❓Behining foydali xususiyatlarini bilasizmi?

❓Behining foydali xususiyatlarini bilasizmi?


✍️ Shifokor Zuhriddin Bahriddinov:


🔺Asabni tinchlantiradi va stressdan xalos etadi.

🔺Gripp, shamollash va yo’talda foydali. Agar ichini o’yib, 1-2 qoshiq asal solib, bug’da pishirib yeyilsa, yo’talni bartaraf etadi.

🔺Kuniga 100 gramm behi iste’mol qilish kamqonlikni va yurak xastaliklarining oldini oladi.

🔺Behi urug’ini qaynatib tindirilgan suvi anginaga foyda beradi.

🔺Bronxial astmada behining barglarini qaynatib ichilsa, shifo bo’ladi.

🔺1 dona tuxum oqini ko’pirtirib, unga 1 tomchi spirt va 2 osh qoshiq behi suvini qo’shing. Ushbu aralashma bilan yog’li yuzlarni tozalash mumkin.

🔺Behi bargi yoki urug’i qaynatilgan suvda sochlarni chayish qazg’oqlardan xalos etadi.


Manba (https://t.me/soglomhayotuz/3330)