⚡️Xalq ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Prezident farmoni bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori – Umarova Xilola Uktamovna Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Umarova Xilola Uktamovna — 1988 yilda Olmoniyaning Vaymer shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
Mutaxassisligi — tashqi iqtisodiy faoliyat. O‘zbekiston Respublikas Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi. O‘zbek, rus, ingliz tillarini mukammal biladi.
2019-2019 yy. Toshkent shahridagi INHA universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bosh menejer.
2019-2020 yy. — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori.
2020-2022 yy. — Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimida ishlagan.