Neslihan Atagul so’nggi yillarda turk kinemotografiyasining istiqbolli yulduzlaridan biriga aylanib bormoqda.
Neslihan Atagul 1992-yil 20 avgustda qadimiy va go’zal Istambulda dunyoga keldi. Bo’lajak mashhur aktrisaning otasi oddiy xaydovchi, onasi esa uy bekasi edi. Neslihan bilan birga uning katta akasi ham bor edi.
Hayotining ilk yillaridanoq bu yoqimtoy qizaloq kino sohasiga katta qiziqish bilan qaragan. U turli xil turk seriallari va filmlarni mamnuniyat bilan tomosha qilardi. Mashhur aktrisalarga taqlid qilardi va o’zi ham kelajakda mashhur bo’lishni orzu qilardi. O’smirlik vaqtidanoq shou-biznes va kino olamiga kirishga harakat qildi. 13 yoshida onasi bilan birga bir necha agentliklarga o’z fotosuratlari bilan tashrif buyurgan.
Va nihoyat Neslihanni bir reklama agentligi uchun suratga tushishga taklif etishganda u mamnuniyat bilan rozilik bildirgan. O’z karyerasining ilk qadamlaridanoq Turkiyaning mashhur brendlarining yuzi bo’lishga erishdi. Qizning noodatiy go’zalligi, o’zini kamera oldida tuta bilishi unga omadlar keltira boshladi. Ko’pgina reklama agentliklarining Neslihanga bo’lgan qiziishi tobora ortib bordi. Ketma-ket reklamalar uchun suratga tushdi va shu tariqa Neslihan modellik sohasida bir qancha yutuqlarga erishdi.
Ammo Neslihan Atagul aynan kinoga bo’lgan qiziqishi juda katta edi, shuning uchun biron bir kino yoki serilda rolni qo’lga kiritish uchun bor kuchini ishga soldi. Go’zal qizning orzulari tez orada amalga oshdi. U bir kinostudiyasining e’tiboriga tushib, unga ilk rolni taklif etdilar. Aktrisalik karyerasi ham omadli va istiqbolli kechdi.
Neslihanning birinchi ijodiy ishi bu – “Ilk ask”(Ilk sevgi) kinofilmidagi omadli roli edi. Ushbu rol romantik harakterga ega, qizning tashqi ko’rinishiga to’la jovob beradigan rol edi. Uning keying roli “Yaprak Dökümü”(Xazonrezgi) nomli serialdagi Deniz obrazi edi. Ataguning ilk qadamlari e’tiborsiz qolmadi, kinotanqidchilar tomonidan uning aktyorlik mahoratini yaxshi baholadilar va omadli karyerasi haqida bashoratlar qildilar.
Kinotanqidchilarning bashorati to’g’ri chiqib, 2011 yilda aktrisa Turkiyada va chet davlatlarda mashhurlikka erishgan “Araf”(Dara) serialida suratga tushish taklifini qo’lga kiritadi. Bu serialda Neslihan bosh qahramon rolini ijro etadi va bu roli bilan ko’pgina kinofestivallarda qatnashadi.
Yulduzlik onlarining muhiim davrlaridan biri Neslihanning “Fatih Habriye”(Istambulning ikki yuzi) nomli serialida suratga tushish bo’ldi. Bu serial muhlislar va kinotanqidchilar tomonidan yaxshi baholandi. Ammo bu Neslihan uchun asosiysi emas edi. Ushbu serialning tasvirga olish jarayonida u o’zining haqiqiy sevgisi bo’lmish – Kadir Do’gulu blan tanishib qoladi. Aktyorlar taqdirida tez-tez uchrab turadigan holat – yosh aktrisa tasvirga olish maydonidagi partnyorini sevib qoladi. Ikki yosh juftlikning ishqiy munosabatlari juda ham go’zal va havas qilgulik edi va hozirgacha davom etmoqda. Bandlik, ketma-ket tasvirga olish ishlariga qaramasdan Neslihan va Kadir bir-birlari uchun har doim vaqt topardilar. Birga dam olardilar, sayohatga chiqardilar.
Ular o’z sevgilarini mustahkamlash maqsadida Neslihan Atagul va Kadir Do’gulu 2016-yil 8 iyulda oila quradilar va baxtiyor oilalardan biriga aylanadilar.
Yaqinda aktrisa “Sevgi iztirobi”(Kara Sevda) serialida suratga tushishni tugatdi. Uning serialdagi partnyori mashhur turk aktyori Burak O’zchivit bo’ldi. Burak tavsirga olishda Neslihandek go’zal aktrisa bilan birga ishlaganligidan baxtiyorligini bildirgan.