Kartoshka virusli, viroidli va mikoplazmali kasalliklarga urug’chilik maydonlarida qarshi kurashish eng samarali tadbirlardan biridir. Urug’chilik ishlari turli-tuman tashkiliy, iqtisodiy, agrotexnik, oldini (profilaktik) olish hamda kiruvchi chora tadbirlar va usullarini o’z ichiga oladi: tog’ va tog’oldi mintaqalarda urug’chilikni tashkil etish; kasalliklarga chidamli tezpishar navlarni tanlash va ishlab chiqarishda foydalanish; apikal yoki meristema to’qima asosida urug’lik tuganaklarni olish; ekishga tanlash va klonlarni ko’paytirish asosida olingan sog’lom tuganaklardan foydalanish; urug’lik tuganaklarga kasalliklarning tarqalmasligini va zararlanmasligini oldini olish va zarur bo’lganda kiruvchi chora-tadbirlarni qo’llash; yuqori agrotexnik tadbirlarini qo’llash; ko’chat va ikki hosilli ekinlar sifatida kartoshka o’stirish texnologiyasini qo’llash va urug’chiligini tashkil etish tadbirlari.
Profilaktik qarshi kurash tadbirlar.
Kasallik va zararkunandalarni tarqalishini oldini olishning eng samarali vositasi ekinlarni almashlab ekishni to’g’ri tashkil qilishdir. Kartoshkani kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlanishini oldini olish uchun bir maydonga 3-4 yildan so’ng va yaxshi o’tmishdosh ekindan keyin takroran ekishdir. Kasallik va zararkunandalar tarqalishini oldini olishda yerni chuqur ag’darib haydash ham muhim usullardan hisoblanadi. Bunda kasallik va zararkunandalar ko’p bo’lgan tuproqning ustki qatlami yerning chuqur qismiga ko’miladi. Zarakunanda va kasalliklar tarqalishini oldini olishda yerni chuqur ag’darib haydash ham muhim usullardan hisoblanadi. Bunda zarakunanda va kasalliklar keng tarqalgan dalalarda tuproqning ustki qatlami yerning chuqur qismiga ko’miladi. Zarakunanda va kasalliklar tarqalishini oldini olishda kartoshka ekilgan va unga yaqin joylashgan maydonlar, dala chetlari va sug’orish shaxobchalari qirg’oqlaridagi, uvatlardagi begona o’tlarga qarshi kurash ham katta ahamiyatga ega. Begona o’tlar ko’p kasalliklar va zararkunandalarni manbai bo’lishi bilan birga, ularni virus tashuvchanligi-yuqtiruvchanligini, zarar keltirishini yanada oshiradi.
Qiruvchi chora-tadbirlar
Qiruvchi chora-tadbirlar paydo bo’lgan kasallik va zararkunandalarni yo’qotishga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular o’simliklarni zaharli moddalar bilan ishlash, zararlangan xo’rak qo’llash, biologik dorilar va entomo-faglardan foydalanishdan tarkib topgan. Bunda har bir kasalliklarga qarshi maxsus dorilardan foydalaniladi. Zararkunanda va kasallik qo’zg’a-tuvchilar soni iqtisodiy zarar keltirishga yaqinlashganida ularga qarshi ishlovlar o’tkaziladi. Kartoshka ekilgan maydon atrofiga dukkakli ekinlarni ekib, ulardan xo’rak sifatida foydalanish mumkin.
Agrotexnik usuli
Agrotexnik tadbirlariga o’simliklarni o’sishi va rivojlanishi bir me’yorda o’sishda taminlaydigan darajadagi barcha sharoitlarni yaratish, zararli hasharotlar va kasalliklarga o’simliklarni chidamliligini oshirish bo’larga: tuproqqa ishlov berish, yerni ekishga tayyorlash, urug’likni ekish muddatini belgilash va ekishni sifatli o’tkazish, o’g’itlash, sug’orish va qator oralariga ishlov berishni sifatli o’tkazish, shu bilan birga kartoshka va boshqa ekinlarning kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarini yetishtirib ekish muhimahamiyatga egadir. Ekinlarni parvarishlashda azotli o’g’itlar miqdorini ko’paytirmagan holda fosforli va kaliyli o’g’itlar bilan o’simlikni to’g’ri oziqlantirilsa kasalliklarini keskin kamaytiradi. Tuproq orqali va o’simliklarning bargi orqali va boshqa mikroelementlar bilan oziqlantirilsa o’simliklarni turli xildagi bakterioz, virus, fuzarioz kasalliklarini kamaytirishi mumkin. Zararkunadalar va kasalliklarga qarshi kurashning fizik usuliga ketmon chopig’i, kultivasiya, yuqori va past harorat berish ultratovush, yuqori kuchlanishdagi elektr tokini berish, lazer va radiasiya nurlari berish kiradi. Hasharotlar va kasallik tarqatuvchi manbaalarni yo’qotishdagi mexanik usulga, yerni kuzda shudgorlash, qishda chilla suvi yaxshilab berish, hasharotlarni mayli tutqich belbog’lar, tutgich chuqurlar kavlash, yorug’lik tutgichlari yordamida hasharotlarni tutib olish kabilar kiradi.
