Bola qachon yurishni boshlaydi?

Bola qachon yurishni boshlaydi?


Bolalarning deyarli 50% 1 yoshga kelib yurib ketadi. Lekin yurish davri normada 9 oydan 16 oygacha cho’zilib ketishi mumkin. Yurish — bola organizmidagi 3 faktorning mutanosibligini talab etadi: mushak kuchi, muvozanat saqlash va xarakter. Odatda bolaning xarakteri uning yurib ketishida asosiy rolni o’ynaydi.


Yumshoq xarakterga ega bo’lgan bosiq bolalar yurish, emaklash kabi jismoniy o’zgarishlarda asta-sekinlik bilan o’tadilar. Emaklashni yaxshi bilgan bolalar yurishga urinmaydilar, chunki o’z maqsadiga emaklab tez yetib olish imkoni borligini yaxshi tushunadilar.

© Evomedklinika