Barak Obama haqida

#Barak_Obama


Siz yuqorida koʻrib turgan inson AQShʼning 44-prezidenti Barak Obama hisoblanadi. Uning boyligi hozirda 70 million AQSh dollarini tashkil qilmoqda (https://www.celebritynetworth.com/richest-politicians/presidents/barack-obama-net-worth/). U AQShʼning afrikalik va amerikalik boʻlgan birinchi prezidenti hisoblanadi.


Barak Huseyn Obama II — siyosatchi va huquqshunos 1961-yilning 4-avgustida AQShʼning Gavayi shtatida tugʻilgan. Demokratik partiya aʼzosi Barak Obama 2009-yildan 2017-yilgacha AQSh davlatini boshqargan.


2017-yil 20-yanvarda esa Barak Obama oʻrnini Donald Tramp tortib olgan (https://en.m.wikipedia.org/wiki/Presidency_of_Donald_Trump). Huddi oʻsha 20-yanvar sanasi 2021-yilda esa Donald Trampʼdan Barak Obamaʼning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden AQSh prezidentlik saylovida rekord qoʻyib (https://www.cbsnews.com/news/joe-biden-popular-vote-record-barack-obama-us-presidential-election-donald-trump/), undan prezidentlikni tortib oldi (https://en.m.wikipedia.org/wiki/Presidency_of_Joe_Biden).


Amerika tarixida yaxshi Prezident deya (https://blogs.lse.ac.uk/usappblog/2019/04/30/obamas-legacy-is-as-a-disappointingly-conventional-president/) tasavvur qilinuvchi, iqtisodchining farzandi Barak Obama hozirda 59 yoshda. U bir ayolning umr yoʻldoshi va ikki qizning otasi hisoblanadi.


— Amerikaliklar bizga havas qilsa arziydi. Bizda ularga oʻxshab har 4-8 yil deganda Prezident almashmaydi.