Bloknot ishlab chiqarish biznesi
— Davlat ishida ishlovchi insonlar, biznes egalari, hisobchilar, talabalar, abituryentlar, qisqasi barcha uchun birdek muhim bo’lgan mahsulotlardan biri bu — bloknotdir. Bloknotlarni ishlab chiqarish kam sarmoya talab qiluvchi, xarajatlari tez qoplanuvchi, serdaromad bizneslar qatoriga kiradi.
#Boshlanģich_xarajatlar:
– Hujjatlar — 25$
– Uskunalar sotib olish — 1200$
– Tegishli materiallarni sotib olish — 700$
– Reklama — 1000$
– Joy ijarasi — 200$
Jami: ~ 3125$ boshlang’ich sarmoya kiritish kerak bo’ladi.
#Oylik_xarajatlar:
– Joy ijarasi — 200$
– Kerakli materiallar sotib olish — 700$
– Ish haqi (2 nafar xodim) — 700$
– Reklama — 1000$
Jami: ~ 2600$ lik oylik xarajatlar mavjud.
— Oylik sof foyda 700$-1000$ ni tashkil etib tursa, biznesga kiritilgan sarmoyalarni 4-5 oyda butkul qoplash mumkin.