Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qiziqarli malumotlar

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.


Bobur haqida ingliz olimi Uilyam Erskin shunday degan edi: «Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi». Bobur Mirzo tavalludi arafasida buyuk olim va sarkarda haqida qiziqarli faktlar va malumotlarni yodingizga solamiz.


1 — Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.

2 — Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda dunyoga kelgan. Ota tomondan Sohibqiron Amir Temurga 5-avlod hisoblanadi.

3 — Otasi Umarshayx Mirzo baxtsiz hodisa tufayli olamdan o’tgach, 12 yoshli Bobur Farg’ona taxtiga o’tirgan.

4 — Bobur Afg‘onistonda «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etgan.

5 — Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi Bobur boshchilidagi hukmron sinf Hindistonga kirib borganda uning tomonidan tashkil etilgan. Imperiya 16-asrning o‘rtalaridan 18-asr o‘rtalariga qadar ancha vaqt mavjud bo’lib, hozirgi Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Afg‘onistonning janubi-sharqiy hududlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Shunisi e‘tiborga loyiqki, na Bobur, na Imperiya avlodlari o‘zlarini bunday deb nomlashgan. Bu nom ingliz mustamlakachilari tomonidan berilgan. Shimoliy Hindiston va Markaziy Osiyodagi musulmon aholini shunday atashgan.

6 — Bobur – buyuk sarkarda Amir Temurning avlodidan.



7 — Bobur Andijonda tug‘ilib o‘sgan, shuning uchun bu yerda uning nomi bilan ko‘p narsa bog‘langan. Bu yerda Bobur nomidagi maydon bor, unda baland postamentda qizil granit haykal o‘rnatilgan. Shuningdek, shaharda Bobur kutubxonasi va Milliy bog’ga tashrif buyurish mumkin. Toshkentda «Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i» bor. «Yashil» bog‘da sayr qilish, stol tennisi o‘ynash, qahvaxonada o‘tirish, qayiqda suzish va shunchaki kapalak shaklidagi ko‘ldan zavqlanish mumkin.
8 — Gulbadanbegim – Boburning kenja qizi va Islom sharqidagi yagona tarixchi ayol. «Humoyunnoma» asarida o‘z davrining tarixiga oid muhim materiallar, shuningdek, taniqli otasining xotiralari aks ettirilgan.

9 — Bobur – 300 yil yashagan, buyuk mangollar sulolasining asoschisi.

10 — Bobur 4 o’g’il farzand ko’rgan: Humoyun Mirzo, Komron Mirzo, Askariy Mirzo, Hindol Mirzo. Biroq afsonalarda uning yana bir o’g’li bo’lgani aytiladi. Oltin beshikka solib tashlab ketilgan chaqaloqni ming urug’i oqsoqoli topib olib, voyaga yetkazadi. Ushbu «Oltin Beshik» afsonasi Qo’qon xonligi taxtini ming urug’i vakillari egallashi uchun asos bo’lgan.

11 — Bobur yo’lida uchragan har qanday daryoni suzib o’tar edi. Ikki marta Ganga daryosini suzib o’tgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur Agrada vafot etgan

12 — Bobur Agrada vafot etgan va bo’lajak Toj Mahal qarshisida dafn etilgan. Keyinroq o’zining vasiyatiga ko’ra qabri Kobulga, Bog’i Boburiyga ko’chirilgan.

13 — Otasining fojiali o’limidan so’ng, 12 yoshlik davrida u yangi xukmdor bo’ladi va Movarounnahr saltanati uchun kurasha boshlaydi.

14 — Panjob hududlari qadimda Amir Temur davlati tarkibiga kirgani hisobga olinsa, Bobur Hindistonning butkul qonuniy hukmdori edi.

15 — Bobur juda kuchli va baquvvat inson bo’lgan. Ikki yelkasida ikki odamni ko’tarib, qal’a devorlari ustida mashq qilgani aytiladi.



16 — Bobur asos solgan boburiylar sulolasi Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan.
17 — Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Kobulda tug‘ilgan.

18 — 1494 yili otasining o‘limidan so‘ng 12 yoshida Farg‘ona hokimi etib tayinlangan.

19 — Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

20 — Bobur 1526 yil aprelda (43 yoshida) Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning yuz ming kishilik qo‘shinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi.

21 — Yorqin siyosiy faoliyatidan tashqari, Bobur o’zining sheriy istedodi bilan ham mashhur bo’lgan. Buburning ruboiylari o’zining chiroyi va yengil bo’g’ini bilan maftun qiladi. Hayot, do’stlik va sevgi haqida – ular hozirgi kunda ham aktual.

22 — «Boburnoma» – Boburning tarixiy asaridir. Asar haqli ravishda «turkiy nasrning eng yaxshi asari» deb nomlangan. Ushbu kitob tarixiy yozuvlarning qisqa ma’lumoti emas. Asarda Boburning faoliyati, uning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz harbiy yurishlari, boy sarguzasht hayotining barcha voqealari tasvirlangan. Bugungi kunga qadar «Boburnoma» dunyoning 31 tiliga tarjima qilingan.

23 — Zahiriddin Boburning «Boburnoma» asariga qadar Hindiston hech qachon bunchalik chuqur o‘rganilmagan va u hind olimlariga mamlakat tarixini o‘rganishga katta yordam bergan.

