Uinston Cherchill haqida

Cherchill, Uinston Lenard Spensr, Malboro gersogi (ingl. SIR WINSTON LEONARD SPENCERCHURCHILL) (30.11.1874, Vudstok, Oksfordshir -24.01.1965, London)

Ingliz siyesiy arbobi, tarixchi. 1940—1945 va 1951—1955 yillari Buyuk Britaniya premer-ministri. 1900 yildan parlamentda 1904 yilgacha — konservator. 1923 yilgacha — liberal, keyin yana konservator. Konservativ partiya yetakchisi. 1908 yildan boshlab hukumatda bir qator ministrlik lavozimlarini egallagan, 1911—1915 yillarda Admiralteystvo lordi (dengiz ishlari ministri). 1919-1921 yillarda – harbiy ministr va aviatsiya ministri, 1924-1929 yillarda – Moliya ministri, 19391940 yillari — Xarbiy-dengiz ministri, 1940-1945 yillarda – koalitsion hukumat boshlig‘i. 1951—1955 yillari konservatorlar hukumatini boshqargan. 1953 yili adabiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushida – SSSRning ittifoqchisi, Gitlerga qarshi koalitsiyaning a’zolaridan biri. Cherchillning xotini Klementina urush yillarida «Rossiyaga yordam fondini boshqargan; SSSRning mehnat qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangan. Klementina 1945 yilning aprelida Moskvaga kelgan.U Cherchil Sendxerstni a’lo baholar bilan tugatganidan so‘ng harbiy faoliyati boshlangan. 1895 yilning martida u Xeklshirda ro‘yxatga olingan To‘rtinchi (qirolicha Janobi Oliyalarining) gusarlar polkining leytenanti etib tayinlandi. Kubada xizmat qilganidan keyin U.Cherchill Hindistonga o‘tkazildi. 1898 yili u yerdan Misrga keldi va Omdurmandagi mashhur kavaleriya aksiyasida faqat harbiy emas, jurnalist sifatida ham qatnashgan.


1897 yili «London Daily Telegraph»ning harbiy muxbiri sifatida U. Cherchill general Bladning malakand bo‘tozi rayoniga uyushtirgan ekspeditsiyasiga qo‘shildi. 1899—1902 yillardagi Janubiy Afrikadagi ingliz-bur urushi paytida u Londonning «Morning post» gazetasi muxbiri sifatida urushning dastlabki bosqichida qatnashgan. Usha yerda, 1899 yilning 25 noyabrida, U. Cherchill Janubiy Afrika Ittifoqining bo‘lg‘usi birinchi premer-ministri va keyinchalik o‘zining yaqin do‘sti bo‘lgan Luis Bota tomonidan asirga olingan. Asirdan ozod qilinganidan keyin U.Cherchill birmuncha vaqtini AQSHda o‘tkazdi, u yerda ma’ruzalar o‘qidi, ishlagan pullariga vatanida siyosiy faoliyatini boshladi. 1898 yilgi dastlabki urinish muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Faqat ikki yildan keyingina u Lankashirdan parlamentning konservativ a’zosi bo‘ldi. Biroq keyingi uch yil U.Cherchill bilan Jozef Chemberlen rahbarlik qilayotgan tori siyosati o‘rtasida ancha qarama-qarshiliklar borligini ochib berdi. Shuning uchun ham 1904 yili Cherchill quyi palataga saylovlarda liberallar partiyasidan ishtirok etdi.


Liberallar g‘alaba qilganlaridan so‘ng Kabinetda ishtirok etish haqida U. Cherchillga takliflar kela boshladi. Avvaliga unga mustamlaka ishlari bilan shug‘ullanuvchi ministrliklarga rahbarlik qilishni, keyin qirolichaning maxfiy maslahatchisi bo‘lishni taklif qilishdi. 1908 yili Genri Askvit premer-ministr bo‘lganida u Cherchill davlatning ichki savdosi va ichki ishlari bo‘yicha kengashni boshqardi. Bu lavozimlarda U. Cherchill keksalik nafaqalarini joriy etish, sog‘liqni va ish bilan ta’minlanganlikni sug‘urta qilish kabi dasturlarni amalga oshirdi.


