Hamroev Razzoq Hamroboyevich
Tavallud topgan sana:
1910 yil
Vafot etgan sana:
1981 yil
Tug'ilgan joy:Buxoro
Yo'nalishlar: Aktyor va aktrisalar, Rejissyorlar
Tarjimai hol
Taniqli teatr va kinoaktyor Razzoq Hamroev 1910 yilda Buxoroda tug‘ilgan. 1954 yilda Toshkent teatr, va rassomlik san’ati institutini tugatgan. 1931—1945 yillarda Namangan musiqali drama va komediya teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor, va badiiy rahbar, 1946 yildan Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrida aktyor, rejissyor, 1959—1976 yillarda bosh rejissyor sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
S. Abdullaning «Tohir va Zuhra»sidagi Nozim, Xurshidning «Farhod va Shirin»idagi Xisrav obrazlari aktyorning teatr sahnasida yaratgan ilk rollaridir. Keyinchalik, birin-ketin U. Ismoilovning «Rustam»ida Rustam, F. Shillerning «Makr va muhabbat»ida Ferdinand, K. Gotstsining «Malikai Turondot»ida Pantalone, S. Abdulla, T. Jalilov, G. Mushellarning «Muqimiy» sida Muqiadiy, K. Yashin va A. Umariyning «Hamza»sida Hamza, I. Mahsumovning «Navoiy Astrobodda»sida Navoiy, K. Goldonining «Ikki boyga bir malay»ida Trufaldino, «Musofirxona bekasi»da Kavaler, V. Shekspirning «O’n ikkinchi kecha»sida Malvolio kabi ko‘plab yorqin obrazlar yaratdi.
Xalqimiz R. Hamroevni faqat teatr aktyori sifatidagina emas, balki iste’dodli kinoaktyor sifatida ham yaqindan taniydi. U ekranda chuqur falsafiy va mazmunli obrazlar yaratdi. N. G‘anievning «Tohir va Zuhra»sidagi Nozim, «Nasriddin sarguzashtlari»dagi Xo‘ja Nasriddin, K. Yormatovning «Alisher Navoiy»sidagi Alisher Navoiy, «Abu Ali ibn Sino»sidagi Beruniy, y. A’zamovning «Furqat»idagi Muqimiy, «O‘tgan kunlar»idagi Mirzakarim qutidor kabi o‘lmas obrazlar faqat aktyor ijodidagina emas, balki o‘zbek kino san’ati tarixida ham muhim o‘rin tutadi.
R. Hamroevning keng madaniy jamoatchilikka yaqindan tanitgan, uni elga mashhur qilgan obraz-bu dunyo ekranlarini kezib chiqqan «Alisher Navoiy» filmidagi Alisher Navoiy obrazvdir. Aktyor Navoiy obrazini benazir yaratgan iste’dodli aktyor sifatida o’zbek san’ati tarixida o‘chmas iz qoldirib, o‘ziga mangu haykal o‘rnatdi. U Alisher Navoiyni genial shoir, buyuk mutafakkir, yetuk davlat va jamoat arbobi sifatida yorqin gavdalantirarkan, shoirning ichki kechinmalarini tomoshabinlarga ustalik bilan yetkazdi va XV asr feodalizm muhitidagi davr qarama-qarshiliklarini ifodalashda katta iste’dodini namoyish qildi.
R. Hamroev yaratgan R. Botirovning «Dorbozlar»ida Toshtemir dorboz, Sh. Abbosovning «Abu Rayhon Beruniy»sida Ibn Iroq, Dovjenko kinostudiyasida suratga olingan «Mirzacho‘l» filmida Rahimjon mirob, Yu. Stepachukning «Jayhun»ida Ja’farbek, «Keksa ustaning vasiyatlari»da (3 seriyali film) Usmonboy, «Xorazm afsonasi»da Usta Nosir, Sh. Abbosovning «Olovli yo‘llar» ko‘p seriyali telefilmida Hazrat, 3. Sobitovning «Samolyotlar qo‘na olmadi»sida Ismoil kabilar. 70-yillar o‘zbek kinosida yaratilgan sara obrazlardan hisoblanadi.
Teatr va kino san’atida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan san’atkor rejissyorlik sohasida ham ijod etib, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Oltinko‘l», «Nurxon», «Makr va muhabbat», «Muqimiy», «Guli siyoh», «Farg‘ona tong otguncha», «Toshbolta oshiq» va boshqa drama, komediya, musiqali dramalarni muvaffaqiyatli ravishda sahnalashtirdi, «Guli siyoh», «Farg‘ona tong otguncha» va boshqa spektakllar pesalariga hammuallif bo‘ldi.
U Respublikamizning turli viloyat teatrlariga ham yaqindan ko‘maklashib, ko‘p asarlarni sahnaga qo‘ydi. M. Qorievning «Sehrli uzug»i Namangan teatrlarida, G. Xo‘jaevning «Ko‘ngli yosh qariyalar» asari O‘sh teatrida sahnalashtirildi.
