Ramazon oyi dasturxonida asosan nimalar bo‘lishi kerak?

Ramazon oyi dasturxonida asosan nimalar bo‘lishi kerak?


Ikki kun qoldi, tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz…


1. Xurmo (finik) — juda foydali bo‘lib, iftorlikda xurmo bilan og‘iz ochish sunnat!

2. Quruq mevalar (yong‘oq, mayiz, turshak) — quvvat beradi.

3. Mevalar (olma, nok, banan) — vitaminlar balansini saqlaydi.

4. Nisholda (nishallo) — oqsil va uglevod manbai.

5. Qaymoq, sariyog‘ — badanni qurishib ketishidan va yog‘da eruvchi vitaminlar yetishmovchiligidan himoya qiladi.

6. Qatiq, ryajenka — jigar do‘stlari.

7. Pishloq — oqsil, pre- va probiotiklar manbai.

8. Tuxum — yengil hazm bo‘luvchi oqsilga boy.

9. Ko‘katlar (ukrop, kashnich, shavel, salat) — kletchatka manbai bo‘lib, qabziyatni bartaraf qiladi.

10. Baliq — yod, foydali minerallar va yengil hazm bo‘luvchi oqsil manbai.

11. Yog‘siz mol, qo‘y, tovuq go‘shti — oqsil manbai.

12. Sabzavotlar: lavlagi, sabzi, sholg‘om, rediska — vitamin va minerallarga boy.

13. Pomidor, bodring — yaxshi gazak.


Bozor yoki do‘konga borganingizda ushbu ro‘yxatni yoningizga ovoling!