Qahvaning salomatlik uchun foydasi

Qahvaning salomatlik uchun foydasi


1. O‘t-tosh kasalligining oldini oladi

2002 yilda Garvard tadqiqotchilari kuniga kamida to‘rt finjon qahva ichadigan ayollarning o‘t qopida toshlar paydo bo‘lishi havfi 25 foizga pastroq ekanligini aniqladilar. Avvalroq o‘tkazilgan tadqiqotlar erkaklar uchun ham huddi shunday natijalarni ko‘rsatgan.


2. Tushkunlikning oldini oladi Har kuni ikki-uch finjon qahva ichgan ayollarda tushkunlik holati rivojlanishiga moyillik 15 foizga kamroq bo‘lgan. To‘rt va undan ko‘proq finjon qahva ichadiganlarda esa bu ko‘rsatkich 20 foizga yetadi. Bu haqida 2011 yilda Archive of Internal Medicine hisobotida aytilgan.


3. Xotirani yaxshilaydi Qahva ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli xotirani yaxshilashga yordam beradi. 2005 yilda Radiological Society of North America tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda aniqlanishicha, ikki finjon kofeinli qahva iste’moli qisqa muddatli xotira va ta’sirchanlik tezligini yaxshilaydi. Olimlar allaqachon qahva Alsgeymer xastaligi yuzaga kelishi havfini kamaytirishini sezgan bo‘lsalar-da, University of South Florida tadqiqotchilari faqat 2011 yildagina bu aloqani izohlashga muvaffaq bo‘ldilar. Ular GCSF yoki Alsgeymer xastaligida kamayib, xotira bilan bog‘liq muammolarning sababi hisoblanadigan granulotsitar kolonial rag‘batlantirish omilini oshirish uchun kuniga 4-5 finjon qahva ichishni tavsiya qiladilar.


4. Qand kasalligi havfini kamaytiradi Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qahva iste’mol qiluvchi odamlar 2-turdagi qandli diabet kasalligi bilan og‘rishga kamroq moyil bo‘ladi, zero kasallanish ehtimoli 50 va undan ortiq foizga pasayadi. 2012 yilning yanvar oyida Journal of Agricultural & Food Chemistry nashrida chop etilgan maqola buning sababini tushuntirib beradi. Xususan, qahva tarkibidagi o‘ziga xos moddalar oqsil tolalari yemirilishiga olib keladigan polipeptid – hIAPPni bloklaydi.


5. Saratonga duchor bo‘lish xavfini kamaytiradi Bugungi kunda qahva iste’moli sut bezi saratonining yuzaga kelishi havfini kamaytirishi isbotlangan. 2011 yilda o‘tkazilgan Breast Cancer Research tadqiqotida muntazam ravishda qahva ichuvchilarda ushbu saraton turi bilan xastalanishning 20 foizlik pasayishi aniqlangan. Shunga o‘hshash natijalar erkaklardagi prostata saratoni bo‘yicha ham olingan.


6. Metabolizmni me’yorlashtiradi Qahva vazningizni me’yorida ushlab turishga, ba’zida esa ortiqcha kilogrammlardan halos bo‘lishga yordam beradi. Qahva tarkibidagi kofein moddalar almashuvini tezlashtiradi, xlorogen kislotasi esa glyukoza so‘rilishini kamaytiradi.


7. Parkinson xastaligi havfini kamaytiradi Journal of the American Medical Association nashri tomonidan 2000 yilda chop etilgan tadqiqot natijalarida kofein Parkinson xastaligining yuzaga kelishi havfini kamaytirishi isbotlanadi. 2010 yilda olimlar buni tasdiqlab, kuniga ikki va uch finjon qahva iste’mol qilinishi kasallik rivojlanishi ehtimolini 25 foizga pasaytirishini aniqladilar.


8. Antioksidant xususiyatga ega Garvard universiteti tadqiqotchisi Edward Giovannucci o‘zining Cancer Epidemiology, Biomarkers & Prevention nomli tadqiqotida qayd etishicha, qahvada aksariyat meva va sabzavotlarga nisbatan ko‘proq antioksidantlar mavjud. 2005 yilda yana bir tadqiqot qahva amerikaliklar parhezidagi antioksidantlarning asosiy manbai ekanligini ko‘rsatib berdi.


9. Unumdorlikni oshiradi Barchamizga bir finjon tetiklantiruvchi qahvaning quvvat berish xususiyati ma’lum. Kofein qisqa muddatga energiya oqimi, chidamlilik, diqqat va ta’sirchanlikni oshiradi. Bu holatlar muhim vazifani bajarishda qo‘l kelishi mumkin.


10. Podagraning oldini oladi 2007 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, qahvani muntazam iste’mol qilish podagra hamda peshob kislotasi miqdorining ortishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarning yuzaga kelishi havfini bir muncha kamaytiradi. Aytish kerakki, ijobiy ta’sir ham oddiy, ham kofeinsix qahva iste’molida birdek kuzatilgan.


@andrology_uz 🚑