Franklin Delano Ruzvelt haqida

(ROOSVELT, FRANKLIN DELANO) (30.01.1882, Hayd-Park, Nyu-York shtati – 12.04.1945, Uorm-Springs, Jorjiya shtati)


AQSHning 32-prezidenti. Xususiy o‘qituvchilar nazorati ostida boshlang‘ich ma’lumot oldi, ota-onasi bilan birga tez-tez Yevropada bo‘lardi. Grotonda imtiyozli tayyorlov maktabiga qatagan, Garvard universitetini tugatgandan keyin 1904 yilda NyuYorkka ko‘chib o‘tdi, u yerda Kolumbiya universitetining huquq maktabida o‘qidi. 1907 yili yuridik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini olish uchun imtihon topshirdi va Nyu-Yorkdagi mashhur yuridik firmaga xizmatga kirdi,

Franklin Delano Ruzvelt AQSHning XX asrdagi eng buyuk va qudratli siyosatchilaridan biri bo‘lgan. U urush davrining prezidenti edi. Sanoat inqilobi boshlanganidan buyon eng ogir iqtisodiy inqiroz, dunyo tarixidagi eng yirik urush unga tarixiy ulug‘vorlik uchun ikki karra imkoniyat berdi. O‘z vaqtida zamondoshlari uni nafaqat cheksiz hurmat, balki keskin tanqid ham qilardi. F. Ruzvelt prezidentlik davrining kattaligini hisobga olganda, uning obro‘si ortib borishiga uchta sabab bor Edi: birinchidan, tarixchi va siyosatchilarning yakdillik bilan ta’kidlashlaricha, «F.D.R.• hozirgi zamon amerikacha prezidentlik institutining asoschisi hisoblanadi. Ikkinchidan, prezidentlik lavozimini egallaganidan boshlab intervension davlatni va Vashingtondagi federal davlatni tartiblashtirib, to‘g‘rilab, rejalashtirib va boshqarib kelayotgan aralash iqtisod (mixed economy) amerikaliklarning kundalik hayotiga tegishli bo‘lib qoldi. Uchinchidan, u tashqi siyosatda bukilmas iroda bilan ko‘pchilik amerikaliklardan oldinroq nemis natsional-sotsializmi va italyan-fashizmining xavfini sezdi va ular da’vatiga qarshi turdi. 1940—1941 yillari Farb madaniyatining kelajagi qimorga tikilganida barcha demokratlarning umidi faqat ubo‘lgandi. Kuch bilan iste’dodning, asablar mustahkamligining va taktik nafosatning gayriodatiy birlashishi tufayli u AQSHning Farbiy yarimsharda yakkalanib qolishiga to‘sqinlik qildi. F. Ruzvelt Ikkinchi jahon urushining buyuk g‘olibi edi va u vafot etganida AQSH jahonning yangi buyuk mamlakatiga aylangandi. Hali o‘zining prezidentligiga qadar ham barchani o‘ziga ohanrabodek tortgan ajoyib, aqli o‘tkir va jozibador F. Ruzvelt o‘zining siyosiy izzat-nafsi yo‘lida ulardan foydalandi va hech kimga, hatto o‘zining xotiniga ham qalbidagi muqaddas tuygularini ochmadi.


