UYDА QIYINChILIKSIZ REDISKА YeTIShTIRISh

Аhamiyati.

Rediska tarkibida fitontsidlar, antibakterial xususiyatiga ega boʼlgan moddalar boʼlib, ular oshqozon ichak yoʼllarini zararsizlantirishda, organizmni yuqumli (infektsion) kasalliklarga chidamliligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Uni asosan yangiligicha isteʼmol qilinadi.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.

Rediskani Kranыy velikan, Dunganskiy 12-8, Lola, Mayskiy mestnыy, Ertapishar kabi navlari ekiladi.

РЕДИСКА ЕТИШТИРИШ

Urugʼ tanlash.

Ekiladigan urugʼ toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun (sinmagan) va toʼla boʼlishi zarur. Urugʼlar boshqa oʼsimliklar urugʼlari va aralashmalaridan tozalanadi.

Yer tayyorlash.

Dala oʼtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʼtlardan tozalanadi. 1 sotixga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan goʼng solinadi. Tuproq 20–25 sm chuqurlikda chirigan goʼng va mineral oʼgʼitlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sugʼorish egatlari olinadi.


Ekish muddati.

Rediska qisqa kunli, soyaga chidamli oʼsimlik, yorugʼlik yetishmasa ham oʼsaveradi. U oʼgʼitlangan unumdor yerlarga erta bahorda fevral oxiri–mart boshlarida, koʼpincha bir necha muddatda yoki kuzda – sentyabr oyida ekiladi. Urugʼ sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi.

Rediska yozda ekilmaydi, chunki u yoz oylarida oʼzaklab ketadi va ildizmevasi oʼz sifatini yoʼqotadi. Urugʼi ekilib, nihollar paydo boʼlgandan juda tezpishar navlari 25–30, oʼrtapisharlari 35–40 va oʼrtachi kechki navlari 40–45 kun oʼtgach yetiladi.

Parvarishlash.

Oʼsimlik 1–2 tadan chinbarg chiqarganda yagana va bir yoʼla oʼtoq qilinadi. Qatordagi oʼsimliklar orasi tezpishar navlar uchun 3–4 sm, kechpisharlariga esa 5–6 sm. da bir tupdan qoldiriladi. Bahordagi yogʼingarchilikka qarab rediska 2–4 marta sugʼoriladi, qator oralari yumshatilib, begona oʼtlardan tozalanadi.


Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish hamda Hosilni yigʼishtirish.

Rediska kasalliklarga ancha chidamli salqinsevar oʼsimlik hisoblanadi.

Rediska hosili ldizmevalari yetilishiga qarab 3–4 marta saralab terib olinadi.

Iqtisodiy samarasi.

10 sotix maydonga 500 g rediska urugʼiga 100 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 540200 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi bir kilogrami eng past narxda 1500 soʼmdan sotilganda 2 mln. 250 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 2 mln. 195 ming soʼm sof foyda olish mumkin. Buning uchun harakat qilish kerak holos