O’zbekistonda kabobxona ochish uchun qancha xarajat ketadi?
Kabobxona biznesining yaxshi tarafi shundaki, siz hech qanday ixtiro qilishingiz shart emas. Shunchaki tayyor retseptlar orqali mahsulotlaringizni sotishingiz mumkin. O’zbekistonda kabobxona ochish uchun 1 oylik xarajatlat bilan birga $9000 atrofida sarflanishi mumkin.
Ya’ni boshlang’ich xarajatlar (taxminiy hisob-kitob):
— Korxonani ro’yxatdan o’tkazish — $100;
— Binoni ta’mirlash — $1000;
— Uskunalar — $2000-$2500;
— Mahsulotlarning birinchi partiyasi — $2000;
— Reklama uchun — $1000;
— Kutilmagan xarajatlar — $500.
Jami: $6500-$7000 atrofida
Xodimlar maoshi:
— Kabob tayyorlovchi — $300;
— Oshpaz va yordamchisi — $500;
— Ofitsant, 2 kishi — $300;
— Ish boshqaruvchi — $450;
— Tozalovchi — $150;
Jami $1700.
Bunday xarajatlardan so’ng 10 oydan keyin minimum hisobda foydaga chiqishingiz mumkin.