Mamlakatning Grotondagi eng ajoyib xususiy maktablaridan biriga qatnaganidan keyin F. Ruzvelt 1900—1904 yillarda Garvard kollejida O‘qidi, keyin esa 1904—1907 yillari Kolumbiya universitetida huquqshunoslik fakulteti talabasi bo‘ldi. U o‘qishni akademik yakunlashdan voz kechdi, Nyu-Iork advokatlar palatasiga imtihon topshirdi va Nyu-Yorkdagi mashhur advokatlik idorasiga me’yoriy maosh to‘lanadigan shogird sifatida xizmatga kirdi. U iqtisodiy huquqning mayda-chuydalarini o‘rganish uchun o‘zida hech qanaqa moyillikni his qilmagani va moliyaviy ta’minlanishga hamda ijtimoiy tan olishga erishganligi uchun, uning yorqin ifodalangan shuhratparastligining yagona ob’ekti siyosat bo‘lib qoldi. 1913 yildan 1920 yilgacha V.Vilsonning kabinetida harbiy-dengiz floti ministrining yordamchisi lavozimini egalladi. 1914 yilda F. Ruzvelt NyuYork shtatidan Senatga nomzodi qo‘yilishiga erishdi, lekin saylovlarda mag‘lubiyatga uchradi. V. Vilson ma’muriyati bilan hamkorlik qilgani va Ruzveltlar oilasiga mansubligi 1920 yili demokratlarning uni prezidentlikka nomzod J. Koksning sherigi qilib ko‘rsatishga qaror qilinganliklarida o‘z rolini uynadi. Respublikachilar Garding va Kuliklar ishonarli galabaga erishgan bo‘lsalar ham. F.Ruzvelt butun mamlakat bo‘ylab muxim aloqalar o‘rnatdi va o‘z partiyasida yetakchi o‘rinni egalladi.


1921 yili poliomelit bilan kattik kasallanib kolganida ana shu o‘ziga ishonch va favkulodda intizom unga yordam berdi. Ko‘p yillar davomida katta gayrat bilan qilingan urinishlarga qaramasdan kasallik yengilmadi. F. Ruzvelt shol bo‘lib, nogironlar aravachasiga boglanib qoldi. O‘n funt ogirlikdagi gildiraklarning yordamisiz u o‘rnidan tura olmasdi, fakat qo‘ltiqtayoq yordamidagina asta-sekin va oz-ozdan harakat qilardi. U ich-ichida takdiridan kanchalar nolimasin, tashkarisida umid va ishonchga to‘liq bulgan nuksonsiz nikob kiyib olardi. U uziga har kanday hafsalasi pirligi haqidagi fikrni va o‘ziga achinishni, atrofdagilarga esa har qanday raxmdillik kilishni taqiqladi. Jismoniy imkoniyatlarining cheklanganligi uning qiziqishlari doirasini toraytirmadi. F. Ruzvelt Demokratik partiyaning siësiy arboblari bilan yozishmalar olib bordi va talbirkorlik faoliyati bilan shugullanishga erishdi. Partiyaning 1924-1928 yillardagi konventlarila u prezidentlik lavozimiga Nyu-York gubernatori A. Smitning nomzodini ko‘rsatdi. Keyin uning faoliyati Teodor Ruzveltning yulidan borishi lozim edi. Franklin va Eleonor uni ziyorat qilgani Ok uyga borganlarida Franklin o‘zi uchun xuddi Teodornikidek amal pillapoyalarining jadvalini tuzib olgan edi: harbiy dengiz floti ministri, davlat kotibi, Nyu-York shtati gubernatori, prezident.


