Аhamiyati va Urugʼ tanlash.
Sholgʼom ildizmevasi xomligicha, qovurilgan, dimlangan va qiymalangan holda isteʼmol etiladi, shuningdek chorvaga beriladi. U uglevodlar, oqsillar, vitaminlar va mineral tuzlarga nihoyatda boy.
Ekiladigan sholgʼom urugʼi toza, yuqori unuvchan, kasallikdan xoli, oʼrtacha kattalikda, butun va toʼla boʼlishi zarur. Urugʼlar boshqa oʼsimliklar urugʼlari va aralashmalaridan tozalanadi.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar
Namangan mahalliysi, Samarqand mahalliysi, Muyassar navlari ekiladi.
Шолғом этиштиришга оид маълумотлар
Yer tayyorlash.
Sholgʼom ekiladigan maydonlar oʼtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʼtlardan yaxshilab tozalanadi. 1 sotix yerga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan goʼng solinadi. Tuproq 20–25 sm chuqurlikda chirigan goʼng va mineral oʼgʼitlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sugʼorish egatlari olinadi.
Ekish muddati va sxemasi.
Sholgʼom asosan yozda ekiladi. Sholgʼom urugʼi markaziy mintaqa va vodiy hududlarida 1–15 avgustda, shimoliy hududlarda 25 iyul–10 avgust, janubiy mintaqalarda 20 avgust–20 sentyabrda sepiladi. Shu bilan birga erta hosil olish uchun sholgʼom urugʼini fevral oyining oxirlarida sochma hamda uch-qator (lentasimon) qilib ekish mumkin.
Har ikki usulda ham egat orasi 70 sm olinadi. Urugʼ qoʼlda sepiladi. Har 1 sotix yerga 25–30 g sholgʼom urugʼi sarflanib, 1,5 sm chuqurlikka ekiladi. Tuproq xaskash bilan tirmalanib urugʼlar koʼmiladi.
DIQQАT! Sholgʼom, rediska, turp, sabzi, koʼkatlar, bodring, pomidor, baqlajon, qalampir, osh lavlagi, piyoz ekinlarining mayda urugʼlarini suvda namlab, kul, qum yoki quruq goʼng bilan aralashtiring, yaʼni gʼoʼlaklang. Gʼoʼlaklangan urugʼlar yaxshi sochiladi, tuproq yuzasiga bir tekis tushadi, sarfi esa kamayadi.
Parvarishlash.
Nihollar unib chiqqandan soʼng tezda oʼtoq va yagana qilinadi. Birinchi yagana urugʼ yerdan unib chiqishi bilan, ikkinchisi 2–3 barg chiqargandan keyin oʼtkaziladi. Bunda tup orasi 10–12 sm kenglikda qoldiriladi. Qator oralarini va oʼsimlik atrofini qoʼlda yoki kichik ketmon bilan 15–16 sm chuqurlikda yumshatib turish lozim. suv berib borish kerak. Oʼsuv davri mobaynida 10-12 marta sugʼoriladi. Xar ikki-uch sugʼorishdan soʼng qator oralari yumshatilib begona oʼtdan tozalanadi.
Oʼgʼitlash.
Sholgʼom ekilgan maydon begona oʼtlardan tozalanib, yagana qilingandan soʼng oʼgʼitlanadi. Bunda 1 sotixga sof holda sulьfat ammoniy – 2 kg, ammofos – 1,5 kg, kaliy xlor – 0,5 kg meʼyorda solinadi.
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Zararkunandalardan uzunburun, shira, barg burgalari, kasalliklardan un-shudring va oq chirish koʼp kuzatiladi. Zararkunandalarga qarshi 10 sotix maydonga – DVА-trin 10% em.k. 40 ml, Mospilan 20% n.kuk. 25–30 g meʼyorda qoʼllaniladi. Kasalliklarga qarshi –Previkur 72,2% s.e.k. 150 ml, Kurzat R n.kuk. 200–250 g, Ridomil gold 68% s.d.g. 200–250 g yoki 1 foizli Bordo suyuqligini 60–70 litr suvga tayyorlangan aralashmasini purkash yaxshi samara beradi.
Hosilni yigʼishtirish.
Ekin sovuqqa chidamli boʼlsada, ildizmevani tuproq muzlab qolmasdan oldin yigʼib olish kerak. Oʼrtacha kattalikdagi sholgʼomning sifati yuqori boʼladi. Biroq, hosil ildizmevalar diametri 7–10 sm boʼlganda ham yigʼib olinishi mumkin. Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 200 g sholgʼom urugʼiga 40 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 500600 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi bir kilogrami eng past narxda 500 soʼmdan sotilganda 1 mln. 250 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 750 ming soʼm sof foyda olish mumkin.