Barcha davrlarning eng boy sportchisi.

Barcha davrlarning eng boy sportchisi.


Forbes jurnali barcha davrlardagi eng boy sportchilar ro’yxatini e’lon qildi. Ro’yxatdan 25 nafar milliarder va millioner sportchilar joy olgan. Birinchi o’rinni basketbol afsonasi Maykl Jordan band etgan. Afsonaviy basketbolchining boyligi 1.85 milliard dollar deb baholangan.


Kuchli uchlikdan golf ustalari Tayger Vuds, Arnold Palmerlar joy olgan. Krishtiano Ronaldo esa 12-o’rinda qayd etilgan. Futbolchilar orasida eng yuqori o’rin Devid Bekxemga tegishli. Angliyalik sobiq futbolchining moliyaviy holati 800 million dollar deb baholangan.