Аhamiyati.
Pomidor mevasi yangi uzilgan holida xamda tuzlangan, marinadlangan, turli salatlar holida isteʼmol qilinadi. Pomidor hosilining yarmi sharbat, pyure, pasta, sous sifatida qayta ishlanadi. Pomidorning mevasi toʼyimli mazali va shifobaxsh xususiyatlarga ega.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.
Pomidorni ertapishar Doʼstlik, Saxiy, Shafaq, Sevara, oʼrta-ertapishar Toshkent tongi, oʼrtapishar TMK-22, Oʼzbekiston–178, Surxon–142, Bahodir, Sharq yulduzi, Sitora, kechpishar Namuna–70, Doni 2000 navlari ekiladi.
Koʼchat tanlash.
Urugʼ ekishdan oldin virus kasalliklariga qarshi 48 soat davomida 50–52 oS va 24 soat 80oS qizdirilsa, keyin 3 minut 5 foizli shoʼr suvda ivitilsa yaxshi natija beradi. Pomidor koʼchatlari 40–45 kunlik, poyasi va ildizlari baquvvat rivojlangan, 6-7 chinbarglarga ega boʼlgan, toʼq yashil, sogʼlom boʼlishi lozim.
Yer tayyorlash.
Pomidor ekish rejalashtirilgan yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanadi. Xosildan boʼshagan maydondagi oʼsimlik qoldiqlari tozalanib, mahalliy oʼgʼit sochib chiqiladi. Yer maydoni 28–30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Erta baxorda yer 14–16 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yirik kesaklar xaskash yordamida maydalanib bir yoʼla yer tekislab olinadi, keyin 70 sm yoki 90 sm qator oraligʼida ekish uchun egatlari tortib chiqiladi.
pomidor