1932 yilgi saylovlar amerikaliklarning mamlakat boshiga tushgan ofatga javobi buldi. Iqtisodiy inqiroz oqibatida ishsizlikka va qashshoklikka mahkum bo‘lgan garbiy hududlar aholisining noroziligi Respublikachilar partiyasini xokimiyatdan mahrum qildi. F. Ruzvelt G. Guverga berilgan 59 ovozga (faqat shimoli-sharqiy shtatlarda) qarshi 472 ovoz olib, 42 ta shtatda galaba kildi. G‘olibning ustunligi saylovchilarning 7 million ovozini tashkil etdi. Aynan hokimiyatga egalik kilishning dastlabki 100 kunida Oq uyning talabi bilan Kongress yangi yo‘nalish qonun loyixalarining asosiy kismini kabul kildi va bu muddatning oxiriga kelib Ruzvelt millatning haqiqiy yetakchisiga aylandi. U Amerika tarixida mislsiz bo‘lgan, tashabbuskorlari «Demokratik iqtisodiy va ijtimoiy tizim» deb atagan dasturning keng jamoatchilik tomonidan kullab-kuvvatlanishiga erishli. F. Ruzvelt o‘z ishini Amerika konstitutsion tizimi hatto kuchli prezidentlarga ham o‘rnatiladigan chegaralargacha olib bordi. O‘zga birorta ham prezident kilmagan ishni u qildi. Ya’ni, Kongressning konunchilik tashabbusini olib kuydi va ana shu ma’noda prezidentlik institutining qonunchilik vakolatini kengaytirdi. F. Ruzvelt veto’ huquqidan foydalanish bo‘yicha barcha rekordlarni yengib o‘tdi. Umumiy hisobda u 635 marta veto qo‘ydi. U obro‘li deputatlar va senatorlarni shaxsiy suhbatlarda silab-siylab ko‘ndirishga urinar va mansab homiyligi imkoniyatlaridan foydalanar va agar lozim bo‘lsa, jamoatchilik fikri yordamida Kongressga tazyiq ham o‘tkazardi. F. Ruzvelt jamoatchilikning umidlarini prezident institutida jamladi, ommaviy axborotning har ikkala vositasidan – matbuot va radiodan misli ko‘rilmagan tarzda o‘z siyosatining quroli sifatida foydalana oldi. F. Ruzvelt axborot vositalarining birinchi prezidenti bo‘lgan. Vashingtonda ishlayotgan jurnalistlarga nisbatan o‘zining ochiq eshiklaro mustaqil siyosati oqibatida yirik gazeta sarlavhalaridan nomi tushmasdi. Oyoqlari shol bo‘lib qolgan prezident haftasiga ikki marta o‘z yozuv stoli atrofiga 200 tagacha jurnalistlarni to‘plardi. Ular oldindan beriladigan yozma talabnomalarsiz istagan savollarini berishlari mumkin edi. Bu konferensiyalar erkin matbuot bilan muomala qilishning oliy namunasi bo‘lib qoldi.


F. Ruzvelt Buyuk depressiya natijasida xonavayron bo‘lgan millionlab amerikaliklarni g‘ariblik hamda umidsizlikdan asrashni xohlardi. Agar ularning qatoriga oila a’zolarini ham qo‘shsak, unda 20-30 million odam davlat ishidan olinadigan, kamtarona bo‘lsa ham, maosh bilan kun ko‘rardi. F. Ruzveltning ishonchli odami Garri Xopkins rahbarligidagi ma’muriyat 120000 ta jamoatchilik binolarini, 664000 mil yangi yo‘llarni, 77000 ko‘prikni va 285 ta aeroportni qurdi. Hatto o‘qituvchilar, rassomlar va yozuvchilar ham ishga ega bo‘ldilar, bu bilan F. Ruzvelt o‘z «Yangi yo‘nalishi uchun shakllanayotgan ijtimoiy qatlamning fikrini egallab oldi. AQSH tarixida birinchi marta ishchilar sinfi korxonadan ustun turuvchi erkin tashkilot va tariflar bo‘yicha muzokaralar olib borish huquqini oldi. Bundan keyin eng ko‘p ish kuni va kam ish haqi borasida kelishuvga erishildi, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mehnati man etildi. Yangi yo‘nalish qanchalar muvaffaqiyatli bo‘lganligi haqidagi masala hozircha ham bahsli hisoblanadi. Yangi yo‘nalish ishsizlikni va muhtojlikni yumshatganligi, lekin yo‘q qila olmaganligi to‘g‘ri, ijtimoiy-siyosiy qonunlar esa kamtarona boshlanishdan nariga o‘tmaganligi ham to‘g‘ri. Faqat urushtufayli to‘liq ta’minlanganlik va barcha rekordlardan oshib tushadigan ishlab chiqarishga erishildi. Aholining uyushmagan qismi va qora tanlilar yangi yo‘nalish» chegarasining narigi tarafida qoldi, imkoniyatlar va daromallar juda kam o‘zgardi, monopoliyalar va konsernlarning ta’siri kamaydi, lekin to‘liq yo‘qolmadi. «Yangi yo‘nalish»ning chegaralarini hech kim Ruzveltlan yaxshiroq bilmas edi, axir u o‘zining ikkinchi muddatida millatning uchdan birining qashshoqligiga qarshi kurash e’lon qildi. U erishmagan narsalar unga emas, AQSHning siyosiy-iqtisodiy tizimi, hatto kuchli prezidentlarning ham yo‘llariga qo‘yadigan o‘tib bo‘lmas to‘siqlarga bog‘liq edi. Uning ikkita ogir ichki siyosiy mag‘lubiyatlari yangi yo‘nalish»ning markazlashtiruvchi harakatlariga qarshilik qilgan Oliy sudni qaytadan tashkil qilishga urinish va 1936 yilgi saylovlardagi buyuk g‘alabadan keyin konservativ muxolifatni partiyadan chiqarish bunga yorqin namuna bo‘la oladi. F. Ruzveltning fikriga ko‘ra, «Yangi yo‘nalishni ta’minlash va olg‘a siljish uchun lozim bo‘lgan har ikkala urinish muvaffaqiyat qozonmadi, chunki u prezidentlik hokimiyatining imkonyatlarini yuqoriroq baholagan edi. Eng muhimi shunda ediki, F. Ruzvelt ruhi tushgan, o‘ziga ishonchini yo‘qotayozgan va aniq maqsadga ega bo‘lmagan millatga yangidan umid baxsh eta oldi.


