Mirzayev Mahmud Mirzayevich haqida

Mirzayev Mahmud Mirzayevich haqida

Mirzayev Mahmud Mirzayevich


Tavallud topgan sana:
15 iyun 1924 yil


Vafot etgan sana:
3 avgust 2000 yil


Tug'ilgan joy:Toshkent


Yo'nalishlar: Agronomlar





Tarjimai hol


Mirzayev Mahmud Mirzayevich (15 iyun 1924 yilda tug‘ilgan — 3 avgust 2000 yilda vafot etgan) — qishloq xo‘jaligi doktori (1976), Butun ittifoq qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi akademiki, professori (1988), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari akademigi (1992), O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan agronom (1964). O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971).



1939 yil O‘rta Osiyo sanoat institutining ishchilar fakultetini tamomlagan. 1943 yil Toshkent qishloq xo‘jalik institutini bitirgan.



1943 yildan bog‘dorchilik-uzumchilikka ixtisoslashtirilgan Qibray sovxozining bosh agronomi bo‘lib, u yerda o‘z ishining mutaxassisi va ishlab chiqarishni mohir tashkilotchisi sifatida o‘zini namoyon qilgan. 1951 yil Butun ittifoq o‘simlikshunoslik instituti aspiranturasida sirtdan o‘qib, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.



1949-2000 yillar — R.R.Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti direktori. Bir vaqtning o‘zida, 1952-1953 yillar — O‘zbek SSR qishloq xo‘jaligida vazir o‘rinbosari, 1962-1964 yillar — O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik vaziri  vazifasini vaqtincha bajaruvchi, O‘zbek SSR qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jalik fanlari Bosh boshqarmasi boshlig‘i.



1975 yil respublika tog‘ va tog‘oldi hududlarida bog‘dorchilik va uzumchilik yerlarini o‘zlashtirish bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.



M. M. Mirzayev Butun ittifoq qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasining O‘rta Osiyo bo‘linmasi bog‘dorchilik va sabzavotchilik bo‘liminga boshchilik qilgan, 1983 yil — Butun ittifoq qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, 1992 yil — O‘zbek SSR Akademiyasi qishloq xo‘jalik fanlari akademiki.



Mukofotlari



• Sotsialistik Mehnat Qahramoni nishoni “O‘roq va Bolg‘a” Lenin ordeni va medali bilan topshirilgan (1971)



• Oktabr Inqilobi ordeni



• Mehnat Qizil belgisi ordeni



• “Hurmat belgisi” ordeni



• O‘zbek SSR Oliy Kengashi Prezidiumi Faxriy yorlig‘i



• SSSR Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (XXYuK) 8 ta medali



• SSSR XXYuK Faxriy diplomi



• SSSR XXYuK I darajali diplomi bilan



• “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan agronom” faxriy unvoni (1964)



• “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni (1968)



• “Mehnat Qahramoni” unvoni



• “Do‘stlik” ordeni



• “El-yurt hurmati” ordeni.



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 24 avgustdagi №25 sonli qaroriga muvofiq, akademik R.R.Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti nomi o‘zgartirilib, akademik Mahmud Mirzayev sharafiga nomlandi.



M.Mirzayev uzumchilik va bog‘dorchilik madaniyatiga oid turli muammolar bo‘yicha 300 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi, shular qatorida O‘zbekistondagi tog‘li bog‘dorchilik va uzumchilikning rivojlanishning nazariy asoslari va ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan 3 ta risolasi ham bor. Uning rahbarligida tayanch ilmiy ishlar — “O‘zbekiston mevashunosligi (pomologiya)” va “O‘zbekiston ampelografiyasi” tayyorlandi.



• O‘zbekiston pomologiyasi. /Tahrir hay’ati.: M. M. Mirzayev va boshqalar/ — Toshkent: O‘zbekiston, 1983. — 247 b.



• O‘zbekistonda tog‘ vinosining asosiy muammolari /Bog‘dorchilik ITI, R. R. Shreder nomidagi uzumchilik va vinochilik. / — Toshkent: Fan, 1972. — 147 b.



• O‘zbekistonning tog‘-tog‘oldi hududlarida vinochilik / Bog‘dorchilik ITI, R. R. Shreder nomidagi uzumchilik va vinochilik. / — Toshkent: Fan, 1980. — 235 b.



• O‘zbekistonda tog‘ bog‘dorchiligi / Bog‘dorchilik ITI, R. R. Shreder nomidagi uzumchilik va vinochilik. / — Toshkent: Fan, 1982. — 200 b.



• O‘zbekistonda abrikos: Biologiya, navlari, chatishtirish, agrotexnika /Hammuallif. V. V. Kuznetsov; Bog‘dorchilik ITI, R. R. Shreder nomidagi uzumchilik va vinochilik. / — Toshkent: Fan, 1984. — 199 b.



• Tomorqa tokzori /Hammuallif. Yu. M. Djavakyants. / — 2 qo‘shimcha nashr. — Toshkent: Mehnat, 1988. — 77 b.