya qarasaki but sanami joyida yo‘q, qidira-qidira axiri chiqindilar o‘rasidan yuzi bilan chiqindiga botgan xolda topdi. Qariya aytdigi: “Sho‘ring qursin! Kim bizning ilohimiz bilan bunday ishni qildi… O’radan butni olib chiqib uni yaxshilab yuvib xushbo‘ylab o‘z joyiga olib borib qo‘ydi va dedi:
“Ey manot! Allohga qasamki! Agar men kim bu ishni qilganini bilganimda u kimsani umrini oxirgigacha sharmanda qilar edim.. ..
Ertasi kuni yana qariya uxlagani yotganida bolalar butini joyidan olib butni oldingi o‘rani yonidagi o‘raga tashlab qo‘yishdi.
Qariya ertalab qarasa yana but joyida yo‘q, qidirib o‘sha kechagi o‘ra oldidagi chiqindilar o‘rasidan topdi, bu xolat uchinchi bor takrorlanganidan keyin qariya butini yuvib joyiga oborib qo‘yib, bu safar buti bo‘yniga o‘z qilichini osib va aydi-ki:
Allohga qasam, kim bu ishni qilayotibdi bilmayman, agar ey manot! Sen haqiqatdan ham iloh bo‘lsang, unda o‘zingni o‘zing ximoya qil.. mana bu qilichim sen bilan birga turadi.. ..
Qariya uyquga ketganidan so‘ng bolalar yana kirib butni va qilichni olib, butga o‘lgan itni bog‘lab qo‘yib o‘raga tashlab qo‘yishdi. Ertalab o‘rnidan turgan qariya butni qidira-qidira o‘radan o‘lgan itga bog‘langan xolda tobdi, buni ko‘rib qariya shunday dedi: “Agar sen haqiqatdan iloh bo‘lganingda bu yerda o‘lgan it bilan tashlandiq o‘rada xor bo‘lib yotmas eding.
Shu vaqtdan so‘ng Banu Salama qariyasi islomni qabul qildi va uning iymoni go‘zal iymonlardan bo‘ldi.
Qachon Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) Madinaga hijrat qilib kelganlarida yosh Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh) misoli soya kabi, qaerga borsalar ergashib yurar edi. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)dan qur’on tilovoti va shariat ilmlarini o‘rganib saxobalar orasida eng yaxshi qur’on va shariat ilmini biladigan kishiga aylandi.
Yazid ibn Qutayb (roziyallohu anh) aytadilar:
“Bir kun men “Hamsa” masjidiga kirsam, jingalak sochli bolani atrofida odamlar o‘tirganini ko‘rdim, uning chiroyli so‘zlari eshituvchilarni chayqatar edi. Men so‘radim “Kim bu yosh bola?”, “Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh)” — deb javob berishdi.
Abu Muslim al Xuvayla (roziyallohu anh)ni aytadilar:
“Damashkdagi masjidlardan biriga kirdim, u yerda Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning saxobalaridan biri xalqa ta’lim qilayotgan ekan, qarasam ular orasida qora ko‘zli, yoqimtoy, tashqi ko‘rinishi esda qoladigan bir bola ham bor ekan. Qachon oralarida kelishmovchilik chiqib qolsa ular xaligi bolaga murojaat qilishardi. Men yonimdagi kishidan so‘radim: «Kim bu?..”, “Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh)” dedi u kishi.
Bundan ajablanadigan biron bir xolat yo‘q. Muaz yoshligidanoq Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning madrasalarida o‘z qo‘llarida ta’lim oldilar va ilimni juda zo‘r egalladilar. Eng yaxshi o‘qituvchining eng yaxshi o‘quvchisi bo‘ldilar. Muazni shahodat nomasi, ya’ni u kishi uchun Alloh rasulining so‘zi kifoyadir. («Muaz ibn Jabal ummatimning ichida xalol va xaromni yaxshi biluvchiroqdir») Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ning umatlari ichida oliy martabada bo‘lishliklariga sabab, Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning oldilarida qur’onni jamlagan olti saxobalarning biri bo‘ldilar. Qachon saxobalarning biron bir ishida Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh) ishtiroq yetsalar, unga quloq solib maslaxat so‘rashar edi. Shuningdek u kishi e’tiborli va keng qamrovli ilim soxibi bo‘lgan edilar.
* * *
Saxovatli Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) Makka fatx qilingandan so‘ng qurayshliklar islomga to‘da-to‘da bo‘lib kira boshladilar, Allohning Rasuli islomni ularga o‘rgatishlik uchun Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh)ga Makkada qolib qur’on va shariatni o‘rgatishlikni buyurdilar, u kishini musulmonlarga namuna qilib islomga xizmat qildirdilar.
