Ayollar uchun sigaret chekish zararlari
Ayol organizmi tamakiga erkaklarnikiga ko’ra ancha sezilarliroq reaktsiya qaytaradi. Asosiy kasalliklardan tashqari, nozik jins vakillari chekish natijasida go’zalliklari, yoshliklari va eng asosiysi — ona bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lishadi.
Chekishda tirnoq va sochlar kislorod yetishmasligidan aziyat chekadi, xira va mo’rt bo’lib qoladi, deyarli o’sishdan to’xtaydi. Tamaki tutuni tufayli tishlar asta-sekin vayron bo’ladi, og’izdan keladigan noxush hidni hech bir saqich yashira olmaydi. Teri normal ko’rinishdan 10-15 yoshga qariroq ko’rinadi.
Umumiy qilib olganda, quyidagi faktlarni keltirish mumkin:
Homila tushishining 96 foizi u yoki bu tarzda sigareta bilan bog’liq.
Muddatidan oldin tug’ilish chekuvchilarda 8 marta ko’proq qayd qilinadi.
Ona qornidaligidan tamaki tutuni bilan zaharlangan chaqaloqlarda yuz qismining nuqsonlari («quyon lab», «bo’ri tanglay» va boshqalar) 2 marta ko’proq uchraydi.
Onaning chekishi bolalarning giperaktivlik, asabiy qo’zg’alish xususiyati va aqliy zaiflashuviga bevosiya ta’sir o’tkazadi.
Chekuvchi onalardan dunyoga kelgan bolalarning immuniteti zaif, intelektual rivojlanishi esa boshqa tengdoshlaridan ortda qoladi.
@andrology_uz 🚑