Kimyoviy usul
O’simliklarni kimyoviy usulda himoya qilish zararli hasharotlarga qarshi turli xildagi organik va anorganik birikmalarni qo’llashga asoslangan bo’lib, o’simliklarni kimyoviy usulda himoya qilish vositalarining ko’pchiligini turli xildagi zararkunandalarga, kasalliklarga va begona o’tlarga ta’sir etishi bilan farqlanadi. O’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari yordamida har xil qishloq xo’jalik ekinlaridagi zararkunanda va kasalliklarga, omborxonalardagi zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash ishida keng ko’lamda foydalaniladi.
Agrotexnologik kurash tadbirlaridan sog’lomurug’likdan foydalanish, tuproqqa fosforli, ayniqsa kaliyli o’g’itlar berish, o’simliklarni misli, borli va marganesli mikroo’g’itlar bilan ildizdan tashqari oziqlantirish lozim. Bir tomonlama azotli oziqlantirish kasallanishni kuchaytiradi. Urug’lik tuganaklarni yorug’ sharoitda nishlatish, tup ostiga ko’proq va qalinroq tuproq tortish lozim. Kasallanganpalaklar kartoshkani kovlashga 10 – 15 kun qolganda yo’qo-tiladi. Buning uchun palaklarga 1,5% li magniy xlorid eritmasi purkaladi (ishchi suyuqlik sarfi 1000-1100 l/ga), so’ngra palaklar yig’ishtirilib, yoqib yuboriladi. O’zbekistonda kartoshka o’simligida Aphididae oilasiga mansub bir necha tur shiralar: odatdagi kartoshka (Aulacorthum), shaftoli (Myzodes persicae), kartoshka yirik shirasi (Macrosiphim sjlanifjlii Ashm) va boshqalar tarqalgan.
Ular bargni teshib, shirasini so’rib, hosilga zarar yetkazadilar. Bundan tashqari shiralar viruslarni ham boshqa o’simliklarga yuqtiradilar. Shiralarga qarshi ruxsat etilgan dinadin 40 k.e. 2,0-2,5 l/ga miqdorda, Siraks 25 % k.e. 0,48 l/ga insektisidlar qo’llaniladi. Agar bu preparatlar bo’lmasa pomidorga ishlov berishga ruxsat etilgan desis 2,5 % k.e. 0,25-0,5 l/ga, mospilan 20 s.p. 0,2-0,30 kg/ga, fufanon 57 % k.e. 0,6-1,2 l/ga miqdorda kartoshkaga ishlov berishda qo’llash mumkin.
Dala sharoitida nematodalarni yo’q qilish
Dala sharoitida nematodalarni yo’q qilish uchun ekin ekishdan bir oy ilgari tuproqni 1 m2 ga 50 g hisobidan xlorpikrin yoki serouglerod bilan fumigasiya qilish kerak, ammo iqtisod nuqtai nazaridan qaraganda, qimmat-li ko’chat va ekinlar ekiladigan tuproqqa shunday fumigasiya qilinadi. Tuproqqa etilendibromid solinganda nematodalarning halok bo’lishi so’ng-gi tajribalarda aniqlandi. Omborxona binolari kartoshkani qo’yishdan oldin 1 m3 ga 100-120 g hisobidan oltingugurt yoki 1 m3 ga 10-12 g hisobidan xlorpikrin bilan fumigasiya qilinib, yuqumsizlantiriladi. Kuya tarqalgan joylardan mamlakatimizga shu hasharot o’tishiga yo’l qo’ymaydigan umumiy karantin choralari ko’rilishi kerak. Kartoshka jips berk kameralarda serouglerod yoki metil bromid bilan dorilanib, kuyadan tozalanadi.
Biologik usul
Hasharotlar va kasallik tarqatuvchi manbaalarga qarshi kurashda tabiatdagi foydali hasharotlardan, laboratoriya sharoitida ishlab chiqariladigan biologic entomofaglar kabi foydali hasharotlar, Podzius perillyus va Egum cepler tuxumxo’ri entomofaglar, feromon tutqichlar, trixonorus kabi biologik vositalarni kartoshkada qo’llash biologik usul deb ataladi. Hozirgi paytda eng istiqbolli ekologik jihatdan toza, iqtisodiy, jihatdan arzon qarshi kurash usuli biologik usul hisoblanadi. Bu usul haqida maxsus o’simliklarni biologik usulda himoya qilish fanini o’tish bilan to’liq tushuncha beriladi.