Yaman qirollaridan Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ga elchi kelib, ular islomni qabul qilishganligi va ularga yangi dinni o‘rgatishlik uchun odam yuborishlik xabarini berishdi. Bu ishni bajarishlikka Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) Muaz (roziyallohu anh)ni boshliq qilib jamoat yuborishlikka qast qildilar. Muaz (roziyallohu anh)ni ot ustiga o‘tkazib, o‘zlari yonlarida piyoda yurib kuzatib chiqdilar, uzoq yurgandan so‘ng..:
“Ey Muaz! men kelasi yil bu yorug‘ dunyoda bo‘lmasam kerak, sen men bilan boshqa ko‘risha olmasang kerak.. sen qaytganingda menning qabrim va masjidim oldidan o‘tsang kerak. Suyukli kishilaridan bu so‘zlarni eshitganlaridan so‘ng Muaz chiday olmasdan yig‘lab yubordilar, u kishi bilan boshqa musulmonlar ham yig‘ladilar.
* * *
Payg‘anbarimiz (sallallohu alayhi va sallam)ning bashoratlari rost bo‘lib chiqdi, Muaz (roziyallohu anh) u kishini boshqa ko‘rmadilar.. .. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bu dunyodan Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh) Yamandan qaytmaslaridanoq ko‘z yumgan edilar. Madinaga kelganlarida juda qattiq qayg‘urdilar.
Vaqtlar o‘tib Umar ibn Xattob (roziyallohu anh)ning xalifalik yillari keldi, u kishi Muaz (roziyallohu anh)ning «Banu Kilob» qabilasiga yuborib, boylardan soliq yig‘ib kambag‘allarga taqsimlab berishni buyurdilar. Bu ishni bajarib qaytganlaridan so‘ng xotinlari oldiga bordilar, kiyimlarini yuvishlik uchun xotinlarining bo‘yniga osib qo‘ydilar.. .. Xotinlari u kishidan so‘radi:
«Qani o‘z ahliz uchun olib kelgan xadyangiz?»
“Men bilan doyim meni kuzatib yurivchi bo‘ldi” — dedi Muaz.
Xotinlari xayron bo‘lib:
Siz axir avval Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning va Abu Bakr (roziyallohu anh)ning vaqtlarida eng ishonchli kishilardan edingiz-ku? Umar (roziyallohu anh) Sizga ishonmasdan ustingizdan qo‘riqchi qo‘yib qo‘ydimi?
Keyin xotinlari Umar (roziyallohu anh)ninig xotiniga Umar ibn Xattob (roziyallohu anh)dan shikoyat qilidilar.
Bu xabar Umar (roziyallohu anh)ga yetib borgach jaxillari chiqib, Muaz (roziyallohu anh)ni o‘z xuzurlariga chaqirib undan so‘radilar:
“Ey Muaz men qachon sening ustingdan qo‘riqchi qo‘yib, kuzatishni buyurgan emushman?”
“Yo‘q.. Ey Amrul mo‘minin! Men o‘z xotinimga boshqa baxona topa olmasdan o‘zimni oqlab, shunday degan edim”.
Umar (roziyallohu anh) kulib yubordilar.. .. va u kishiga ozgina xadya berib dedilar:
«Borgin ayolingni shu bilan rozi qilgin»
Umar ibn Xattob (roziyallohu anh) shomga Yazid ibn Abu Sufyon (roziyallohu anh)ni elchi qilib yubordilar, u kishi borib xalifaga shom ahliga qur’ondan dars beradigan insonlar kerakligi haqida elchi yubordilar. Shom ahlining ko‘pchiligi shariat va qur’ondan dars bera oladigan kishiga muxtoj edilar. Elchi kelib dedi: “Ey amirul mo‘minin! Sizdan iltimosim shul-ki, ularga ta’lim beradigan insonni shomga yuborsangiz.
Umar ibn Xattob (roziyallohu anh) xuzurlariga besh kishini chaqirdilar, Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh), Uboda ibn Somit (roziyallohu anh), Abu Ayub al Ansoriy (roziyallohu anh), Ubay ibn Kaab (roziyallohu anh) va Abu Dardolar (roziyallohu anh)ni.. .. bularning hammalari Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning zomonlarida Kur’onni jamlagan kishilar edi.
