Turp yetishtirish

Аhamiyati.

Turp ildizmevasi uglevodlar, vitaminlar, fermentlar, xushboʼy moddalar va mineral tuzlarga boy boʼlib, u inson organizmi jigar, buyrakni tozalaydigan parxez maxsulot xisoblanadi.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.

Turpni Аndijon–9, Margʼilon mahalliysi, daykon yoki yapon turpining Sodiq va Kuz hadyasi navlari ekiladi.

Турп етиштириш
Urugʼ tanlash.

Ekiladigan turp urugʼi unuvchanligi yuqori, kasallik yuqmagan, oʼrtacha kattalikda, butun (sinmagan), zararlanmagan boʼlishi zarur. Urugʼlar boshqa oʼsimliklar urugʼlari va aralashmalaridan tozalanadi.

Yer tayyorlash.

Dala oʼtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʼtlardan tozalanadi. 1 sotixga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan goʼng solinadi. Tuproq 20–25 sm chuqurlikda chirigan goʼng va mineral oʼgʼitlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sugʼorish egatlari olinadi.


Ekish muddati va sxemasi hamda Parvarishlash.

Turp asosan yozda ekiladi. Turp urugʼini markaziy mintaqada joylashgan va vodiy viloyatlarida 1–15 avgustda, shimoliy hududlarda 25 iyul–10 avgust, janubiy mintaqalarda 20 avgust–20 sentyabrda sochma hamda qatorlab (lentasimon) usulda ekish mumkin. Har ikki usulda ham egat orasi 70 sm olinadi. Urugʼ qoʼlda sepiladi. Har 1 sotixga 50–60 g turp urugʼi sarflanib 1,5 sm chuqurlikka ekiladi. Tuproq xaskash bilan tirmalanib aralashtiriladi.

Nihollar unib chiqqandan soʼng tezda oʼtoq va yagana qilinadi. Birinchi yagana urugʼ yerdan unib chiqishi bilan, ikkinchisi 2–3 barg chiqarganda oʼtkaziladi. Bunda tup orasi 10–12 sm kenglikda qoldiriladi. Qator oralarini va oʼsimlik atrofini qoʼlda yoki kichik ketmon bilan 15–16 sm chuqurlikda yumshatib turish lozim. suv berib borish kerak. Oʼsuv davri mobaynida 10-12 marta sugʼoriladi. Xar ikki-uch sugʼorishdan soʼng qator oralari yumshatilib begona oʼtdan tozalanadi.

Oʼgʼitlash.

Turp ekilgan maydon begona oʼtlardan tozalanib, yagana ilingandan soʼng oʼgʼitlanadi. Bunda 1 sotix yerga sof holda sulьfat ammoniy – 2 kg, ammofos – 1,5 kg, kaliy xlor – 0,5 kg meʼyorda solinadi.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.

Turp zararkunandalardan – uzunburun, shira, barg burgalari, kasalliklardan –

un-shudring va oq chirish katta zarar yetkazadi. Zararkunandalariga qarshi 10

sotix yerga Mospilan 20% n.kuk. 25–30 g meʼyorda qoʼllaniladi.

Kasalliklarga qarshi – 72,2% s.e.k. Penko 10% k.e. (100 g/l), Kurzat R n.kuk. 200–250 g yoki 1 foizli Bordo suyuqligining 60–70 litr suvda tayyorlangan aralashmasini purkash yaxshi samara beradi. Bu kimyoviy

preparatlarni utaxassislar nazoratida qoʼllash tavsiya etiladi.


Hosilni yigʼishtirish.

Xosil oktyabr-noyabr oylarida qattiq sovuqlar boshlanguncha yigʼib olinadi, saralanadi, saqlashga yoki sotishga tayyorlanadi. Xosilni yigʼish, saralash va tashish vaqtida ildizmvalarini urintirmaslikka, shkastlamaslikka xarakat qilish kerak, chunki zararlangan ildizmevalar yaxshi saqlanmaydi.

Iqtisodiy samarasi.

10 sotix maydonga 500 g turp urugʼiga 80 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 625400 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi bir kilogrami eng past narxda 500 soʼmdan sotilganda 1 mln. 500 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 1 mln. 430 ming soʼm sof foyda olish mumkin.