Razzoq Hamroevning o‘zbek teatr va kino san’ati ravnaqidagi xizmatlari uchun «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni, davlat mukofoti (1948, 1949) bilan taqdirlangan.
Betakror iste’dod sohibi Razzoq Hamroev 1981 yilda Toshkent shahrida vafot etdi.
Rejissyorlik ishlari
•1932 -“Ikki kommunist” K. Yashen
•1939 - “Fitna va muhabbat” F.Shiller
•1954-“Muqimiy” S.Abdulla
•1957-“Vatanga muhabbat” Z.R.Fatxullin va Sagdulla
•1961-“Oshiq Toshbolta” G‘.G‘ulom
•1961-“Paranji sirlari” Xamza
•1963-“Muloyim qizlar” K. Shangitbayeva va K. Bayseitova
•“Ikki xudo quli” K. Goldoni
•“Malikai Turondot” K. Gotstsi
•“Toxir va Zuxra” S.Abdulla
•“Guli Siyox” S. Djamala
•• «Nurxon», «Oftobxon» K. Yashin
Teatrdagi rollari
• «Sevgi va Fitna» F. Shilllerd - Ferdinand
• «Qo‘ylar manbasi» Lope de Vega - Komandor
• «O‘n ikki kecha» V. Shekspir - Malvolio
• «Nurxon» K. Yashin - Vasiliy Ivanovich
• «Muhabbating bilan» Umarov - Kenja
• «Muqimiy» S. Abdulla - Mukimi
• «Toshbolta oshiq» G‘. G‘ulom - Melibay
Kinodagi rollari
1979 - Otalik jazosi - Abdulla
1979 -Havodagi piyoda
1979 -Des Drachens grauer Atem (Germaniya)
1978-1979 - Olovli yo‘llar - Xazrat
1978 -Shoir yuragi Serdtse poeta | Film 1 (1-4 serii)
1979 - Haqiqatni izlab | Film 2 (5-8 serii)
1978 - Begona baxt
1978 - Sizga shahar sovg‘a qilaman - Yunus otasi
1976 - Boshqalar uchun - Nurmatov
1976 - Mening katta akam - Voxidov
1975 - Bu Tog‘lar orasida bo‘lgan
1974 - Abu Rayxon Beruniy - Ibn Iron
1973 - Zulmatdan qochish- Tair-og‘a
1973 - Olovli qirg‘oq - Ishon
1973 - Salom, saxiy inson
1972 - Semurg‘
1972 - Yigit, seni kutmoqdamiz- Maqsud G‘afurovich G‘afurov
1971 - Sxvatka
1971 - Rustam haqida - Xuman
1971 - Rustam va Suxrob - Xuman
1971 - Bu yer chegara - Jafarbek
1971 - Sevgi drammasi
1969 - O‘tayotgan kunlar - Mirzakarim Qutidor
1969 - Qari usta vasiyati -Usman-boy
1969 - Merosxo‘r | 2-ya seriya
1969 - Yangi do‘stlar | 3-ya seriya
1969 - So‘nggi sxvatka | 4-ya seriya
1969 - Uning ismi-Bahor - Xalil
1968 - Dilorom - Nugman
1968 - Komandirning qaytishi - Namazov
1967 - Birlik qo‘shilmasi - kinooperator
1966 - Kaniyut g‘ori siri - Ildar Zakirovich
1966 - Sayat qo‘ng‘irog‘i - Mansur
1965 - Do‘lda tug‘ilgan - aktyor
1964 - Dorbozlar - Tashtemir, bosh rol
1964 - Ulug‘bek yulduzi - Farman-shax
1964 - Qayerdasan Zulfiyam? - Qurbanov
1963 - Qo‘nmagan samolyotlar - Ismali
1961 - Kichik bolalar haqida hikoyalar... - Said
1960 - Xamza -Nazari
1960 - Maxallada duv-duv gap - usto Sharif
1959 - Furkat - Mukimi
1959 - Ikkinchi gullash - Axmedov
1958 - O‘g‘illar yurishda davom etmoqdalar - usto Safar
1958 - Yorqin yillar
1958 - Maftuningman
1956 - Muqaddas qon - Shakif-ota
1956 - Avitsenna - Beruniy
1955 - Emirat qulashi - Djafar
1954 - Raxmanov opalari - Arifov
1948 - Farg‘ona qizi
1947 - Alisher Navoiy - Alisher Navoiy
1946 - Nasriddin yurishlari - Xodja Nasreddin
1945 - Toxir va Zuxra - Nozim
Sovrin va mukofotlar
•Ikkinchi darajali Stalin premiyasi (1948, “Alisher Navoiy"dagi bosh roli uchun).
•Xamza nomidagi davlat mukofoti (1964).
•Xamza nomidagi davlat mukofoti (1969, “O‘tgan kunlar”dagi Mirza Karim Qutidorroli uchun).
•Xalqlar do‘stligi unvoni (1980)
•Qadrlash belgisi” ikkita orden (1950)
•Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (2003 )