Umar (roziyallohu anh) dedilar:
“Shomdagi birodarlaringiz sizlardan yordam so‘rab ularga qur’on va dinimizni ta’lim bera oladigan insonni yuborishligimizni so‘rashibdi. Sizlardan uch kishini tanlab yuborishga menga yordam bersangizlar, agar xoxlasangiz qurra tashlangizlar.
“Nima qilamiz qurra tashlab, Abu Ayub qari inson, Ubay ibn Kaab esa kasalvon bo‘lsalar, biz uch kishi qoldik” – dedilar.
Umar (roziyallohu anh) dedilar:
“Birlaringiz Xismonga va yana biringiz esa Damashqqa va oxiringiz Falastinga borasizlar.”
Shunday qilib Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning uch saxobalari Umar ibn Xattob (roziyallohu anh)ning buyrug‘lari bilan yo‘lga otlandilar. «Xismonga» Uboda ibn Somit (roziyallohu anh) tushdilar, «Damashqqa» Abu Dardo (roziyallohu anh) va Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh) esa «Falastinga» bordilar.
Falastinga borganlarida Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh)ni vabo kasali ushladi. O’limlari oldidan yuzlarini qiblaga qaratib shu so‘zlarni qaytardilar:
“Xush kelibsan ey o‘lim! Mana ko‘pdan beri kutayotgan ziyoratchim (ya’ni o‘lim farishtasi) ham meni oldimga keldi” — keyin yuzlarini osmonga qaratib duo qildilar: «Ey Allohim! O’zing bilasan men bu dunyoni uncha yaxshi ko‘rmayman, va men daryo yoki darahzor barpo qilgani kelmadim. Men bu dunyoga faqatgina ilm majlislari va zikr xalqasida ishtirok etib qiyomatni kutish uchun keldim. Ey Allohim! Mening jonimni yaxshilik bilan qabul qil va mo‘minlar qatorida jonimni olgin…»
Shundang so‘ng Muaz ibn Jabal (roziyallohu anh)ning jonlari hamirdan qil sug‘irilgani kabi sekingina tanalaridan uzildi. Alloh u kishini o‘z axillaridan uzoqda va o‘zining yo‘lida jonlarini oldi.
Alloh u kishidan va ahli oilalaridan rozi bo‘lsin.
Hazraj qabilasiga mansub Muoz ibn Jabal Islomni birinchi bo‘lib qabul qilgan madinaliklardan edi.
Bu sahobiy Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan birga hayot sinovlaridan o‘tdi. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) bilan doim birga bo‘lganlari bois u zotdan ko‘p narsalarni o‘rgandi. Hatto Rasululloh (alayhissalom): “Ummatimning ichida halol va haromni eng yaxshi biluvchisi Muoz ibn Jabaldir”, derdilar.
Yamandan bir guruh elchilar kelib, Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) o‘zlariga haq yo‘lini ko‘rsatuvchi ustoz yuborishni iltimos qilishdi. Barcha sahobiylar bunday oliy sharafga sazovor bo‘lishni istab U zotdan ishora kutishardi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) esa ularga Muoz ibn Jabalni (roziyallohu anhu) jo‘natdilar.
Safar oldidan Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) u kishiga savollar bilan murojaat qildilar:
– Ey Muoz! Hukm chiqarishda nimadan foydalanasan?
– Allohning kitobidan.
– Agar Allohning kitobidan topa olmasang-chi?
– Rasulining sunnatidan qidiraman.
– Rasulining sunnatida ham topa olmasang-chi?
– Aqlimni ishlatib masalani yechaman. Erinmayman.
Shunda Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) yuzlarida xursandchilik alomatlari ko‘rindi. Quvonganlaridan: “Rasulullohning elchisini Alloh va rasuli rozi bo‘ladigan ishlarga muvofiq qilib qo‘ygan Rabbimizga hamd bo‘lsin”, dedilar.
* * *
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu) sahobalar orasida ilmi va farosati bilan ham ajralib turardi. Ushbu voqeani Oizulloh ibn Abdulloh zikr qiladi:
– Umar ibn Xattobning (roziyallohu anhu) davrida Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) masjidlariga bir qancha sahobalar bilan kirdik. O‘ttiz nafardan ortiq odam suhbatlashib o‘tirgan majlisga qo‘shildim. Ular Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) eshitgan hadislarini eslashardi. Oralarida qorachadan kelgan, shirinsuxan istarali yigit o‘tirardi. Menimcha u qavmning orasidagi eng yoshi edi. Sahobalar hadis aytishsa, o‘sha yigit sharhlab, fatvo berar edi. So‘ramasalar javob bermasdi, ya’ni ortiqcha gapirmas edi. Majlis tugaganidan keyin unga yaqin bordim va so‘radim:
– Ey Allohning bandasi! Siz kimsiz?
