Uspenskiy Viktor Aleksandrovich haqida

Uspenskiy Viktor Aleksandrovich haqida

Uspenskiy Viktor Aleksandrovich


Tavallud topgan sana:
19 sentyabr 1908 yil


Vafot etgan sana:
9 oktabr 1949 yil


Tug'ilgan joy:Rossiya imperiyasi


Yo'nalishlar: Ijodkorlar va musiqachilar



Tarjimai hol


To‘liq ismi-sharifi - Viktor Aleksandrovich Uspenskiy, tug‘ilgan sanasi- 19 avgust 1879 yil, tug‘ilgan joyi- Kaluga, Rossiya imperiyasi, mutaxassisligi - musiqashunos, bastakor-muallim, ijod qilgan janri - akademik musiqachi.

Rossiyalik musiqashunos, bastakor va yirik folklorshunos Viktor Aleksandrovich Uspenskiy o‘zbek milliy musiqasiga katta xissa qo‘shgan sermahsul ijodkordir. Bastakorning "Farhod va Shirin" operasi hanuz A.Navoiy nomidagi milliy akademik opera teatrida muxlislar e'tiboriga havola qilinib kelinmoqda. San'atshunosning Shashmaqom uchun qilgan mehnati esa izlanuvchan shaxsning mehnat natijalaridir. O‘rta Osiyo musiqa madaniyati va san'atiga qoldirgan boy merosi uchun 1929 yili Turkmaniston xalq artisti, 1937 yili O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan.



V.A.Uspenskiy 19 avgust 1879 yil Kaluga shahrida dunyoga keladi. 1898 yili Orenburg harbiy bilim yurtini tamomlagan. 1900-1904 yillar Kavkazda harbiy xizmatni o‘tab, 1913 yili Sankt-Peterburg konservatoriyasini bastakorlik mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishni tamomlaydi.



1918 yil V.A.Uspenskiy Toshkent shahrida yashab ijod qilgan, O‘rta Osiyo musiqa madaniyatini o‘rgangan. Shu bilan birga hayoti uchun xafvli va juda og‘ir sharoitlarga qaramay, O‘rta Osiyo bo‘yicha sakkizta etnografik ekspeditsiyalar o‘tkazgan. To‘plangan ma'lumotlar natijasi asosida bir qancha o‘zbek, turkman hamda tojik milliy-an'anaviy musiqasiga oid nota majmualarini tuzgan. 1932 yili Buxoro shahrida Uspenskiy ilk bor Shashmaqomni tanbur va usul kabi cholg‘u asboblari bo‘yicha notaga tushirgan. "Shashmaqom" 1924 yil nashr qilingan.



350 dan ziyod musiqiy asarlarni qayd qilgan va ular orasida xalq qo‘shiqlari va cholg‘u asboblari uchun musiqalar yaratgani sababli 1925-1929 yillar Turkmanistonda uchta folklorlik ekspeditsiyasini o‘tkazgan. Shuningdek, u milliy musiqamiz boyligi sanalmish "Turkman musiqasi" (V.M.Belyayev bilan hamkorlikda), "A.Navoiy matniga musiqa", "O‘zbek vokal musiqasi" kabi bir qancha musiqalar muallifi hamdir.



1931 yil Farg‘ona vodiysiga uyushtirilgan musiqiy-etnografik ekspeditsiyaga boshchilik qilgan va o‘zbek xalq musiqasi asarini yozgan.



1932-1949 yillar Toshkent san'at institutida musiqa bo‘limi mudiri vazifasida musiqiy etnografik tekshiruvlar bilan shug‘ullanish bilan birga Toshkent konservatoriyasida talabalarga dars bergan.

1918-1922 yillar konservatoriyada, 1928-1934 yillar musiqa bilim yurtida garmoniyadan dars bergan, 1936 yili professor nomzodligini qo‘lga kiritgan va musiqa nazariyasi fanidan saboq bergan, shu bilan birga musiqa nazariyasi fakulteti dekani bo‘lgan. 1943 yili V.A.Uspenskiy san'atshunos doktorlikni qo‘lga kiritgan.



V.A.Uspenskiy 9 oktabr 1949 yil dunyodan ko‘z yumgan va Toshkentning Botkina qabristonga qo‘yilgan.



V.A.Uspenskiy "Farhod va Shirin" (1936 yil) o‘zbek musiqiy drama muallifi, 1941 yil G.A.Mushel bilan hamkorlikda ushbu musiqiy asarni ishlab opera janriga o‘zgartirishgan.



U simfonik orkestr, xor va fortepiano uchun asarlar yaratgan. Shuningdek, o‘zbek tarixining noyob asarlari sanalmish o‘zbek shoiri va dramaturgi Hamid Olimjoning "Muqanna" pyesasiga musiqa bastalagan va Hamza nomidagi O‘zbek milliy akademik teatrida muxlislar e'tiboriga havola etilgan. 1947 yil simfonik orkestr uchun A.Navoiy xotirasiga bag‘ishlangan "Lirik poema" asarini bastalagan. Ijod mahsullari qatorida o‘zbek milliy cholg‘u asboblari (nay, ko‘shnay, chang, doira, safail) uchun bastalangan ansambl milliy musiqa xazinasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Simfonik orkestr uchun o‘zbek poema-xalq qo‘shiqlari(1944), O‘rta Osiyo millatlari uchun to‘rt ohang (1934), Turkmancha kaprichchio (1945), fortepiano uchun - "Novella" (1947), xor va fortepiano uchun - "Jangga, bahodirlar" (Chustiy so‘ziga bastalangan 1941), "Marsh" (1941), dramatik spektakllar uchun musiqa, shu qatorda "Yoriltosh" (1943) kabi musiqiy asarlar buyuk san'atshunosning o‘zbek miliy musiqa tarixining o‘lmas nodir ijod namunalaridir.



V.A.Uspenskiy «Hurmat belgisi» ordeni bilan mukofotlangan.



Toshkent konservatoriyasi xuzuridagi ixtisoslashtirilgan bolalar musiqa maktabi buyuk bastakor nomiga qo‘yilgan.