Xurshid Davron  haqida

Xurshid Davron  haqida

Xurshid Davron 


Tavallud topgan sana:
20 yanvar 1952 yil


Tug'ilgan joy:Samarqand


Yo'nalishlar: Shoirlar




Tarjimai hol


Iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davron 1952-yil 20-yanvar kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘iladi.

O‘rta maktabni tugatgach, 1969-yili Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining kechki bo‘limiga kirib, kunduzi Toshkent qurilishlarida ishladi.

1971 — 1973-yillar davomida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. 1974-yildan 1992-yilgacha turli nashriyotlarda ishlaydi.

Xurshid Davron she’riy tarjima bilan ham shug‘ullanib keladi. Keyinchalik shoir tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band bo‘ladi.

Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Unga “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni beriladi.

1976—1978-yillar davomida uning bir qator she’rlari chop etiladi. 1979-yili birinchi va ikkinchi kitoblari:

“Qadrdon quyosh”,

“Shahardagi olma daraxti” bosilib chiqadi. Shundan so‘ng shoirning quyidagi kitoblari nashr etiladi: “Tungi bog‘lar” (1981), “Uchib boraman qushlar bilan” (1983),

“To‘marisning ko‘zlari” (1984), “Bolalikning ovozi” (1986), “Qaqnus” (1987), “Samarqand xayoli” (1991). So‘nggi to‘plam o‘zbek xalqi tarixiga oid ko‘rkam qissalardan iborat. Uning istiqlolimizni ardoqlovchi yangi she’rlar kitobi “Bahordan bir kun oldin” nomi bilan nashr etildi. Bundan tashqari, Xurshid Davron “Sohibqiron nabirasi” (1995),  “Shahidlar shohi” (1997) kabi tarixiy qissalar ham yozgan. Dramaturg sifatida “Mirzo Ulug‘bek”, “Bobur shoh”, “Avrangzeb” kabi tarixiy mavzudagi dramalarini yaratgan.