SMM mutaxasisining qanday vazifalari bor?
📌 Ushbu soha vakillarining zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
— ijtimoiy tarmoqlarda brendni yaratish uchun maqsadli strategiya ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
— qiziqarli matn va vizual kontentlarni yaratish. Rasm va videolarni olishga professional darajada yondashish;
— reklama, mijozlar bilan muloqot olib borish, ularning ehtiyojlarini tushunish, salbiy va keraksiz sharhlarni o‘chirish, e’tirozlarni o‘rganib chiqish;
— Ijtimoiy tarmoq platformalari, ulardagi auditoriya, texnologiyalar, qoidalarini bilish hamda ulardan samarali foydalanish;
— ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini tahlil qilish, reklama xabarlari samaradorligini hamda boshqa ko‘rsatkichlarni tahlil qilish.