Kapalagining uzunligi 8-10 mm boʼlib, qanotlari sariq-kulrang, yaltiroq, yuza qismida qora dogʼlar joylashgan. Urgʼochi kapalak oʼsimlik bargining ostki, ustki va oʼsuv nuqtalariga 260 tagacha tuxum qoʼyadi. Qurti oqish-kulrang tusda boʼladi.
Oʼsimlikka pomidor kuyasining asosan qurtlari ziyon keltiradi. Bargning parenxima toʼqimalari bilan oziqlanadi. Pomidor kuyasi oʼsimlikning koʼchat davrida tushsa, gullashgacha yetmasdan, oʼsimlik nobud boʼladi. Meva tugish paytidan boshlab zararlangan oʼsimlikning hosildorligi 60 foizgacha nobud boʼladi, kuchli zararlangan maydonlardagi ekinlar butunlay qurib qoladi.
Simqurtlar va ularga qarshi kurash choralari
Olma va nokning Kalmaraz (Parsha)kasalligi
Kurash choralari:
Pomidor va kartoshka kuyasiga qarshi yuqori sifatli VIPROKLEM 15% (Emomektin benzoat 100g/kg +Аbamektin 50 g/kg) hamda VIRELL-D 55% (Tsipermetrin 50g/l+Xlorpirifos 500g/l), KORATEK PLYUS 10%(Lyambda-tsigalotrin 100g/l), VILUCHO 35% (Imidakloprid 350g/l) vositalari yaxshi samara bilan qoʼllanilmoqda. Shu bilan birga oʼsimlikdagi shira, trips, bargxoʼr va mevaxoʼr qurtlarga katta ziyon keltiriladi.