Jama Music — Guruxi xaqida malumotlar
“Jama Music” leybli ayni vaqtda O‘zbekistondagi eng mashhur leybl bo‘lib, u 2006 yil tashkil topgan. “Jama Music” ning tashkil topishiga ijodkorlar Jamshid Gaffarov va Jamshid Shodiyev sababchi bo‘lishgan. Ular oliygohda tahsil jarayonida tanishib qolishgan va ularda mazkur leyblni tashkil etish g‘oyasi paydo bo‘lgan. Har ikki asoschining ismlari Jamshid bo‘lganligi uchun ham, ular bu leyblni “Jama Music” deb nomlashgan. Leybl yaratilgach, uning asoschilari qo‘shiqlar uchun she’r yozib, musiqa bastalab, aranjirovka qilib, san’atkorlarga sotish niyatida bo‘lganlar. Shu tarzda 2006 yildan “Jama Music” ning ijodiy faoliyati boshlangan va bu leybl bugungi kunda O‘zbekistondagi san’atkorlar eng ko‘p murojaat qiladigan leybllar ichida yetakchisi hisoblanadi.