Tojmahal Muhammad Boburning nabirasi tomonidan barpo etilgan

24 — Hindistonning mashhur ramzi – Tojmahal masjid-maqbarasi XVII asrda Boburning nabirasi Shohjahon tomonidan qurilgan. Ushbu ulug‘vor yodgorlikni Boburiylar sulolasining avlodi qurgani, u shunday inshoot qurilishi orqali o‘z nomini abadiylashtirgani haqida kamdan-kam odam biladi.


25 — Bobur Hindistonda 3 asrdan ortiq hukm surgan imperiyaga asos solgan. Bu davlat Hindiston tarixida eng uzoq yashagan davlat hisoblanadi.

26 — 1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qo‘lga kiritgandan so‘ng, Bobur janubga qarab yo‘l oldi va Kobul ulusida o‘z hokimiyatini o‘rnatgan.

27 — Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494 yil iyun).


28 — «Boburnoma» voqealari Andijon, Samarqand, Xo‘jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Unda O‘rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo‘lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.

29 — 1526 yil aprelida Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo‘di bilan va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo‘lgan janglarda Boburning qo‘li baland kelgan.

30 — Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.

31 — Bobur o‘z davrining taniqli shoir va yozuvchilari bilan xat va she’rlar almashgan. Bir kuni u buyuk Alisher Navoiyga she’rlarini yubordi va uning ijodi haqidagi ma’qullagan sharhlarini oldi. Keyinchalik «Boburnoma»da Bobur Alisher Navoiyni tengi yo‘q shaxs sifatida tilga olib, uni ilm va san’at odamlarining homiysi deb ataydi.

32 — Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan «Boburiylar sulolasi»ning «Buyuk mo‘g‘ullar» nomi bilan atalishi Ovro‘po tarixchilarining xatosidir.

33 — Bobur so’zi fors tilidan olingan bo’lib, «she’r, yo’lbars» degan ma’noni anglatadi.


34 — Boburning «Mubayyin» asari masnaviy tarzida yozilgan bo‘lib, Islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag‘ishlangan.

Boburiylar sulolasi haqida haqiqatga yaqin 10 dalil

1 — Bahodir Shoh Zafarning 4 xotini va kanizaklaridan 22 o‘g‘li, 32 ta qizi bo‘lgan. Ularning avlodlari bugun Hindiston, Pokiston, Birma va AQShda istiqomat qilishmoqda.

2 — Adabiyot va san’at Boburiy hukmdorlar davrida uyg‘un holda, yuksakka ko‘tarildi. Ayniqsa, bobolaridan keyin Akbar, Shoh Jahon va Jahongir shohlarning e’tibori tufayli Hamzanoma, Nizomiy «Xamsa»si, Darabnoma kabi asarlar uchun suratlar ishlangan.

3 — Bahodir Shoh II yoki Bahodir Shoh Zafar – so‘nggi Boburiy hukmdordir. Bobosi Mirzo Bobur kabi, shoh va shoir. U 1857 yilda saroydan qochib, aholining inglizlarga qarshi qo‘zg‘oloniga boshchilik qiladi. 1858 yilda sud hukmi bilan Birmaning Rangun shahriga surgun qilinadi.


4 — Inshootlar orasida eng jozibalisi – bu Toj Mahal. Sevikli yori Mumtoz Mahal sharafiga bunyod etilgan maqbarani qurish uchun Samarqand, Eron ustalari olib kelingan. Bugun Hindistonga bu me’moriy mo’jizani ko‘rish uchun har yili 4 million nafar sayyoh keladi.

5 — Shoh Avrangzeb davrida Hindiston aholisining deyarli barchasi sulola hukmronligini his qildi. Podshohlik chegarasi Afg‘onistondan Hindistonning janubiy viloyatlariga, Hind ummoni yaqinigacha o‘rnatilgan.

6 — Avrangzeb davrida erishilgan ulkan hudud o‘z navbatida podshohlik armiyasining mustahkamligiga ham jiddiy zarar yetkazgan. Natijada, mamlakat janubida o‘zini qirol deb e’lon qilgan sarkardalar tomonidan qo‘zg‘olonlar ko‘tarilgan.

7 — Zahiriddin Bobur Dehlini egallagach, saroy g‘aznasini go‘zal inshootlar barpo etishga sarfladi. Bu odat har bir Boburiy hukmdorning fazilatiga aylandi. Natijada, Toj Mahal, Jome’ Masjid, Qizil saroy, Humoyun maqbarasi kabi binolar, bog‘-rog‘lar yaratildi.

8 — Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi nomi bilan tarixga kirgan sulolaning 5 vakili – Zahiriddin Bobur, shoh Humoyun, Jahongir Mirzo, Shoh Jahon va Avrangzeb davrida imperiya har jihatdan rivoj topdi. Bahodir Shoh II sulolaning so‘nggi podshohi bo‘lgan.


9 — Mirzo Bobur sulolaning asoschisi bo‘lib, uning kelib chiqishi Amir Temur va Chingiz Xonga bog‘lanadi. 1526 yil bo‘lgan Panipat jangidan keyin Bobur Mirzo Hindistoning shimoliy hududlarida mutloq hukmdorlik o‘rnatadi.

10 — Sulola asosan forsiy va turkiyni davlat tiliga ko‘targan. Keyinchalik fors, turk va arab tillari qorishmasidan urdu tili paydo bo‘lgan.

Manba: uzbaza.uz