Harbiy dengiz ministri bo‘lgan U.Cherchill (1911-1915) o‘zining harakatlarini Germaniya bilan bo‘lajak urushga Britaniya flotini tayyorlashga qaratdi. Ayni paytda Cherchillning sharqiy» strategiyasi muvaffaqiyatli bo‘lmadi: 1905 yilning yanvarida uning talabi bilan Gallipoli yarimorolini va Dardanellni egallash maqsadida o‘tkazilgan operatsiya barbod bo‘ldi, Britaniya kuchlari dengizda ham, quruqlikda ham sezilarli yo‘qotishlarga duch keldi. U.Cherchill Admiralteystvoni tark etishiga to‘gri keldi. 1917 yili Lloyd Jorjning taklifi bilan koalitsion hukumat tarkibiga kiritildi. 1918—1922 yillari harbiy va aviatsiya ministrliklarini boshqargan U.Cherchill o‘zini Sovet Rossiyasining e’tiqodli dushmani va u bilan kurashning ilhomchisi sifatida namoyon qildi.


Liberalizmning urushdan keyingi inqirozi, yangi siyosiy va xalqaro sharoitlar Cherchillni yana konservativ partiyaga qaytishga undadi. S. Bolduin hukumatida g‘aznachilik kansleri bo‘lgan U.Cherchill moliya doiralariga foydali bo‘lgan funt sterlingni oltinga tenglash siyosatini amalga oshirdi (1925). Keyinchalik, Hindistonga siyosiy yon berishlarga qarshi chiqib, u Bolduin va uning tarafdorlari bilan aloqani uzdi. 1931-1939 yillarda Cherchill konservatorlar rahbarligidan o‘zini chetroq tutib, oddiy parlament a’zosi bo‘ldi.


1930-yillar Cherchillning ijodi va omma oldida chiqishlari eng samarador bo‘lgan davr. Ana shu yillarda uning o‘ziga xos adabiy qobiliyati ham namoyon bo‘ldi. U o‘zining mashhur ajdodining hayoti shubhasiz bezab ko‘rsatilgan 6 tomlik «Malboro»ni yozdi (1933-1938). Uning «Fikrlar va boshdan o‘tganlar» asari, «Buyuk zamondoshlar» tarixiy portretlari (1939) keng kitobxonlar ommasining e’tiborini qozondi. Cherchillning «Angliya uxlab yotganida» (1938) va «Qadam-baqadam» kitoblarida jamlangan nutqlari va chiqishlari, to‘plamlari ham mashhur bo‘lib ketdi. Natsistlar reyxi qayta qurollanishining xavfliligi mavzusini rivojlantirgan va Germaniyani tinchlantirish siyosatini tanqid qilgan U.Cherchill fashistik Italiya va Yaponiyani chetlab o‘tardi.



Cherchillning siyosiy va harbiy faoliyatining gullab-yashnagan davri 1940 yilning 10 mayidan boshlangan. O‘shanda u milliy hukumat boshlig‘i va ayni vaqtda mudofaa ministri, quyi palata yetakchisi, yilning oxirida esa konservativ partiyaning rahbari ham bo‘ldi va o‘z qo‘llarida titlerchilar Germaniyasi bilan hal qiluvchi jang olib borishga mamlakatni safarbar qilishning barcha vositalarini jamlagandi. Angliya uchun eng qiyin bo‘lgan paytda (nemis qo‘shinlarining bostirib kirish xavfi bor edi) hokimiyat tepasiga kelgan Cherchill ahvolni tubdan o‘zgartirib yubora oldi — Buyuk Britaniya ham a’zo bo‘lgan g‘olibona koalitsiya Germaniyani tor-mor qiluvchi zarbalar berdi. Premer-ministr ko‘plab xalqaro konferensiyalarda ishtirok etdi, SSSR va AQSH rahbarlari bilan muzokaralar hamda yozishmalar olib bordi. 1942 yilning avgustida va 1944 yilning oktabrida u Moskvada I.Stalin bilan uchrashdi: F. Ruzvelt bilan uchrashish uchun bir necha marta Atlantika okeanidan samolyotda uchib o‘tdi. Cherchill dunyo taqdirini hal qiluvchi 1943 yilgi Tehron konferensiya



