O‘zbekiston Yoshlar mukofoti sovrindori, Toshkent Davlat konservatoriyasi kompozitsiya va cholg‘ulashtirish kafedrasi professori, kompozitor Avaz Mansurov o‘zining uslubi bilan alohida ajralib turadi. Kompozitor turli janr¬larda, ayniqsa, qo‘shiqchilikda barakali ijod qilib kelmoqda.
Avaz Mansurov 1957-yil 2-noyabrda Qo‘qon shalirida tug‘ildi. Avazning bolalik yillari teatr sahnasida hamda mashhur xonanda va sozandalarning musiqa va she’riyat davralarida o‘tdi. Dastlab musiqa maktabida, so‘ngra Qo‘qondagi musiqa bilim yurtining «Musiqa nazariyasi» bo‘limida a’lo baholar bilan o‘qidi.
1982-yilda M. Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat kon- servatoriyasining «kompozitsiya va cholg‘lashtirish» kafed- rasini Boris Zeydman sinfida, 1986-yili asisstenturani professor Feliks Yanov-Yanovskiy rahbarligida bitirdi.
Kompozitor A. Mansurov ish faoliyatini 1973-yilda Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri- ning orkestrida sozandalikdan boshladi. 1981 —1983-yillarda o‘qish bilan bir qatorda Respublika o‘quvchilar saroyi qoshidagi bolalar musiqa maktabida ishladi. 1982-yili konservatoriyada o‘qishni bitirgach, kompozitsiya va cholg‘ulashtirish kafedrasida pedagog lavozimida asisstenturada qoldirildi. Mazkur kafedrada katta o‘qituvchi, dotsent, «Sharq fakulteti» dekani, «Kompozitsiya va cholg‘ulashtirish kafedra»si mudiri va 2000-yildan boshlab konservatoriya o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlamoqda.
A. Mansurov birinchi ijodiy qalamini fortepiano uchun «Qizcha va tulki», «Qo‘rqinchli tush» ertaklariga musiqa bastalashdan boshladi. Skripkachilar ansambli uchun «So‘zsiz qo‘shiq», forte¬piano uchun «Tokkata-preludiya» va bir necha qo‘shiqlar yaratdi. A. Mansurovning ijodiy faoliyatida kamer vokal janrlar ustunlik qiladi. Uning ovoz skripka va fortepiano uchun yozgan «Muhabbat» lirik turkumi, 10 dan ortiq romanslari musiqiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi. Ayniqsa, bolalar qo‘shiqlarini yaratishda A. Mansurov yuqori natijalarga erishdi. O‘zteleradiokompaniyasi qoshidagi «Bulbulcha» bolalar xor jamoasi ijrosida yangragan «Quyosh bilan suhbat», «Kel, baxt kuyin kuylaylik», «Oq kabutar parvozi», «Hur respublikam», «Muz- qaymoq», «Tomchilar qo‘shig‘i», «Dakan xo‘roz», «Quvnoq bolalar», «Qo‘shig‘im, jon qo‘shig‘im», «Oczbekiston onajon» kabi 100 dan ortiq qo‘shiqlari mashhur bo‘lib, kompozitorga shuhrat keltirdi. Kompozitor estrada janrida ham unumli ijod qilib kelmoqda. «Navro‘z», «Chimyon», «Chaman-chamanim», «Talabalar qo‘shig‘i», «Oydin yo‘l» kabi estrada qo‘shiqlari shular jumlasidandir. Kompozitor A. Mansurovning ijodiy faoliyatida teatr sahna asarlariga musiqa bastalash ham ustIVor turadi. Jumladan: «Hayvonlar sultoni», «Sharq afsonasi», «Qo‘ng‘iroqh yolg‘onchi», «Xo‘ja Nasriddinning 41-pashshasi», «Ur, to‘qmoq» musiqali komediyalarni yaratdi.
Simfonik orkestr uchun ikkita simfoniya, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun uvertura, damli cholg‘ular orkestri uchun «Karnay sadosi» va «Askarlar marshi», «Sug‘diyona», kamer cholg‘u asarlari, fortepiano uchun «Hayvonot bog‘ida sayr» kabi musiqali asarlami yaratdi.
Avaz Mansurov O‘zbekiston Yoshlar mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Avaz Mansurov
Kompozitor Avaz Mansurov 1957 yil 2 noyabrda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1982 yilda Toshkent davlat konservatoriyasining bastakorlik bo‘limini prof. B.I.Zeydman sinfida, 1986 yil assistent-stajorlikni prof. F.M.Yanov-Yanovskiy sinfida tamomladi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik kafedrasi mudiri, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi kotibi.
Avaz Mansurov O‘zbekiston musiqa san’atining rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan ijodkorlardan. Kompozitor turli janrlarda sermahsul ijod qilib, «O‘zbekiston qo‘shiq bayrami» Respublika tanlovlarida «O‘zbekiston – do‘stlik diyori» (1998 yil 1-mukofot), «Sog‘inib uyg‘onar tonglar» (1999 yil 2-mukofot), «Barkamol avlod qo‘shig‘i» (2001 yil 1-mukofot) kabilarni yoshlar jo‘shib kuylashdi. «O‘zbekiston-ona onajon», «Biz hur Vatan chechaklarimiz», «Bu chamanzor kimniki», «Xayr maktab», «Kim epchilu kim chaqqon» kabi 100 dan ortiq qo‘shiqlari bolajonlar orasida keng tanilgan. Mustaqillik va Navro‘zga bag‘ishlangan katta bayram tadbirlarida bir necha bor asarlari yangradi. Respublika teatrlarida o‘nlab musiqali asarlari sahnalashtirilgan va minglab tomoshabinlarga manzur bo‘lgan. Uning «Sug‘diyona» orkestri uchun yangicha uslubda yezilgan «Moziydan sado» asari asosida musiqiy film ishlandi va televideniye orqali tomoshabinlarga e’tiboriga havola etildi.
A.Mansurovning «O‘zga sayyoralik robot», «Hayvonlar sultoni» bolalar operalari, «Sharq afsonasi» baleti, «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Kachal Polvon va Garmsel», «Ur to‘qmoq» kabi 11 ta musiqali spektakl, «Uchar kovush», «Sho‘x xo‘tikcha», «Kashmir qo‘shig‘i» musiqali ertaklari, «Bir soatlik xalifa» musiqali drama, 2 ta simfoniya, simfonik poema, «Bayram uvertyurasi», «Navro‘z» kabi 5 ta uvertyura, «Mustaqillikka bag‘ishlov», «Shodiyona» madhiyalari, fortepiano va orkestr uchun konsert asarlarini alohida aytib o‘tish lozim.
A.Mansurov O‘zbekiston Yoshlar mukofoti sovrindori (1986), «O‘zbekiston – Vatanim menim» qo‘shiq tanlovining g‘olibi (1998). U O‘zbekiston Fahriy Yorlig‘i bilan tag‘dirlangan, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari faxriy yorliqlari hamda mukofotlariga sazovor bo‘lgan.