Prezidentning tashqi siyosiy yo‘nalishi Kongressda uning mamlakat ichkarisidagi siyosatidan ancha keyinroq tan olindi. Faqat Lotin Amerikasi mamlakatlari bundan mustasno edi. AQSH chegaralaridan janubda joylashgan mamlakatlar bilan munosabatlarini esa yaxshilash bo‘yicha prezident Gerbert Guver boshlagan ishlarni rivojlantirgan Ruzvelt yaxshi qo‘shnichilik siyosatini e’lon qildi. Davlat kotibi K. Xallning va uning yordamchisi (keyinchalik O‘rinbosari) s. Uelslarning yordamida Lotin Amerikasi mamlakatlarining ishlariga aralashish to‘xtatildi. 1933 yili Kuba va Panama bilan AQSHning protektoratligi mavqeini o‘zgartiruvchi yangi shartnomalarning matnlari ishlab chiqildi. Gaitidan dengiz piyoda qo‘shinlarining qismlarini olib chiqdi. Monro doktrinasi AQSHning bir tomonlama siyosatidan butun G‘arbiy yarimshar uchun ko‘p tomonlama siyosatga aylandi. F. Ruzvelt 1933 yildan Oq uy minbaridan jamoatchilik fikriga ta’sir qilish uchun foydalandi. Uzining matbuot konferensiyalaridagi nutqlari bilan u asta-sekin jamoatchilikni Germaniya, Italiya va Yaponiya AQSHning xavfsizligiga rahna solib turganligiga ishontirdi. 1934 yilning oktabrida, Yaponiya Shimoliy Xitoyga hujum qilganidan so‘ng, F. Ruzvelt bosqinchi davlatlarga nisbatan choralar ko‘rilishi lozimligini talab qildi. Biroq jamoatchilik salbiy munosabatda bo‘ldi va prezident mamlakatni yana izolyatsionizm siyosatidan kollektiv xavfsizlik siyosatiga o‘tishning muhimligiga ishontirishiga to‘g‘ri keldi. Bu orada 1938—1939 yillari u armiya va flot uchun moliyalashtirishning oshirilishiga erishdi. 1941 yilning 7 dekabrida yaponiyaliklar AQSHning Pyorl-Xarbordagi qurolli kuchlariga zarba berganlarida ham muzokaralar davom ettirildi. 4 kundan keyin, 1941 YILNING 11 dekabrida Germaniya va Italiya AQSHga urush e’lon qildi. AQSHning urushga kirishi bilan 61 yoshli F. Ruzveltning oldida bir qancha jiddiy masalalar ko‘ndalang bo‘ldi. Bu masalalar uni shunchalar charchatdiki, 1944 yilga borib, uning jismonan toliqqanligi yaqqol ko‘zga tashlanardi. Buning ustiga Ruzvelt barcha muammolarni jamoatchilik oldida muttasil o‘zini oqlash bilan hal qilishiga to‘g‘ri keldi. Jamoatchilikning fikri, Kongress, partiya, siyosiy qarama-qarshiliklar, demokratlar va respublikachilarning raqobatchilik muammolari. Nihoyat, 1944 yilgi prezidentlik saylovlari, bularning hammasi F. Ruzvelt o‘z ishida ham, so‘zida ham hisobga olishi lozim bo‘lgan omillar bo‘lib keldi. Bu jihatdan u Uinston Cherchilldan ko‘ra erksizroq edi, Stalin va Gitler haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.