sida va 1945 yilgi Krim konferensiyasida, shuningdek, urushdan keyingi, 1945 yildagi Potsdam konferensiyasida ham faol ishtirok etdi. 8 may kuni aynan Cherchill vatandoshlariga Germaniyaning to‘liq va so‘zsiz taslim bo‘lganligini xabar qilgandi. Urush davrida va u tugaganidan keyin ham Cherchill Buyuk Britaniya Amerika bilan eng yaqin aloqada bo‘lishi zarurligini, dunyoning kelajagi uchun anglo-sakslarning alohida mas’ulligini isbot qilishdan charchamadi.


Uinston Cherchillning 1941 yil 22 iyun kuni kechqurun London radiosidan Sovet Ittifoqini yoqlab so‘zga chiqqanligi, 1942 yilning may oyida SSSR bilan ittifoqchilik shartnomasi tuzganligi va boshqa shu kabi qadamlari u umumiy dushmanga qarshi kurash jarayonida Britaniyaning davlat manfaatlarini to‘g‘ri tushunganligini ko‘rsatadi. Biroq Cherchillning «o‘zini chetga olish» siyosati — Farbiy Yevropada Ikkinchi front ochishni cho‘zishi, harbiy harakatlarning Urta dengizi atrofiga ko‘chirganligi, shuningdek, urushning oxirida SSSR ta’siri va uning manfaatlari doirasining o‘sishini cheklashga urinishlari ingliz-sovet munosabatlarini jiddiy tarzda murakkablashtirdi.


1945 yilning iyulidagi parlament saylovlarida leyboristlarning g‘alabasidan keyin U.Cherchill iste’foga chiqdi, lekin faol siyosiy faoliyatini to‘xtatmadi. 1946 yil 5 martda Fultonda (AQSH, Missuri shtati) so‘zga chiqib, u Farb demokratiyasini SSSR va jahon kommunizmi tomonidan kuchayib borayotgan xavf oldida birlashishga, ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlarning birodarlik uyushmasi»ni yaratishga chaqirdi.


Ikkinchi marta premer-ministr qilib saylanganidan (1951 y., oktabr) so‘ng, U.Cherchill Sharq bilan Farb o‘rtasida yadro quroli bo‘yicha kuchlarning yangi mutanosibligini to‘gri baholab, SSSRga tazyiq O‘tkazishning maqsadga muvofiqligiga shubha bildira boshladi. O‘zaro garbiy mudofaani birgalikda (unga Farbiy Germaniya kuchlarini ham qo‘shgan holda) rivojlantirish talabi endi uning diplomatiyasida SSSR bilan kelishish yo‘llarini izlash takliflari bilan qo‘shilib kelardi. 1953 yilning may oyida u quyi palatada o‘zining millatlar sammitini – oliy darajadagi konferensiyani tayyorlash va chaqirish fikrini e’lon qildi.


U.Cherchill ko‘plab milliy va chet el mukofotlarini, shu jumladan, alabiyot buyicha Nobel mukofotini ham olgan (1953), U. Cherchill olti jildli «Ikkinchi jahon urushi» (1948—1954), to‘rt jildli «Ingliz tilida gapiruvchi xalqar tarixi» (1956-1958) va boshqa asarlarning muallifi. Usha 1953 yilning o‘zida qirolicha Elizaveta II uni Buyuk Britaniyaning eng oliy ordeni — Podvyazka ordeni bilan taqdirladi, 1963 yili AQSHning faxriy fuqarosi bo‘ldi. U.Cherchillning tarixiy-adabiy merosi ulkan, unga bag‘ishlangan tadqiqotlar va publitsistik asarlar son-sanoqsiz.


Mag‘lubiyatning faqat bitta javobi bor va bu javob – g‘alaba. (Ser Uinston Cherchill)