Sopol tana salomatligiga qanday foyda keltiradi?

Sopol idish va tovoqlar loydan yasaladi. Tabobatda ana shu sopoldan har xil dorilar tayyorlanadi. Sopol talqonining 30 grammiga 15 gramm toza mo‘miyo qo‘shib, suv bilan aralashtirib, 15 kun 2 mahaldan qulg‘unaga (moxov kasalligining oqadigan turi) bog‘lab qo‘yilsa, foyda qiladi.


Sopol va mo‘miyodan tayyorlangan ana shu malhamdan 10 kun 3 mahal yaralarga surtilsa, yaralarga yaxshi foyda qiladi va tezroq bitiradi.

Sopol talqonining 100 grammini 300 gramm zaytun yoki paxta yog‘iga aralashtiib,tayyor bo‘lgan malhamni bo‘g‘in og‘riqlariga 12 kun 3 mahaldan surtib bog‘lab yurilsa, foyda qiladi.

soglom.uz/tavsiya/sopol-tana-salomatligiga-qanday-foyda-keltiradi/