– Men Muoz ibn Jabalman – deb javob berdi sahobiy.
* * *
Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) barcha sohada Muoz ibn Jabalning (roziyallohu anhu) maslahati bilan ish ko‘rar, uning fatvosiga tayanar edi. Sahobiyga hurmati sababli “Agar Muoz ibn Jabal bo‘lmaganida, Umar shak-shubhasiz halok bo‘lardi”, derdi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vafot etganlarida Muoz (roziyallohu anhu) Yamanda ul zot buyurgan ishlarni bajarayotgan edi. Abu Bakr (roziyallohu anhu) vaqtida Madinaga qaytib keldi.
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu) boy edi. Kelganidan so‘ng Umar ibn Xattob Abu Bakr (roziyallohu anhum) bilan kengashib, Muoz ibn Jabalga (roziyallohu anhu) molidan kambag‘allarga ehson qilishni maslahat berdi. Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu) esa hech nima demadi.
Ertasi kuni tongda Umar ibn Xattob Muozni (roziyallohu anhu) o‘z uyi oldida hayajonlangan, yig‘lab turgan holda ko‘rdi. U kishi yig‘idan zo‘rg‘a tiyilib, Umar ibn Xattobga (roziyallohu anhu) murojaat qildi:
“Ey Umar, kecha kechasi tush ko‘rdim. Ummon girdobi meni o‘ziga tortib, g‘arq qilmoqchi bo‘layotgan emish. Shunda siz kelib meni qutqarib qoldingiz…” Ikkovlari shu zahoti Abu Bakrning (roziyallohu anhu) oldilariga borishdi. Muoz ibn Jabal Abu Bakrga (roziyallohu anhum) o‘z molining yarmini olishini va muhtojlarga istaganicha ehson qilishini aytdi…
* * *
Bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Muozni (roziyallohu anhu) tongda uchratib qoldilar va savolga tutdilar:
– Ey Muoz, uyqudan qay holatda uyg‘onding?
– Haqiqiy mo‘min bo‘lib uyg‘ondim, yo Rasululloh, – dedi Muoz.
– Har narsaning haqiqati bo‘ladi, imoningning haqiqati nima?
– Uyg‘onganimda kelayotgan tunni ko‘ra olamanmi-yo‘qmi – bilmayman. Uyquga ketishimdan oldin tongni ko‘ra olamanmi-yo‘qmi – bilmayman. Yana qadam bosib yurayotganimda keyingi qadamimni bosa olamanmi-yo‘qmi – bilmayman. Xayolimda, o‘tib ketgan qavmlarga qiyomatda kitoblari berilayotganini, jannat ahli rohatlanayotganini, gunohkorlar esa qiynalayotganini ko‘rganday bo‘laveraman.
Shunda Rasululloh (alayhissalom):
– Haqiqatni bilibsan, unda bardavom bo‘lgin, ey Muoz, dedilar.
* * *
Muoz ibn Jabal umrini insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga, foydali ilm qoldirishga bag‘ishladi. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) u kishi haqida: “Muoz Allohga bo‘ysunuvchi, haqiqiy musulmon edi. Biz uni Ibrohimga (alayhissalom) o‘xshatar edik”, der edi.
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu) qarindosh-urug‘lari bilan Shomga ko‘chib o‘tadi va u yerda ilm bilan shug‘ullanadi. Bir qancha muddat o‘tganidan so‘ng Shomning amiri Abu Ubayda ibn Jarroh vafot etadi. Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) Muoz ibn Jabalni Shomga boshliq etib tayinlaydi.
O‘lim to‘shagida yotgan Umar ibn Xattobdan (roziyallohu anhu) kimni noib qilib ketishini so‘raganlarida, Umar shunday deydi:
– Agar Muoz hayot bo‘lganida uni albatta o‘zimdan keyingi xalifa qilib qoldirardim. Rabbimning oldiga borganimda u mendan: “Muhammadning ummatiga kimni bosh qilib qoldirding?” desa, Rabbimga: “Ularga Rasulullohning: “Qiyomatda olimlarning boshlig‘i Muoz ibn Jabal bo‘ladi”, deganlarini eshitganim uchun Muoz ibn Jabalni qoldirdim”, der edim.
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu) Shomga boshliq etib tayinlanganidan so‘ng bir necha oy umr ko‘rdi va 33 yoshida olamdan o‘tdi.
Abu Ayyub | «Hidoyat» jurnalidan
HALOL VA HAROMNI ENG BILUVCHIROQ INSON