Oxir-oqibatda 1943 yilning avgustidagi Kvebek konferensiyasida Inglizlar Yevropaga Normandiya orqali bostirib kirish, Italiyadagi va O‘rta Yer dengizidagi harbiy harakatlardan muhimroq ekanligiga qo‘shilishga majbur bo‘ldilar. Har ikkala garblik yo‘lboshchilar Stalin bilan 1943 yili Tehron konferensiyasida va 1945 yil fevralda Yaltada uchrashdilar. Yaltala sovetlar BMTni tashkil qilish bo‘yicha San-Fransiskodagi konferensiyada qatnashishga rozi bo‘ldilar va F.Ruzveltning qat’iy — ligi sabab o‘zlarining bir qator talabalaridan voz kechdilar. Shubha yo‘qki, F. Ruzvelt SSSR bilan urushdan keyingi hamkorlikning imkoniyatlarini oshirib baholab yuborgan. Uning, mustahkam chegaralar va samarali ishlayotgan xalqaro tashkilotga a’zolik ruslarning yangi hududlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqini so‘ndiradi, degan umidlari o‘zini oqlamadi.


1944 yilgi qayta saylash kampaniyasi davomida u va vitse-prezidentlikka nomzod Missurilik senator G. Trumen Nyu-Iork gubernatori t. Dyui va ogayo gubernatori J. Brikerni mag‘lubiyatga uchratganlarida F. Ruzveltning sog‘ligi butun mamlakatni tashvishga solayotgan edi. Yaltadan qaytib kelganidan so‘ng F.Ruzvelt Kongressda chiqish qildi, aprelning boshida esa Uorm-Springsra (Jorjiya shtati) dam olishga ketdi.

F. Ruzvelt 1945 yil 12 aprel kuni Uorm-Springsda vafot etdi.

U AQSH prezidenti lavozimini ketma-ket to‘rt marta egallagan mamlakat tarixidagi yagona shaxs. Amerika xalqi F. Ruzveltning buyuk mamlakatni yaratishdagi xizmatlarini yuqori baholab, uni J. Vashington, A. Linkoln kabi prezidentlar qatoriga qo‘yishadi.

Biz istaymizki butun dunyo to‘rtta eng muhim erkinlik prinsipiga amal qilsin. Birinchisi – butun dunyoda so‘z va o‘zini ifoda qilish erkinligi. Ikkinchisi – butun dunyoda har bir kishining Xudoga o‘zi qanday xohlasa shunday e’tiqod qilish erkinligi. Uchinchisi – muhtojlikdan ozod bo‘lish erkinligi. To‘rtinchisi – Qo‘rqinchdan xalos bo‘lish erkinligi. (Franklin Delano Ruzvelt)