Uyg’unlashgan himoya qilish usul
Uyg’unlashgan himoya qilish usuli yuqorida qayd etilgan barcha usullarni o’z ichiga oladi va shu usullarni ichida eng nufuzli hisoblanadi. Bunda hamma usullardan oqilona foydalanish nazarda tutiladi, ayniqsa bu holat kimyoviy usulga birinchi navbatda taalluqlidir, chunki respublikamiz dalalarida pestisidlar ishlatilishi cheklangan. Pestisidlar faqat biologik usul samara bermaganda maxsus ruxsat bilan qo’llaniladi. Kartoshkani zararkunanda va kasalliklarga chidamligini oshirishda qo’yidagilarga e’tibor berish talab etiladi: yaxshi o’tmishdosh keyin ekish; o’simliklarni o’z vaqtida va yetarli darajada oziqa elementlari bilan oziqlantirish; urug’lik tuganaklarni ekish oldidan tayyorlash; eng optimal ekish muddatlarida va chuqurlikda ekish; tuproqqa ekish oldina va o’suv davrida qator oralariga sifatli ishlov berish; o’simliklarni optimal qalinlikda joylashtirish; ekin maydonini begona o’tlarda toza holda saqlash; kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli navlardan foydalanish.
Karantin usuli
Ekin ekiladigan dalalarga eng xavfli zararkunandalar, kasalliklar begona o’tlar va boshqa manbaalarni chetdan kirib kelishi oldini olishda o’tkaziladigan davlat tadbiriga karantin tadbir deyiladi. Bu tadbirlar mamlakat ichida va tashqarisida ham birdek amalga oshirilishi shart. Bu tadbirni o’tkazilishiga asosiy sabab yildan yilga o’sib borayotgan tovar ayri boshlashning ko’payishidir.Kartoshka kuyasi (Rhthorimaea orerculella Zye11), Kolorado qo’ng’izi, yoki kartoshka qo’ng’izi (Leptinotarsa decemlineata Say), Kartoshka poya nematodasi (Longidorus Mie va Thichodorus Cobb turkumlari) va kartoshka nematoda (Qlibodera turkumi) kartoshka o’simligi uchun eng xavfli karantin obyektlari hisoblanadi. Kartoshka hosilining miqdori va sifati uning zararkunanda hamda kasalliklar bilan zararlanish darajasiga bog’liqdir. Ba’zida yetishti-rilgan hosilni 40-50 foizga yaqini zararkunanda va kasalliklar tufayli nobud bo’ladi.
Shuning uchun kartoshka zararkunandalari va kasalliklarini ma’lum darajada kamaytirish yoki oldini olish kartoshkachilikning muhimmasalalaridan biri hisoblanadi. Kartoshkadan muntazam ravishda yuqori hosil uchun zararkunandalar va kasalliklarga qarshi ular oldini olish va qiruvchi chora-tadbirlar o’tkazilishi shart. Kasallik va zararkunandalarga qarshi o’tkazilgan chora-tadbirlar ularning tarqalishini oldini olish va o’simlikni ularga chidamligini oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Ular turli xildagi agrotexnik chora-tadbirlar va urug’liklarni zararsizlantirishdan iborat. Agrotexnologik kurash tadbirlaridan sog’lomurug’likdan foydalanish, tuproqqa fosforli, ayniqsa kaliyli o’g’itlar berish, o’simliklarni misli, borli va marganesli mikroo’g’itlar bilan ildizdan tashqari oziqlantirish lozim. Bir tomonlama azotli oziqlantirish kasallanishni kuchaytiradi. Urug’lik tuganaklarni yorug’ sharoitda nishlatish, tup ostiga ko’proq va qalinroq tuproq tortish lozim. Kartoshka ko’p sondagi kasalliklar bilan zararlanishi hamda kasallanishi sababli uni yetishtirish davrida o’simliklarni himoya qilish uchun barcha agrotexnik choratadbirlar yuqori darajada o’tkazilishi bilan birga abiotik va biotik zararlanish omillari ta’siri oldini olishga hamyo’nal-tirilgan bo’lishi kerak.
Qiruvchi chora-tadbirlar
Qiruvchi chora-tadbirlar paydo bo’lgan kasallik va zararkunandalarni yo’qotishga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular o’simliklarni zaharli moddalar bilan ishlash, zararlangan xo’rak qo’llash, biologik dorilar va entomofaglardan foydalanishdan tarkib topgan. Bunda har bir kasalliklarga qarshi maxsus dorilardan foydalaniladi. Zararkunanda va kasallik qo’zg’atuvchilar soni iqtisodiy zarar keltirishga yaqinlashganida ularga qarshi ishlovlar o’tkaziladi.
Profilaktik qarshi kurash tadbirlari.