Avtomobillarga tonirovka tortish biznesi

🚘 Avtomobillarga tonirovka tortish biznesi


— Tonirovka — avtomobil ichidagi insonlarni issiqdan, o’zgalarning nazaridan saqlovchi ajoyib himoya vositasi hisoblanadi. Deyarli barcha insonlar o’z avtomobillariga tonirovka torttirishni xohlashadi va bu ushbu biznesning serdaromadliligiga dalolat bo’la oladi.


#Boshlanģich_xarajatlar:

– Ro’yxatdan o’tkazish — 30$

– Bino ijarasi — 300$

– Uskunalar sotib olish — 200$

– Xomashyo: plyonka 46 m² (10-12 ta mashinaga yetadi) — 500$

– Ish haqi — 1000$

– Qo’shimcha xarajatlar — 100$


Jami: ~ 2130$ boshlang’ich sarmoya kerak.


#Oylik_xarajatlar:

– Bino ijarasi — 300$

– Uskunalar sotib olish — 200$

– Xomashyo: plyonka 46 m² (10-12 ta mashinaga yetadi) — 500$

– Ish haqi — 1000$

– Kommunal to’lovlar — 100$


Jami: ~ 2100$ oylik xarajatlar mavjud.


— Har kuni 1-2 ta mijozga xizmat ko’rsatib turilsa, oylik daromad 3000$ ni tashkil etadi. Shunda sof foyda ~ 900$ atrofida bo’ladi va sarmoyalar 2-3 oyda qoplanishi kutiladi.