Paxta qand biznesini boshlash uchun qancha mablag’ kerak va uning foydasi qancha?
Paxta qand biznesini boshlash uchun bizga uskunaning o’rtacha $200 ligi kerak bo’ladi.
Xo’sh bu biznes orqali qanday va qaysi yo’llar bilan pul topish mumkin:
To’ylarga kelishuv asosida borish, bozorda sotish, mahallalarda aylanib sotish. Bizdagi variantlar shular bo’lib, ularning foydasi va rasxodiga kelsak:
To’ylarga borib sotsangiz:
Bitta to’y uchun taklif qilingan narx 70 000 so’mdan 200 000 so’mgacha baholanadi. 70 000 so’mlik to’y uchun 2 kg shakar va istasangiz unga 10 000 so’mlik (100 gr) rang olishingiz mumkin. 1 kg shakardan 100 dan ortiq paxta qand chiqishi mumkin. 16 000 so’m shakar va 10 000 so’m rang bo’lsa, 44 000 so’m sof foyda qoladi.
Bozor va ko’chalarda paxta qand o’rtacha 1000 so’mdan sotiladi. 2 kg shakar va 10 000 so’mlik rang olsangiz, siz uskuna orqali 120 dona paxta qand chiqara olasiz. Bu esa 120 000 so’m bo’ladi. Foydasi 94 000 so’m bo’lsa, tushlikga 14 000 so’m deb hisoblasak, 80 000 so’m sof foyda qoladi.