Qulupnay (ertut) – raʼnoguldoshlar oilasiga mansub koʼp yillik oʼtsimon oʼsimliklar turkumiga kiradigan rezavor ekin.
Yevrosiyo va Аmerikada 50 turi maʼlum. Аsosan bogʼ qulupnay turi, shuningdek: oʼrmon qulupnayi, muskat taʼmli qulupnay, virginiya qulupnayi va chili qulupnaylari ekiladi.
Qulupnayning birinchi navlari 18-asrda Niderlandiyada paydo boʼlgan. Аmerikadan 2 turi – Virginiya va Chili qulupnayi Yevropaga olib kelingan.
Qulupnay yer sharining turli iqlimli mintaqalarida – qutb doirasidan to subtropiklargacha oʼstiriladi.
Oʼzbekistonda koʼproq bogʼ qulupnayi turi ekiladi. Ildizi popuk ildiz. Tupi oʼrtacha shoxlangan, boʼyi 10 sm gacha balandlikda boʼladi. Barglari yuraksimon, gullari qalqonsimon toʼpgulga yigʼilgan. 2 jinsli oq yoki oqish-sariq, oʼzidan changlanadi. May-iyunda pishadi.
Qulupnay mevasi toʼq qizil, baʼzan naviga qarab oq (oqpar), 3-5 g dan 20-40 g gacha ogʼirlikda boʼladi. Tarkibida 80-90% suv, 7-11% qand, 0,8-1,6% kislota, 1-1,7% pektin, 0,9-1,2% azotli moddalar, shuningdek, kletchatka, kul, А, V, S vitaminlari va boshqalar bor.
Qulupnay
Yangiligida yeyiladi, kompot, murabbo qilinadi, sharbat tayyorlanadi. Qulupnay sernam tuproqni yoqtiradi, yorugʼ-sevar (soya joyda hosil bermaydi), sovuqqa chidamsiz oʼsimlik.
Bir yerda 4-5 yil oʼstiriladi. 3 yilgacha yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 80-100 s/ga. Аsosan, iyul-avgust oylarida ildiz otib, barg yozgan gajaklari qator orasi 80 sm, tup orasi 25 sm yoki 70×70 sm sxemada koʼchat qilib ekiladi (kuzda va bahorda ham ekish mumkin, bunda kechroq hosilga kiradi).
Yaxshi koʼchat ikki yillik qulupnayzordan olinadi. Qulupnayzor bahorda, oʼsuv davrida mahalliy va mineral oʼgʼitlar bilan oziqlantiriladi, qator oralari yumshatiladi, sugʼoriladi.
Rediskaning achchiq boʼlib qolishi sababi nimada? Ichi gʼovak boʼlib qolishi sababichi?
Pomidor kuyasi va unga qarshi kurashish choralari
Kartoshka ekish uchun yer qanday tayyorlanadi?
Simqurtlar va ularga qarshi kurash choralari
Oʼzbekistonda qulupnayning Zenga-Zengana, Kulver, Dilbar, Muto, Toshkent, Shreder xotirasi, Oʼzbekiston navlari ekiladi.
Аsosiy zararkunandalari: qulupnay kanasi, malina va qulupnay uzunburuni.
Qulupnay Oʼzbekistonda yetishtiriladigan rezavor mevalar ichida birinchi oʼrinda turadi.
Mevasining mazasi, parhez uchun isteʼmol qilinishi, texnologik sifati va rangining chiroyliligi jihatdan yuqori baholanadi.