Hotamov G‘affor
Tavallud topgan sana:
25 yanvar 1953 yil
Tug'ilgan joy:Navoiy viloyati
Yo'nalishlar: Yozuvchilar
Tarjimai hol
G‘affor Hotamov gazeta tahririyatida, jurnal tahririyatida, gazetaning bosh muharrir lavozimida ishlagan hikoya, qissa va badialar, romanlar yozgan. Badiasi uchun O‘zbekiston yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning asarlari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan.
G‘affor Hotamov 1953 yilning 25 aprelida Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi G‘ujbog‘ qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.
1974 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan.
Mehnat faoliyatini respublika bolalar gazetasi tahririyatida boshlagan. «Toshkent oqshomi», «O‘zbekiston ovozi» gazetalari, «Yoshlik» jurnali tahririyatida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qilgan.
Keyinchalik «Yoshlik» jurnali hamda «Turkiston» gazetasining bosh muharriri lavozimida ishladi.
G‘affor Hotamovning dastlabki hikoyasi «Tong va shom» 1976 yili «Guliston» jurnalida, 1978 yili esa «Xat tashuvchi bola» nomli ilk hikoyalar to‘plami nashr etilgan.
1980 yil G‘affor Hotamovning «Qaytish»,
1985 yil «Quduq tepasidagi oy»,
1998 yili «Azal va abad»,
1990 yili esa «Tohir va Zuhraning kulmagan baxti» qissalari «Yoshlik» jurnalida e’lon qilindi.
Yozuvchining hikoya, qissa va badialari keyingi yillarda «Kuntug‘mishning kulmagan baxti», «Birinchi muhabbat qissasi», «Kecha va bugunning saboqlari» nomi ostida kitob holida nashr etilgan.
1977 yilda adibning «Yangi oy chiqqan kecha» romani «Yoshlik» jurnalida e’lon qilindi. Ayni paytda u qator badialar ham yozdi.
G‘affor Hotamov «Quduq tepasidagi oy» qissasi va «Evrilish» badiasi uchun O‘zbekiston yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning asarlari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan.