Odri Xepbern haqida
Britaniyalik mashhur aktrisa, fotomodel va gumanitar arbob Odri Xepbern 1929 yilning 4 may kuni Iksel shahrida dunyoga kelgan. Tug‘ilganda unga Odri Ketlin Raston ismi berilgan. U bankir va baronessa oilasida katta bo‘lgan. Keyinroq otasi o‘z ismiga Xepbernni qo‘shib olgan va shu tariqa bo‘lajak aktrisa Odri Xepbern Raston nomini olgan.
6 yoshligida ota-onasi ajrashgach, u onasi bilan Niderlandiyada yashagan. Maktab davri nemis fashistlari egallab olgan Arnem shahrida o‘tgan. Nemislar yurishidan so‘ng Odri o‘ziga Edda vann Xeyemstra tahallusini oladi, sababi inglizcha ismi u uchun xavf tug‘dirar edi.
Urush davrida Odri ochlikni boshidan o‘tkazadi. Be esa unda butun umrlik kamqonlik, nafas yo‘llari kasalliklari va depressiya kabi asoratlarni qoldiradi. Urush tugagach, doimo san’atga qiziqib kelgan Odri Arnem konservatoriyasida o‘qiydi va Amsterdamga ko‘chib o‘tadi. U onasi bilan urush qatnashchilarining uylarida hamshiralik qiladi. 1946 yildan boshlab Odri asosiy ishi bilan birga baletni o‘rgana boshlaydi, keyinroq mashhur pedagoglardan raqs san’atini o‘rganadi. U balet bilan juda ko‘p shug‘ullanadi, ammo uncha uzun bo‘lmagan bo‘yi va kasalliklari sabab balerina bo‘la olmaydi.
Bu davrda uning onasi oilasini boqish uchun har qanday qora ishga rozi bo‘ladi, Odri esa o‘zi uchun mustaqil ishlashga majbur edi va aktrisalik bu yo‘ldagi eng to‘g‘ri qaror bo‘lib chiqadi.
1
Debyut
1948 yilda aktrisa o‘zining ilk rolini «Golland tilini yetti darsda o‘rganish» nomli o‘quv filmida o‘ynaydi. Uning badiiy filmdagi o‘z ilk rolini «Yovvoyi suli doni» (1951) filmida ijro etadi. Ikki yil davomida aktrisa kichik rollarni o‘ynab keladi. Ilk katta roli unga 1952 yilda «Maxfiy odamlar» filmida nasib etadi.
2
Rim ta’tillari
Eng katta muvaffaqiyat unga «Rim ta’tillari» (1953) filmidan so‘ng keladi. Ushbu roli uchun aktrisa «Oskar» mukofotiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari film «Oltin globus» va «BAFTA» mukofotlarini ham oladi.
Omadli roldan so‘ng rejissyor unga yana uchta har xil janrdagi filmlarida rol beradi: «Sabrina» (1954), «Bolalar soati», «Qanday qilib million o‘g‘irlash mumkin» (1966). Uning yana bir asosiy roli «Tiffaninikidagi nonushta» filmida bo‘ldi. Xolli Golaytli obrazi va uning kichkina qora ko‘ylagi bir necha o‘n yildirki mashhurlikni yo‘qotgani yo‘q.
U turli myuzikllarda ham ko‘p rollarni ijro etgan. Xepbernning aktrisalik faoliyati 1967 yilga qadar juda jo‘shqin bo‘ladi, ammo shu yildan boshlab u uzoq tanaffus qiladi. 1976 yilda u yana ekranlarga qaytadi va katta yoshdagi qahramonlar rolini o‘ynay boshlaydi. Uning eng so‘nggi ishi Stiven Spilbergning «Doimo» (1989) filmi bo‘ladi.
3
Ijtimoiy faoliyat
Aktrisalik faoliyatini yakunlagach, Odri YUNISЕFning maxsus elchisi etib tayinlanadi. U nemislar bosqinidan so‘ng qutqarilgach, fond oldida doim o‘zini qarzdor his etardi. O‘zining so‘nggi yillarini u kambag‘al davlatlarda yashayotgan bolalar hayotini yaxshilashga sarflaydi. 1992 yilda Odri YUNISЕFdagi faoliyati uchun Prezident medaliga sazovor bo‘ladi.