Polat Alemdar haqida faktlar

#1. «Qashqirlar makoni» serialida Polat Alemdar rolini ijro etgan aktyorning asl ismi Muhammad Nejati Shashmaz bo’lib, u 1971 — yilning 5-dekabrida Turkiyaning Elazig’ shahrida dunyoga kelgandir.


#2. Aktyorning bo’yi 178 santimetr, millati Zaza (Eron etnos guruhi). Uning 2 ta ukasi bor bo’lib, ular Zubayr Shashmas va Raji Shashmasdir.


#3. Nejati Shashmas Anqara shahrida katta bo’lgan. U Turkiya va Kanada universitetlarida turizm biznesi va mehmonxona menejmenti yo’nalishi bo’yicha o’qigan.


#4. Aktyor grin karta orqali AQShga ko’chib ketgan va u yerda 6 yil yashab, 28 kun Amerika armiyasida xizmat qilgan.


#5. Nejati 2001 yil 11 sentabr kuni AQShda uyushtirilgan terrakt tufayli Turkiyada qolishga qaror qiladi. Qizig’i, uning parvozi aynan 11 sentabr kuni bo’lgan.


#6. 2001 yilgi teraktlardan so’ng aktyor Istanbul shahrida rejissyor Osman Sinav bilan tanishib qoladi va keyinchalik esa rejissyor uni Polat Alamdar roliga taklif qiladi.


#7. Uni mashhur qilgan rol Polat Alamdarni u 2003 yildan boshlab o’ynashni boshlaydi. Polat Alamdar roli yosh turklarda vatanparvarlik hissini yanada oshirib yuboradi. Yosh turk yigitlar esa o’zlarini Polat Alamdarga o’xshatishni boshlaydilar. Qashqirlar Makoni (Kurtlar Vadisi) serialidagi roli tufayli Nejati Shashmasni Polat Alamdar deb chaqira boshlashadi.


#8. Hozirda u aktyorlikdan tashqari prodyuserlik ishlari bilan ham shug’ullanadi. Uning kino biznesidan tashqari, bir necha kompaniyalari va restoranlari ham bor.


#9. U 2012 — yilda u o’zidan 21 yosh kichik bo’lgan Nagihan Kashikchi uylanadi. Ushbu turmushdan 2 ta farzand dunyoga keldi. Farzandlari: Ali Nodir va Yusuf Emir. 2019 — yilda bu juftlik ommaga o’zlarining ajrashishayotganliklari haqida xabar berishadi.


#10. Nejati Shashmas hech qanday aktyorlik sabog’ini olmagan.


#11. 2014 — yil 2 noyabrda aktyor boshqarib kelayotgan mashinasida avariyaga uchraydi. Natijada uning jag’i sinadi va u operatsiya qilinadi.


#12. Aytishlaricha, u ingliz tilini shunchalik yaxshi biladiki hatto turk tilini aksent bilan gapiradi. Shu sababli, Qashqirlar Makoni serialida uning o’rniga Umut Tabakning ovozi ishlatilgan.


Surat manba


Ma’lumotlar manbadan yozib olindi